Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tergovchi yuqoridagi holat bo‘yicha dalillarni to‘plashda qanday tergov harakatlarini amalga oshirish mumkin Sud tomonidan
- VI BOB. ISBOT QILISHNING UMUMIY SHARTLARI (
- Jinoyat protsessida isbotlash
- Dalillarni to‘plash
- DALILLAR TO‘PLASH (JPKning 87-moddasi)
2-kazus 2014-yilning 22-aprel kuni kech tungi soat 04:15 larda fuqaro Sarvarov o‘ziga tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli davlat raqami 01A 586 AA bo‘lgan avtomashinasida Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan Mustaqillik va Shaxrisabz ko‘chalari kesishgan chorrahadan svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib, chorrahani kesib o‘tayotgan vaqtida, uning o‘ng tomonidan svetoforning yashil chirog‘ida chorrahani kesib o‘tayotgan fuqaro Ayubov boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli davlat raqami 01 I 252 VA bo‘lgan avtomashina bilan to‘qnashuv sodir qilgan va to‘qnashuv natijasida har ikkala avtomashina haydovchilari o‘rtacha og‘irlikda tan jarohatlari olib, gospitalizatsiya qilinganlar. Ushbu hodisa tungi vaqtda sodir bo‘lganligi sababli, hodisa shohidlari bo‘lmagan. Tergov jarayonida har ikkala haydovchi ham o‘zini chorrahaga yashil chiroqda kirib kelganligini ma’lum qilishgan. Lekin dastlabki berilgan tushuntirish xatiga va tayinlangan sudga oid avtotexnika ekspertizasiga asosan tergovchi Sarvarovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1- qismi bilan ayb e’lon qilib, jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan sudga yuborgan. Ushbu jinoyat ishi sud majlisida mazmunan ko‘rib chiqilayotgan vaqtda sudlanuvchi Sarvarovning himoyachisi iltimosnoma bilan bir SD diskni taqdim qilgan. Ushbu SD diskda chorraha burchagida joylashgan “Asaka Bank” amaliyot boshqarmasi binosida o‘rnatilgan video kuzatuv kamerasidan yozib olingan videolavhalar mavjudligi va sodir bo‘lgan yo‘l 159
transport hodisasi suratga olinganligi aniqlangan. Ushbu videolavhaga ko‘ra, chorrahaga qizil chiroqqa Sarvarov emas, balki Ayubov kirib kelganligi aniqlangan. Tergovchi yuqoridagi holat bo‘yicha dalillarni to‘plashda qanday tergov harakatlarini amalga oshirish mumkin? Sud tomonidan dastlabki tergovda olingan dalillarni sud tomonidan baholash mezonlarini tahlil qiling.
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. MDH davlatlarida va boshqa xorijiy davlatlarda isbotlash huquqini ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 2. Xorijiy davlatlarda dalil turlari va manbalarini ochib bering. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 3. Turli davlatlarda dalillarga qo‘yilgan talablarni tahlil qiling. Ish shakli – nazorat ishi (esse).
160
(Muallif – yuridik fanlar nomzodi, dots. S.M.Raxmonova) Annotatsiya: Talabalar tomonidan mazkur mavzuning o‘rganilishi jinoyat protsessida isbot qilish jarayonining mazmun va mohiyati, isbot qilishning umumiy shartlari, isbotlash subyektlari, isbotlash majburiyati, dallilarni to‘plash, tekshirish va baholash elementlari to‘g‘risida zaruriy bilim va ko‘nikmalar shakllantirishga xizmat qiladi. 6.1. Isbotlash va uning elementlari
Isbotlash - ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iboratdir (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 85-moddasi). Jinoyat ishlari yurituvida amalga oshirilayotgan bilish isbot qilish shaklida olib boriladi, u o‘zida murakkab jarayonni mujassam etib, alohida elementlardan tashkil topgan. Ular esa o‘z navbatida jinoyat protsessining har bir bosqichida isbot qilishning tartibi, usullari, vositalari va shartlarini belgilab beradi.
Isbotlash haqiqatni aniqlashga xizmat qiladi. Jinoyat ishlarini sudda yuritishdagi haqiqat – tergov va sud xulosalarining xolisona voqelikka muvofiqligini amalda tekshirilgan fikridir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 2- moddasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun har bir muayyan holda tergov qilinadigan yoki hal qilinadigan jinoyat ishi bo‘yicha isbotlash predmetiga kiradigan barcha holatlarni voqelikka to‘la muvofiq holda aniqlash lozim. Ishning haqiqiy holatlarini isbotlash muammolari jinoyat protsessual nazariyaning hamda jinoyat protsessida jinoyatlarning tergov qilinishi va ochilishini amalga oshiradigan vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning protsessual faoliyati negizini tashkil etadi. Shu munosabat Isbot qilish – jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni olishga qaratilgan harakatlar tizimidir. U jinoyat protsessini harakatlantiruvchi kuch bo‘lib, u protsessning bir bosqichidan ikkinchisiga tadrijiy o‘tishini to jinoyat ishi uzil-kesil hal bo‘lgunga qadar ta'minlaydi.
161
bilan isbotlash maqsadi, vositalari, usullari va elementlari, uning mohiyati, predmeti va chegarasi kategoriyalari doimo jinoyat protsessual huquqi fani e’tibor markazida bo‘lib keladi.
Isbot qilish jarayonini faktik ma’lumotlarni mexanik tarzda to‘plash deb, tushunmaslik lozim, zero isbot qilish – bu har qanday emas, balki aynan muayyan jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan faktlarni maqsadli qidirish, ularni oqilona anglash va protsessual qayd etishdir. Bu kategoriyani tadqiq etishda ta’kidlash zarurki, isbot qilish faqat tafakkur faoliyatigagina emas, balki ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlashga qaratilgan amaliy harakatlardan tashkil topgan bo‘lib, jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy qarorni asoslash bilan tugallanadi. Isbot qilish jarayoni elementlarini yoritmay, bu ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlash bo‘yicha vakolatli shaxslarning qonunda ko‘zda tutilgan faoliyati ekanligi bayon etgan soddalashgan ta’riflar ham mavjud. Isbotlash jarayoni murakkab ichki tuzilmaga ega bo‘lib, u 3 darajada namoyon bo‘ladi: axborot, mantiqiy va yuridik.
va baholashdan iborat. Isbot qilishning bu kabi ko‘rinishida isbot qilish subyekti daliliy ma’lumot manbasi bilan bevosita munosabatga kirishadi va buning natijasida jinoyat ishi bo‘yicha dalillar majmui shakllanadi. Mantiqiy isbotlash - bu ish bo‘yicha to‘plangan dalillar majmuiga baho berish orqali aniqlanayotgan faktlar yuzasidan xulosalarni asoslantirish demakdir. Mantiqiy isbotlashga misol qilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 23-moddasi 1-qismini keltirish mumkin, unga binoan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi”. Mantiqiy darajada isbot qilish protsessual hujjatlarda (ayblov xulosasi, hukm), iltimosnomalar va raddiyalarda asoslantirish orqali namoyon bo‘ladi. Isbot qilishning yuridik darajasida axborot va mantiqiy isbot qilishning samarsiz natijalarini inobatga olgan holda isbot qilish subyekti tomonidan prezumpsiya va preyuditsiyalar qo‘llaniladi. Xususan, aybsizlik prezumpsiyasiga binoan isbotlanmagan ayb
aniqlash va jinoyat ishini to‘g‘ri hal qilish uchun obyektiv voqelikning faktlarini dalillar yordamida isbotlash, bilish va hujjatli qayd etish bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatdir.
162
isbotlangan aybsizlikka tenglashtiriladi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, sud o‘z vakolatlari doirasida isbotlashni amalga oshiradilar. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar va fuqaroviy javobgar hamda ularning vakillari isbotlashda ishtirok etish huquqiga ega. Dalillarni to‘plash va tekshirishda ishtirok etishga ekspertlar, mutaxassislar, xolislar va boshqa shaxslar jalb etilib, ular qonunda belgilangan muayyan protsessual majburiyatlarni bajaradilar. Dalillarni to‘plash va tekshirish: so‘roq qilish, yuzlashtirish, tanib olish uchun ko‘rsatish, olib qo‘yish, tintuv, ko‘zdan kechirish, eksperimentlar, ekspertizalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshqa tergov va sud harakatlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
sud tomonidan ayblanuvchi, jabrlanuvchi, himoyachi va tegishli huquqlarga ega hamda zimmasida ma’lum majburiyatlar bo‘lgan boshqa shaxslar ishtirokida amalga oshiriladigan jinoyat ishi holatlarini bilishning protsessual shaklidir. Albatta, jinoyat ishlari yurituvi uchun mas’ul organlar va mansabdor shaxslar isbot qilishda muhim rol o‘ynaydi, zero aynan isbotlash majburiyati yuklatilgan subyektlar tomonidan dalillarga baho berish ish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Isbotlash subyektlari o‘tmishda sodir bo‘lgan hodisani u haqidagi dalillar beradigan axborot orqali bilishi mumkin bo‘lib, dalillar isbotlash majburiyati yuklatilgan shaxs ongi hamda aniqlanayotgan jinoyat hodisasi o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘inga aylanadi. Jinoyat hodisasini tashkil qilgan faktlar tizimi jinoyat ishi yurituvi paytiga kelib o‘tmishga aylanadi shu boisdan ham uni tergovchi, prokuror, sudya bevosita idrok eta olmaydi. Jinoyat hodisasini shartli ravishda yaxlit bir “zanjir” deb tasavvur etsak, u bir qancha qismlarga - faktlarga «parchalanib» uzuq-yuluq holatda bo‘ladiki, ularning ayrimlari mavjud bo‘lmaydi, ayrimlari esa birlamchi sifat xususiyatlarini yo‘qotgan bo‘ladi, mavjud bo‘lganlari esa jinoyat hodisasining to‘liq manzarasini bermaydi. Jinoyat hodisasini faqat mavjud faktlar asosida idrok etish va aniqlash isbotlash subyektidan ko‘p mehnat, kasbiy mahorat, xolislik va qat’iylik talab etadi. Sodir etilgan jinoyat holatlarini bilish, pirovardida esa ish bo‘yicha xolisona haqiqatni aniqlash jinoyat protsessual isbotlash yo‘li bilan
163
amalga oshiriladi. Albatta, bu narsa tadqiq etish asosida yuzaga keladi. Uning zamirida obyektiv voqelikni bilish yotadi. Jinoyat protsessual isbotlashda bilish jarayonining ikki tomoni: o‘ziga mantiqiy va ruhiy xususiyatlarga monand fikrlash hamda qonunda nazarda tutilgan protsessual harakatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 87-moddasi.) asoslangan amaliy tomon hamohangdir. Jinoyat protsessual isbotlash jarayoni quyidagi tarkibiy qismlarga ajratiladi: dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash. Bunda ular, odatda, protsessual isbotlash bosqichlari deb ataladi. Lekin etimologik jihatdan «bosqich» so‘zi biror-bir jarayonning rivojlanishida ma’lum bir davrni anglatadi. Jinoyat protsessiga nisbatan biz uning har bir bosqichida – jinoyat ishini qo‘zg‘atish bosqichida, u bo‘yicha dastlabki tergov yuritish bosqichida, sud muhokamasi bosqichida va hokazolarda protsessual isbotlash haqida fikr yuritishimiz mumkin. «Isbotlash bosqichi» tushunchasi isbotlashning tashqi yo‘nalishini ta’riflash, uning ish bo‘yicha xolisona haqiqatni aniqlashda eng salmoqli chegaralarini ajratish bilan bog‘liqdir. Lekin har qanday bunday bosqichda protsessual faoliyat va tegishli protsessual munosabatlar mavjud bo‘lib, ular jinoyat protsessual isbotlashning ichki tuzilishini tashkil qiladigan dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday tuzilishi jinoyat ishi harakatlanishining barcha bosqichlarida yagonadir (dalillar jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki bosqichda, misol uchun, sud muhokamasida ham to‘planadi, tekshiriladi va baholanadi). Shu bilan birga u barcha jinoyat ishlari uchun ham yagonadir, chunki bunday faoliyat ijtimoiy xavflilik darajasi hamda boshqa tavsiflardan qat’i nazar odam o‘ldirish va nomusga tegish, o‘g‘irlash va talonchilik, bezorilik va boshqa jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Lekin yuqorida ta’kidlanganlar bilan jinoyat protsessual isbotlashning mazmuni chegaralanib qolmaydi. Ish bo‘yicha qarorlarni asoslash jinoyat protsessual isbotlashning mustaqil elementi bo‘lmasada, tuzilmaviy nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki protsessual isbot qilish pirovardida to‘plangan, tekshirilgan va baholangan dalillar (ular yig‘indisi) asosida qabul qilinadigan protsessual mazmundagi xulosa va qarorlardir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga binoan tergovchi tergov qilinayotgan jinoyat jinoiy javobgarlik vujudga keladigan yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilganini ishdagi dalillar asosida 164
aniqlasa, jinoyat ishi yuritilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur. To‘plangan dalillar majmui qilmishda muayyan jinoyat tarkibining barcha konstruktiv elementlari, shu jumladan, uni sodir etganlikda ma’lum bir shaxsning aybliligini tasdiqlasa, tergovchi bu shaxsni jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilish haqida qaror qabul qiladi va hokazo. Mazkur qoida jinoyat ishlari yurituvini amalga oshirish yuzasidan sud faoliyatiga ham taalluqlidir. Shunday qilib, xulosa qilish mumkinki, tergov (sud) taxminlarining tuzilishi va dinamik rivojlanishi, har bir taxmin bo‘yicha dalillar hamda ularning manbalarini to‘plash, to‘plangan dalillar va ularning manbalarini tadqiq etish (tekshirish), mavjudlarini (dalillarni va ularning manbalarini) baholash, ish bo‘yicha boshqa xulosa va qarorlarni shakllantirish jinoyat protsessual isbotlashning ehtimoliy elementlari sifatida xizmat qiladi. Demak, jinoyat
protsessual isbotlash tuzilishida muhim
elementlardan biri – haqiqiy ma’lumotlarni baholash hisoblanib, ular asosida surishtiruvchi, tergovchi, sud qonunda belgilangan tartibda ijtimoiy xavfli qilmishning mavjud yoki yo‘qligini, bu qilmishni sodir etgan shaxsning aybdorligini, ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlaydi. Ularsiz biror-bir protsessual qarorni qabul qilish, shu qatorda, sud hukmini chiqarish mumkin emas.
Shu maqsadda isbotlash majburiyati yuklatilgan vakolatli organlar va mansabdor shaxslar qonunda ro‘yxati hamda yuritilish tartibi ko‘zda tutilgan tergov va sud harakatlarini amalga oshirishga haqli (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 87, 96-202-moddalari). Dalillarni to‘plash nafaqat ularni topishni, balki qonunda belgilangan tartibda ularni qayd etishni ham nazarda tutadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 90-92, 106, 131, 134, 141, 147, 156, 163, 171-moddalari va boshqalar). Bayonnomalar yuritish uchun mas’uliyat sudga qadar bosqichda surishtiruvchi va tergovchiga sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi zimmasiga yuklatiladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 90-moddasi 2-qismi).
tomonidan daliliy axborotni topish, talab qilib olish, qabul qilib olish va protsessual qayd etishga hamda qonunda nazarda tutilgan protsessual harakatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.
165
Dalillar tergov va sud harakatlari o‘tkazishdan tashqari talab qilib olish orqali ham to‘planadi. Jumladan, surishtiruvchi, tergovchi prokuror tomonidan davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga topshiriq va so‘rovlar yuborish yo‘li bilan jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlar olinadi. Lekin mazkur turdagi dalil to‘plash natijasi tergov va sud harakatlari kabi kafolatlanmagan. Chunki mazkur protsessual talabning barcha tashkilotlar uchun majburiyligi belgilangan bo‘lsa-da, uning bajarilmaganligi uchun javobgarlik jinoyat protsessiga jalb qilingan shaxslarga nisbatangina qo‘llaniladi. Jinoyat-protsessual kodeksiga 2008-yil 31-dekabrda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga binoan hozirda himoyachi ham dalil DALILLAR TO‘PLASH (JPKning 87-moddasi) Dalillar tergov va sud harakatlarini yuritish: gumon
qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini, guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni so‘roq qilish; yuzlashtirish; tanib olish uchun ko‘rsatish; ko‘rsatuvni hodisa ro‘y bergan joyda tekshirish; olib qo‘yish; tintuv; ko‘zdan kechirish; guvohlantirish; murdani eksgumatsiya qilish; eksperiment o‘tkazish; ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish uchun namunalar olish; ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolar va hujjatlarni qabul qilish; telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilgan so‘zlashuvlarni eshitish, shuningdek tezkor qidiruv tadbirlarini o’tkazish yo‘li bilan to‘planadi.
Himoyachi dalillar sifatida foydalanilishi mumkin
bo‘lgan ma’lumotlarni: ishga taalluqli axborotga ega bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga so‘rov yuborish hamda ulardan ma'lumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali to‘plashga haqli.
Himoyachining qonunga muvofiq to‘plangan materiallarni ishga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan albatta qanoatlantirilishi kerak.
166
to‘plash subyekti sifatida faoliyat yurita oladi. Jumladan, himoyachi dalillar sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni: ishga taalluqli axborotga ega bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga so‘rov yuborish hamda ulardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali to‘plashga haqli. Himoyachining to‘plangan materiallarni ishga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan albatta qanoatlantirilishi kerak (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 87- moddasi 2-3 qismi). Demak, himoyachi himoya pozitsiyasini shakllantirish va
mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan daliliy ma’lumotlarni to‘plash va ularni jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yilishini talab qilish kabi protsessual imkoniyatlarga ega. Bu esa ish materiallarida nafaqat ayblovchi, balki oqlovchi dalillar qayd qilinishini, natijada esa sudga qadar ayblov va himoya tarafining dastlabki tortishuvni ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda tergovchiga alohida mas’uliyat yuklaydiki, u dalillar bazasini himoya taqdim etgan versiya nuqtayi nazaridan tadqiq etishi zarur. Bu qoidaning protsessual tasdig‘ini ayblov xulosasiga qo‘yilgan talablarda kuzatish mumkin. Ya’ni, ayblov xulosasining tavsif qismida dastlabki tergovda aniqlangan holatlar: jabrlanuvchi, shuningdek ayblanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ayblanuvchining aybdorligini tasdiqlovchi dalillar, ayblanuvchining o‘zini himoya qilish uchun keltirgan vajlari va ularni tekshirish natijalari bayon qilinadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksi 379-moddasi 2-qismi).
Tekshiruv qo‘shimcha dalillarni to‘plashdan iborat bo‘lib, ular tekshirilayotgan dalillarni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 94-moddasi). Dalillarni tekshirish qo‘shimcha so‘roq, yuzlashtirish, tanib olish uchun ko‘rsatish, ekspertiza tayinlash kabi tergov harakatlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Dalillarni tekshirishning quyidagi belgilarini alohida ta’kidlash Dalillarni tekshirish – jinoyat ishi holatlarini to‘g‘ri aniqlash uchun haqiqiy ma'lumotlarning ishonchliligini hamda ular olingan manbalarning sifatini sinchkovlik bilan, har tomonlama va xolisona aniqlash bo‘yicha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning faoliyatidir.
167
mumkin: -
dalil to‘plash natijasida olingan ma’lumotlar turini aniqlash: shaxslar bergan xabarlar (shaxsiy) yoki ma’lumot manbasi narsa va buyumlar (ashyoviy); -
-
mazkur usul va uslublarni qo‘llash vaqti va joyi; -
ularning maqbulligi shartlariga rioya qilinganligini aniqlash - isbotlash ishtirokchilarning shaxsiy manfaatlari doirasiga asossiz aralashishga va ularning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari; - isbot qilish ishtirokchilari doirasini belgilash. Dalillarni tekshirish protsessning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Haqiqiy ma’lumotlar ham, ular olingan manbalar ham, har bir dalil alohida ham, shuningdek boshqa mavjud dalillar bilan birgalikda ham tekshirilishi lozim. Dalillarni tekshirishni protsessual qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar amalga oshiradi. Protsessning boshqa subyektlari dalillarni tekshirishda faqat ishtirok etadilar. Dalillar protsessual harakatlar yuritish yo‘li hamda mantiq yo‘li (dalillar mazmunini tahlil qilish, tekshirilayotgan dalilni ishdagi boshqa dalil bilan taqqoslash, yangi dalillar olish) bilan tekshiriladi. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtayi nazaridan baholanishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 95-moddasi). Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling