Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
To‘g‘ri va egri dalillar
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy va ashyoviy dalillar . Shaxsiy dalillar
- Dastlabki va hosila dalillar
- MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR
- Muayyan holat yuzasidan dalillarni guruhlarga tasniflang va o‘zaro qiyoslang. O‘zbekiston Respublikasi
- Isbot qilish doirasi va predmetining o‘zaro nisbatini tahlil qiling. 1-kazus
- Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha qanday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi, ularni tahlil qiling. Prokuror sanksiyasi talab etiladigan
To‘g‘ri va egri dalillar. Isbotlash predmetining bosh fakti bo‘lgan isbotlash tezisiga, ya’ni shaxsning aybdorligi yoki aybsizligiga nisbatan dalillar to‘g‘ri va egri dalillarga bo‘linadi. Isbot qilinadigan holatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita belgilaydigan dalil to‘g‘ri dalil, «oraliq», «yordamchi», «isbotlovchi» faktlar orqali bu holatni belgilaydigan dalil esa egri dalil deb ataladi. Jinoyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan guvohning ko‘rsatuvlari (masalan, ayblanuvchi jabrlanuvchiga qanday zarba berganligi to‘g‘risida), ayblanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lishi va jinoyatni qachon, qaysi sabablar asosida sodir etganligi haqidagi tushuntirishlari to‘g‘ri dalil hisoblanadi. To‘g‘ri dalilda asosiy faktga qaratilgan faqat bitta xulosa bo‘lib, bunda asosiy vazifa olingan ma’lumotlar bevosita isbotlash 151
predmetiga taalluqliligi sababli ularning ishonchli ekanligini (ya’ni, ayblanuvchi, guvoh haqiqatni gapirayotganligini) aniqlashdan iborat. Har bir to‘g‘ri dalilning ishonchliligini aniqlashda u barcha dalillar yig‘indisi bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi. Guvohlarning jinoyat sodir etilgan kunda gumon qilinuvchi o‘z uyida bo‘lmaganligi, u jinoyat sodir etilgan joyda ketayotganini ko‘rganligi, jinoyat sodir etilgan joyda gumon qilinuvchiga tegishli ashyo topilgani va hokazolar egri dalillar hisoblanadi. Ular shunchaki «ikkilamchi», «ko‘makchi», «oraliq» faktlar bo‘lib, tergov va sud organlari mazkur dalillar yordamida ushbu jinoyat aynan kim tomonidan sodir etilganligi haqida xulosa chiqarishlari mumkin. Masalan, egri dalillar asosida qotillik to‘g‘risidagi ishni yuritishda tergovchi va sudda ayblanuvchining mazkur jinoyatni sodir etganligi to‘g‘risidagi xulosa (qotillik sodir etilgan pichoqning ayblanuvchiga tegishliligi, jinoyat sodir etilgan joydan ayblanuvchining poyafzal izlarini topilishi, ayblanuvchi va jabrlanuvchi o‘rtasidagi salbiy munosabatlar va boshqalar) shakllanadi. Egri dalillar yordamida isbotlashda: birinchidan, sudga, tergovchiga berilgan ma’lumotlarning ishonchliligi (ayblanuvchi va jabrlanuvchi o‘rtasida salbiy munosabatlar bo‘lganligi to‘g‘risida guvoh bergan ko‘rsatuvlarining rostligi, haqiqatan ham pichoqda ayblanuvchining barmoq izlari borligi v.h.) tekshiriladi; ikkinchidan, jinoyat sodir etish haqidagi ma’lumotlarning ayblanuvchiga aloqadorligi (ayblanuvchining jabrlanuvchi bilan salbiy munosabatda bo‘lishi mumkinligi, lekin bu oqibatda jinoiy qilmish sodir etishga sabab bo‘la olmasligi; hodisa sodir bo‘lgan joydan ayblanuvchining poyafzal izlari topilgani, lekin bu poyafzalni boshqa shaxs kiygan bo‘lishi mumkinligi v.h.) aniqlanadi. Tergov va sud amaliyotidagi ba'zi ishlarda ayblov faqat egri dalillarga asoslanadi. Egri dalillarga asoslangan sud hukmi to‘g‘ri dalillarga asoslangan sud hukmi qanday qonuniy kuchga ega bo‘lsa, xuddi shunday kuchga egadir. Demak, egri dalillar – tarqoq faktlar va ular haqidagi ma’lumotlar emas, balki yagona, tarkibiy qismlari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda va bir-birini taqozo etuvchi yaxlit birlikdir. Ular aynan shunday ko‘rinishda isbotlashda daliliy ahamiyatga ega bo‘lib, muayyan shaxsning ma’lum jinoyat sodir etganlikda aybdorligi haqida fikr yuritishga imkon beradi. Keltirilgan egri dalillarning tasnifidan ulardan foydalanishning quyidagi qoidalari kelib chiqadi: egri dalillar ish bo‘yicha faqat umumiy birlikda ishonchli xulosalarga olib keladi; egri dalillar o‘zaro va isbotlanadigan holat bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim; egri dalillarning 152
yig‘indisi ish bo‘yicha mavjud shubhalar istisno etilishiga haqidagi xulosaga olib kelishi kerak. Shaxsiy va ashyoviy dalillar. Shaxsiy dalillar – xabarlar bo‘lib, bunda insondan olinuvchi ma’lumotlarni aks ettiruvchi dalillar nazarda tutiladi (guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va boshqa shaxslardan olingan ko‘rsatuvlar, ekspert xulosasi, hujjatlar). Xabar deganda, inson sezgi organlari orqali qabul qilgan va ongida qayta ishlangan axborotning uzatilishi tushuniladi. Shu sababli, bunday dalillarda subyektiv elementlar mavjuddir. Shaxsiy dalillar og‘zaki (yozma) xabar shaklida (ayblanuvchi, gumon qilinuvchi, guvohning ko‘rsatuvlari va hokazo) hosil bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 87-moddasida sanab o‘tilgan tergov va sud harakatlarining bayonnomalarida aks ettiriladi. Bu hollarda tergovchi, sud tomonidan tuzilgan bayonnoma protsessning barcha boshqa subyektlari uchun dalillar manbai bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 81, 204-moddalarida nazarda tutilgan boshqa yozma hujjatlar ham shaxsiy dalillar hisoblanadi.
dalillar tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 203-moddasiga ko‘ra, kelib chiqishi, kimga tegishliligini, ma’lum maqsadlarda foydalanilganligini yoki foydalanishga yaroqliligini, qo‘ldan-qo‘lga o‘tganligi yoki turgan joyi o‘zgarganligi, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar ta’sir etganligini aniqlash mumkin bo‘lgan fizikaviy alomatlar yoki belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan narsalar ashyoviy dalil hisoblanadi. Ushbu moddada ko‘rsatilgan alomatlar, belgilar, izlari ega bo‘lgan yozma dalillar ham ashyoviy dalil vazifasini o‘tashi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 204-moddasi). Ashyoviy dalil murakkab tuzilishga ega bo‘lib, uning quyidagi uch tarkibiy qismi mavjud: a) jinoyat hodisasi natijasida vujudga kelgan iz, barmoq izlari, narsaning joylashuvi, holat va boshqa xususiyatlarining o‘zgarishi; b) hodisa joyidan olingan va o‘zgarishlar, xususiyatlar, izlar va hokazolarni o‘zida aks ettiruvchi narsalar; v) hodisa joyidan olingan va ishga qo‘shilgan narsaning xususiyatlarini ifoda etuvchi ma’lumotlar. Bu tarkibiy qismlardan birontasi bo‘lmaganda ashyoviy dalil ham bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llashning 153
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi №17 sonli qaroriga binoan, ashyoviy dalil sifatida, jumladan, quyidagilar e’tirof etiladi: a) jinoyat qurollari-jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etish uchun maxsus mo‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar yoxud bevosita jinoyat sodir etish jarayonida jinoiy maqsadga erishish uchun foydalanilgan narsalar (masalan, odam o‘ldirish qurollari, qimmatliklarni talon-toroj qilish yoki egallashda vosita bo‘lgan narsalar, o‘qotar qurol, brakonerlik qurollari-qopqonlar, to‘rlar, soxta hujjat va h.k.); b) o‘zida jinoyat izlarini saqlab qolgan narsalar (masalan, qon izlari mavjud kiyim, narsalar yoki jinoyat sodir etilishi jarayonida yirtilgan kiyim, narsalar, o‘q otilishi yoki portlash natijasida shikastlangan narsalar, qo‘lning, transportning, buzish qurollarining izlari va h.k.); v) jinoiy harakatlar obyekti bolgan narsalar (masalan, olib qochilgan avtomobil, talon-toroj qilingan pullar, qimmatli qog‘ozlar, qurol, giyohvandlik vositalari, boshqa moddiy qimmatliklar, buyumlar va h.k.); g) jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘lar evaziga topilgan mol-mulk, pullar va boshqa qimmatliklar (masalan, o‘g‘irlangan pullarga sotib olingan qimmatbaho buyumlar, jinoiy faoliyat natijasida, jumladan, qonunga xilof ravishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishdan topilgan naqd pullar, nodir metallar va toshlardan iborat xom ashyo va buyumlar, boshqa qimmatliklar) 14 .
shifrlar orqali ifodalanishi mumkin (misol uchun, bayonnoma, sxema, fonogramma). Ashyoviy dalilda esa axborot tabiiy holda ifodalanib, ko‘rgazmali tarzda qabul qilinadi. Isbotlash jarayonida faqat shaxsiy dalillardan foydalanilganda, u o‘zining ko‘rgazmalilik ta’sirini yo‘qotadi. Shuning uchun ham mazkur jarayonda ashyoviy dalillardan foydalanishning ahamiyati katta. Ashyoviy dalillarning shaxsiy dalillarni protsessual mustahkamlashdagi o‘rni ham beqiyosdir. Izlardan olinadigan qoliplar, katta hajmli jismlarning maketlari, fotosuratlari, hujjatlarning nusxalari ashyoviy dalillarga yaqin turadi va ilmiy adabiyotda original-obyektdagi axborotni o‘zgartirgan holda qayta aks ettirgani tufayli ko‘pincha hosila ashyoviy dalillar deb ataladi. Isbotlash jarayonida mumkin qadar birlamchi, asosiy ashyoviy dalillardan
14
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi №17 sonli qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi to‘plami (2006-2014 yillar) - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi. T.: “Adolat”, 2014. -B. 288-293.
154
foydalanishga intilish mavjud, lekin bu hosila ashyoviy dalillarning ishonchli xulosalarga olib kelmasligini anglatmaydi. Tekshiruvchi dalillar. Boshqa dalillarning ishonchliligini tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi dalillarga tekshiruvchi dalillar deyiladi (masalan, ekspertning vakolatlari to‘g‘risida, guvohning manfaatdorligi to‘g‘risida, uning eshitishi, ko‘rishining ahvoli to‘g‘risida). Xulosa qilib aytganda, jinoyat protsessidagi isbotlash jarayonida tasnifga ko‘ra dastlabki va hosila dalillar, ayblovchi va oqlovchi dalillar, to‘g‘ri va egri dalillar, shaxsiy va ashyoviy dalillar, hosila ashyoviy dalillar, tekshiruvchi dalillardan foydalaniladi. Har bir dalilni to‘g‘ri tasniflash ham jinoyat protsessining asosiy vazifasi bo‘lgan jinoyatlarni tez va to‘la ochish, aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va aybdorlarni fosh etishga xizmat qiladi.
5.6. Dalillar manbalarining tushunchasi va turlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi insonni oliy qadriyat sifatida e’tirof etadi. Aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi, ya’ni gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli Dastlabki va hosila dalillar
oqlovchi dalillar To‘g‘ri va egri dalillar Shaxsiy va ashyoviy dalillar
Dalillar quyidagicha tasniflanadi:
155
qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 9-moddasi). Shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan dalillar vositasidagina isbotlanishi mumkin. Chunki, jinoiy hodisa isbot qilish majburiyati yuklatilgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror hamda sud uchun o‘tmish hodisasi bo‘lganligi sababli, uning barcha holatlarini ular faqat isbot qilish vositasi bo‘lmish dalillar yordamida aniqlashlari va tegishli xulosaga kelishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 22- moddasida «Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bog‘liq barcha holatlarni aniqlashi shart» deb belgilab qo‘yilgan. Shuning uchun, isbot qilish subyektlari jinoyat haqidagi ma’lumotlarni asosan jinoyat sodir etgan shaxsdan olishga harakat qiladilar. Amaliyotda gumon qilinuvchi va ayblanuvchi o‘zi jinoyat sodir etmaganligini isbot qilib berishga majbur bo‘lmaganliklari sababli ularni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari bilan yolg‘on guvohlik berganlik va ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik tahdidi bilan ogohlantirib, guvoh tariqasida, shundan so‘nggina, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida so‘roq qilib ko‘rsatuvlar olish hollari uchrab turganligidan, ayrim amaliyot xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli «Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi Qarori 8-bandiga binoan, shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra ushlangan hollarda, garchi qonunda bu haqda tegishli bayonnoma shaxs militsiya yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgandan so‘ng rasmiylashtirilishi belgilangan bo‘lsa-da, u amalda ushlangan vaqtdan boshlab gumon qilinuvchi deb hisoblanadi. Aynan shu paytdan boshlab ushlab turilgan shaxs gumon qilinuvchiga berilgan barcha huquqlardan, shu jumladan, himoyachi olish huquqidan foydalanadi 15 . Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 81-moddasi 1-qismida «Ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan- bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni
15 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta'minlashga oid qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli Qarori// O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.1. –T.: 2007. – B.142. 156
surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday haqiqiy ma’lumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi» deb ko‘rsatilgan. Ma’lumki, jinoyat – bu isbot qilish subyektlari uchun doimo o‘tmish hodisasi, aynan shu sababdan ular uni faqat har qanday hodisalarning moddiy dunyoda yoki odamlar ongida qoldiradigan izlari, qoldiqlari, akslari vositasidagina o‘rganishlari mumkin. Jinoyat sodir etgan shaxsda jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishdan toki uni sodir etishgacha va undan keyingi barcha holatlar to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud
bo‘lganligi sababli
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 81-moddasini 2-qismida ma’lum bir jinoyatni sodir etishda ayblanayotgan shaxs dalil manbalaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Ayblanuvchi nafaqat sodir etgan jinoyatini, balki jinoyatni sodir etishga ko‘rgan tayyorgarligi, jinoyatning tashkilotchisi, dalolatchisi, jinoyat sodir etilishiga yordam bergan yordamchilari va boshqalar to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotga ega bo‘lgan shaxsdir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 112- moddasiga binoan, «Gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi ko‘rsatuvlari va ayblanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lishi, bu iqror bo‘lish mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, uni ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining bergan ko‘rsatuvlari bilan aniqlangan holatlar, ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan taqdirda ham, o‘zining aybdor ekanligini inkor qilgan taqdirda ham ishning hamma holatlari bilan bog‘langan holda boshqa dalillar kabi tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim». Tergovchi va dastlabki tergovni olib borayotgan prokuror hamda sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib o‘zlarining ichki ishonchlari bo‘yicha barcha dalillarga, shuningdek ayblanuvchi (sudlanuvchi) ko‘rsatuvlariga baho beradilar. Har bir dalil, shu jumladan ayblanuvchi ko‘rsatuvlari ham ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtayi nazaridan baholanishi lozim. Tergovchi va dastlabki tergovni olib borayotgan prokuror hamda sud ayblanuvchi (sudlanuvchi) ko‘rsatuvlariga baho berish natijasida sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini, uning shaxsini, javobgarligini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni inobatga olgan holda unga nisbatan tegishli ehtiyot choralaridan faqat bittasini qo‘llashlari mumkin. 157
MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR Mazkur mavzuni o‘rganishda talabalar dalillar va ularga qo‘yilgan talablar, ularning tasniflanishi, isbot qilish predmeti va isbotlash doirasiga oid masalalarni ko‘rib chiqishlari, Oliy sud Plenumining tegishli qarorlari va tarmoq qonunlarni qiyosiy-huquqiy tahlil qilib, jinoyat ishlarini yuritishda dalillarning rolini aniqlashlari lozim. MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 1. Jinoyat ishi bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar qonunda aniq belgilangan. Jinoyat ishi bo‘yicha muhim deb hisoblangan har bir holat to‘la, har tomonlama, xolisona tekshirilishi lozim. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad haqiqatni aniqlashdir. Isbotlash jarayoni dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iborat. Muayyan holat yuzasidan dalillarni guruhlarga tasniflang va o‘zaro qiyoslang. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari” to‘g‘risidagi 2004- yil 24-sentabrdagi 12-sonli Qaroriga asosan nomaqbul dalillar deb nimaga aytiladi? 2. Jinoyat protsessida dalil va isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar eng muhim masalalardan hisoblanib, jinoyatni ochish, ayblanuvchini fosh etish, jazoni muqarrarligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Isbotlash doirasi bilan isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Isbot
Toshkent shahar prokuraturasi iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi IIV jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi tezkor qidiruv xodimlari bilan hamkorlikda arizachi fuqaro Saidovning arizasiga asosan Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 245-sonli maktab direktorining fuqaro Saidovdan pora talab qilganligi holati yuzasidan tezkor-tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir jarayonida zaruriyat tug‘ilganligi sababli, Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 245- sonli maktab direktorining uyali aloqa telefonidagi so‘zlashuvlari eshitilgan 158
va telefon so‘zlashuvlaridan nusxa olingan. O‘tkazilgan tezkor tadbiri jarayonida Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 245-sonli maktab direktori fuqaro Saidovdan 100 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olgan vaqtida qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 245-sonli maktab direktoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tezkor tadbirni o‘tkazgan xodimlar tomonidan tergovga Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 245- sonli maktab direktorining telefonda so‘zlashgan yozuvlari taqdim etilgan va jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida ushbu telefon so‘zlashuvidagi ma’lumotlardan ayblanuvchining aybini isbotlovchi dalil sifatida foydalanilgan.
Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling