Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISBOT QILISH ISHTIROKCHILARI (JPKning 86-moddasi) Isbot qilish majburiyati yuklangan shaxslar
- Isbotlashda ham huquq ham majburiyatga ega bo‘lgan shaxslar
- 6.3. Dalillarni baholash
- Dalillarni baholash
6.2. Isbotlashning umumiy shartlari Isbotlash jinoyat sudlov ishlarini yuritish doirasida o‘tadigan hamda uning vazifalarini hal qilishga yo‘naltirilgan faoliyat sifatida jinoyat protsessual qonun bilan tartibga solingan. Jinoyat-protsessual qonun isbotlash jarayonini tartibga solish bilan birga, ishning haqiqiy holatlarini aniqlash faoliyatini ham tartibga soladi hamda isbotlashda ishtirok etayotgan taraflar huquqlari tengligining ishonchli kafolatlarini yaratadi.
sudning ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib o‘zlarining ichki ishonchlari negizidagi faoliyatidir.
168
Isbotlash jarayonida fuqarolarning va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari muhofaza qilinishi qonunan kafolatlangan. Isbotlashda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlar sodir etish, zo‘rlash, po‘pisa qilish, aldash va boshqa noqonuniy choralar orqali ko‘rsatmalar, tushuntirishlar, xulosalar, hujjatlar yoki narsalar berishga majburlash taqiqlanadi. Protsessning har bir bosqichida uning aniq vazifalariga va
protsessual shakllariga muvofiq isbotlash o‘z xususiyatlariga, o‘z jihatlariga ega bo‘lib, isbotlash natijasi sifatida faqat mazkur bosqich uchun nazarda tutilgan qarorlar bo‘lishi mumkin. Muayyan bosqich vazifalari, uning protsessual shakli isbotlashning ayrim elementlari nisbatida ham, dalillar qanday (bevosita yoki yozma materiallar bo‘yicha) tadqiq etilishida ham, shuningdek dalillarni baholash natijasida u yoki bu bosqichda qanday xulosalar qilinishi mumkinligida ham aks etadi. Jinoyat-protsessual kodeksining 9-bobi
(85-95-moddalari) isbotlashning umumiy shartlarini belgilaydi.
Ular muayyan huquqiy qoidalarning tizimini tashkil etib, ularga quyidagilar kiradi: isbot qilish jarayoni (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 85-moddasi), isbot qilish subyektlari va ishtirokchilari vakolat doirasi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 86-moddasi), dalillar to‘plash usullari (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 87-moddasi), isbotlash jarayonida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlarini qo‘riqlash (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 88-moddasi), davlat
sirlarini qo‘riqlash (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 89-moddasi), dalillarni bayonnomalarda qayd etish (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 90-93-moddalari), dalillarni tekshirish (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 94-moddasi), dalillarni baholash (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 95-moddasi). Qonunga binoan isbotlashning barcha ishtirokchilarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
bo‘lib, ular isbotlashning o‘ziga xos jihatlarini ifoda etadi hamda dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash hamda qarorlar qabul qilish tartibiga nisbatan qo‘yiladigan qat'iy protsessual talablarni belgilaydi.
169
xolisona tergov qilish va ko‘rib chiqish, nafaqat jinoyat tarkibini, balki barcha boshqa holatlarni aniqlash majburiyati yuklatilgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud kiradi. Sanab o‘tilgan subyektlarning har biri isbotlashni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 86-modda 1-qism).
Isbotlash majburiyati jinoyat ishlarini sudda yuritish vazifalarini nazarda tutadigan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 2-moddasining hamda jinoyat ishi holatlarini tadqiq etish talablarini belgilaydigan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 22-moddasi qoidalaridan kelib chiqadi. Aynan ana shu mas’ul shaxslar zimmasiga qonun jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bog‘liq barcha holatlarni aniqlash majburiyatini yuklaydi. Shuningdek, surishtiruvchi, tergovchi va prokuror jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida sabab va yetarli asoslar mavjud bo‘lgan barcha hollarda jinoyat ishini qo‘zg‘atishi shart (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 15, 321-moddasi). Xususan, isbotlash subyektlari tomonidan ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud.
ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat himoyachisi, jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar
mutaxassis, tarjimon, xolis fuqarolar, mansabdor shaxslar.
to‘plash, tekshirish va baholash bo‘yicha zarur xulq-atvorining nazarda tutilgan hajmi tushuniladi.
170
keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham og‘irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 22-moddasi). Isbot qilishda sudning roli qanday, degan o‘rinli savol tug‘iladi. Shunday yondashuv mavjudki, unga ko‘ra sud odil sudlov funksiyasini bajarib, isbotlash subyekti hisoblanmaydi. Sudning faoliyati dalillarni to‘plash tekshirish va baholash bilan bevosita bog‘liq. Xususan, sud muhokamasi mobaynida sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlar va ekspert so‘roq qilinadi, hujjatlar ko‘zdan kechiriladi va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa sud harakatlari o‘tkaziladi. Shuningdek, sudning mustaqilligi nuqtayi nazaridan sud jarayonida jinoyat hodisasi yuzasidan umuman boshqa versiya (hatto sudlanuvchining aybsizligini ko‘rsatuvchi) o‘z tasdig‘ini topishi mumkin. Sud muhokamasida taraflar tortishuvi shart- sharoitini ta’minlab, xolislikni saqlagan holda sud faol isbotlash subyekti sifatida namoyon bo‘ladi. Ya’ni haqiqatni aniqlash maqsadida adolatli hukm chiqarish uchun zarur bo‘lgan dalillar bazasini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi. Jumladan, taqdim etilgan dalillarni maqbulligi va ishonchliligini tekshirib, yakuniy qaror qabul qilish uchun yetarliligiga baho beradi. Demak, sud isbot qilishning faol subyektidir. Bu borada bahsga sabab bo‘luvchi asosiy omil bu isbot qilishda tushunchalarni turli talqin etilishidir. Sud sudlanuvchining aybdorligini isbotlashga emas, balki jinoyat hodisasi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga qaratilgan faoliyatni olib boradi. Mazkur faoliyatida sud ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqishi, ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham og‘irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 22-moddasi). Ikkinchi guruhni gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, uning qonuniy vakili, himoyachi, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi tashkil qiladilar (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 86-moddasi 2-qismi). Ular uchun isbotlashda ishtirok etish majburiyat emas, balki huquqdir. Ular ishdan manfaatdor shaxslar sifatida tergov qilinayotgan va ko‘rilayotgan ishga taalluqli narsalar, hujjatlar taqdim etishlari, dalillarni talab qilib olish va ishga ilova qilish to‘g‘risida 171
iltimosnomalar berishlari, dalillarning u yoki bu manbaini baholash bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qilishlari mumkin va hokazo. Bular jumlasidagi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi isbot qilish jarayonida o‘ziga xos alohida protsessual maqom va kafolatlarga egaki, bunga ko‘ra jinoiy ta’qib ostidagi shaxs o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasi 2-qismi). Bu yuqorida aytib o‘tilgan isbot qilish majburiyati yuklatilgan shaxslarning bevosita vazifasidir. Aybsizlik prezumpsiyasining tarkibiy qismi bo‘lgan mazkur kafolatni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining qator
normalarida mustahkamlanganligini kuzatish mumkin. Xususan, jinoiy ta’qib ostidagi shaxsning ko‘rsatma berishdan bosh tortish va yolg‘on ko‘rsatma berish uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilmasligi va uning sukut saqlash huquqi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 46, 48-moddalari), himoyachidan voz kechish huquqi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 52-moddasi), aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz, aybiga iqrorlik ko‘rsatmalari boshqa dalillar bilan isbotlanishi shartligi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 112,113-moddalari), yaqin qarindoshlarining guvohlik immuniteti (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 116-moddasi). Isbot qilish jarayonida jinoiy ta’qib ostidagi shaxsga nisbatan amal qiladigan yana bir muhim kafolat bu aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi qoidadir. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasi 3-qismi). Aybsizlik prezumpsiyasining mazkur protsessual kafolati qonunning qator muhim normalarida o‘z aksini topgan. Jumladan, jinoyat ishi bo‘yicha ayblov hukmi taxminlarga asoslangan bo‘lishi mumkin emas va faqat sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqariladi. Ayblov hukmiga jinoyat sodir etilishining ish bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan holatlarini tekshirish, ish materiallarida ma’lum bo‘lib qolgan barcha kam-ko‘stni to‘ldirish, yuzaga kelgan hamma shubha va qarama- qarshiliklarga barham berish natijasida yig‘ilgan ishonchli dalillargina asos qilib olinishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 463-moddasi 1-qismi). Shuningdek, oqlov hukmini chiqarish 172
asosi sifatida ko‘rsatilishicha, sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblov ish holatlari batafsil tekshirilgandan keyin ishonarli tarzda o‘z tasdig‘ini topmasa, sud jinoyat sodir etilishiga sudlanuvchi daxldor emas deb baho berib uni oqlaydi. (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 464- moddasi 2-qismi). Uchinchi guruhni isbotlashda ishtirok etishga jalb etiladigan guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, xolislar, shuningdek fuqarolar va mansabdor shaxslar tashkil etadi. Ular Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda isbot qilish jarayonida muayyan huquqlardan foydalanadilar. Mazkur shaxslarni isbot qilish jarayonida ishtirok etishi samarasi nuqtayi nazaridan shartli ravishda 2 toifaga ajratish mumkin: 1. Daliliy ahamiyatga ega ma’lumotlar manbalari bo‘lgan shaxslar (guvoh va ekspert). Ya’ni bu shaxslar isbot qilish jarayonida faol ishtirok etib, aynan ular tomonidan beriladigan daliliy ahamiyatga molik ma’lumotlar ishning hal qilinishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. (masalan, jinoyat shohidi bo‘lgan asosiy guvohning ko‘rsatmalari, jinoyat ishi bo‘yicha ekspertiza tayinlanishi shart bo‘lgan holatlarda –ekspert xulosasi). 2. Dalillarni qayd qilish va mustahkamlashda ko‘maklashuvchi shaxslar (mutaxassis, tarjimon, xolis). Bu toifadagi shaxslar esa jinoyat hodisasi bo‘yicha obyektiv faktik ma’lumotlar manbalari bo‘lmasalarda, isbot qilish jarayonida texnik-tashkiliy yordam ko‘rsatadilar. Masalan, dalillarni mustahkamlashdagi mutaxassisning oqilona ko‘magi kelgusida mazkur dalillarning yaroqliligi va ulardan foydalanish samarasini belgilaydi (masalan, voqea joyini ko‘zdan kechirish, ekspertiza uchun namuna olish, eksperiment, guvohlantirish va boshqa tergov harakatlari o‘tkazishda). Tarjimon tomonidan ko‘rsatilgan xizmatning ahamiyati ham muhim hisoblanib, obyektiv va to‘g‘ri tarjima talablaridan biroz chetga chiqish ham isbot qilish jarayonida ish mohiyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin (masalan, yetkazilgan zararning miqdori, jinoyat sodir etgan shaxslar soni borasida tarjimadagi chalkashliklar). Xolislar isbot qilish jarayonining qay darajada protsessual shaklga muvofiq olib borilganligi tasdiqlash uchun ishda ishtirok etib, bir tarafdan tergov va protsessual harakatlarning qonuniy o‘tkazilishini ta’minlasa, ikkinchi tarafdan mazkur haraklarning qonuniy o‘tkazilganligi yuzasidan kelgusida hech bir shubhalar kelib chiqmasligini ta’minlaydi. Ya’ni, masalan, xolisning tergov harakatida ishtiroki ayblanuvchi uchun unga nisbatan qonunni to‘g‘ri tatbiq etilishi uchun kafolat bo‘lsa, tergovchi uchun esa mazkur tergov harakatini noqonuniy 173
o‘tkazilmagan kabi mazmundagi turli e'tirozlardan kafolat hisoblanadi. Jinoyat ishi bo‘yicha jalb qilinadigan yuqoridagi shaxslarning ishtirokining optimal samarasini ta’minlash maqsadida ularga qonunda nazarda tutilgan qator protsessual majburiyatlar yuklatilgan. Jinoyat protsessual qonunning yana bir qat’iy talabi - dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda fuqarolarning, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini qo‘riqlash ta’minlashdir. Shundan kelib chiqqan holda isbotlashda quyidagi harakatlar taqiqlanadi: 1) shaxslarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlar sodir etish; 2) zo‘rlik, po‘pisa qilish, aldash va qonunga xilof boshqa yo‘llar bilan ko‘rsatma, tushuntirish, xulosalar olishga, eksperimental harakatlarni bajarishga, hujjatlar yoki buyumlar tayyorlanishiga va berilishiga erishish; 3) tungi vaqtda, ya’ni kech soat 22.00 dan ertalab soat 6.00 gacha tergov harakatlari olib borish. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning oldini olish, jinoyat izining yo‘qolishiga yoki gumon qilinuvchining qochib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, eksperiment jarayonida tekshirilayotgan hodisaning holatini qaytadan tiklash zarurati bo‘lgan hollar bundan mustasno (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 88-moddasi). Tergov yoki sud harakatlari bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va ishda mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etayotgan shifokorlardan tashqari boshqa shaxslarning o‘zga jinsdagi shaxsni yalang‘och qilib yechintirish chog‘ida hozir bo‘lishlari taqiqlanadi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya tergov va sud muhokamasi jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqalarning shaxsiy hayotiga doir aniqlangan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik chora-tadbirlarini ko‘rishi shart. Buning uchun shunday ma’lumotlar aniqlanishi mumkin bo‘lgan tergov yoki sud harakatlari olib borilayotganda ishtirok etadigan shaxslar doirasi cheklanadi, ishtirokchilar esa ularni oshkor qilganlik uchun javobgarlik belgilanganligi to‘g‘risida ogohlantiriladilar.Tergov yoki sud harakatlari jarayonida olib qo‘yiladigan narsalar va hujjatlar tegishli bayonnomalarda aniq ko‘rsatilishi kerak. Shu bilan birga narsa yoki hujjat egasiga bayonnoma nusxasi yoki uning ko‘chirmasi topshirilib, tilxat olinadi. Ishga aloqasi bo‘lmagan narsa va hujjatlar egasiga darhol qaytarilishi kerak.
Fuqarolar saqlashi taqiqlangan narsa va hujjatlar yo‘q qilinishi yoxud ularni saqlashga vakolati bo‘lgan va ularni tasarruf etadigan muassasalar yoki tashkilotlarga berilishi lozim. 174
Isbotlash jarayonining eng muhim elementi – dalillarni baholashdir. Albatta, jinoyat protsessual isbotlashning barcha tuzilmaviy elementlari o‘rtasida qandaydir u yoki bu darajada aniq chegaralar o‘tkazish qiyin, ko‘pincha esa mumkin ham emas, chunki ularning barchasi o‘zaro murakkab va yaqin o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi hamda yagona isbotlash jarayonining u yoki bu tomonlarini ifoda etadi. Dalillarni baholash esa ularning ishonchliligini, kuchini, ish bo‘yicha xulosalar uchun asos bo‘lib xizmat qilishga loyiqligini aniqlash demakdir.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 95- moddasiga binoan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib o‘zlarining ichki ishonchlari bo‘yicha dalillarga baho beradilar. Jinoyat protsessual adabiyotda dalillarga baho berish mazmuni turlicha belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonuni matnida protsessual ma'nodagi qarorni qabul qilish uchun, shuningdek jinoyat ishini hal qilish uchun baholanishi lozim bo‘lgan dalillarga qo‘yilgan talablar:
bayon qilingan. Dalil jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan mavjud holatlar haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki shubha ostiga oluvchi faktlar yoki narsalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan taqdirdagina ishga
Dalillarning ishga aloqadorligi xususiyati ularning jinoyat ishi bo‘yicha tadqiq etilayotgan holatlar bilan obyektiv bog‘liqligidan iboratdir. Lekin bu bog‘liqlik ish yuritish boshlanganida o‘tmishda bo‘lganligi sababli Dalillarni baholash – sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchining fikrlash, mantiq bilan bog‘liq faoliyati bo‘lib, u shundan iboratki, ular ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib o‘zlarining ichki ishonchlari negizida isbotlash predmetiga kiradigan holatlarni aniqlash uchun har bir dalilning ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi hamda ular yig‘indisi yetarliligi haqida ishonch hosil qilishidir.
175
isbotlash vazifasi ularni qayta tiklash, yaratishdan iborat bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri moddiy-huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar haqidagi ma’lumotlarning ishga aloqadorligi har vaqt ayondir, shu boisdan ham masalaning bu qismda hal etilishi jiddiy qiyinchiliklarga sabab bo‘lmaydi. Shuningdek, bevosita dalillarning ishga aloqadorligi ham oson aniqlanadi, ularning mazmuni tergov qilinayotgan hodisaga va ayblanuvchining aybdorligiga (aybsizligiga) to‘g‘ri keladi (yoki uni istisno etadi). Dalillar o‘z mazmuniga ko‘ra shundayki, ularning tadqiq etilayotgan ish holatlari bilan aloqalari mavjudligi va xususiyati doim ham aniq emas. Ko‘pincha bu aloqa shunday murakkabki, tergov va sud organlarining u yoki bu protsessual manbada bo‘lgan aniq ma’lumotlarning hamda aniqlanayotgan isbotlash fakti bilan bog‘liqligini, alohida isbotlash faktlari o‘rtasidagi aloqani aniqlashiga, gohida esa maxsus asoslab berishiga to‘g‘ri keladi. Dalil va ishning moddiy-huquqiy holatlari o‘rtasida aloqa mavjudligi xolisona tasdiqlangan hollarda bu haqiqiy ma’lumotlar ishga aloqador deb e’tirof etiladi, mohiyatiga ko‘ra baholanadi hamda ish bo‘yicha tegishli protsessual xulosalar va qarorlar asosini tashkil etadi. Dalillarning ishga aloqadorligi to‘g‘risidagi qoidaning mohiyati isbotlash chegarasi ishni hal qilish uchun jiddiy holatlar doirasi bilan cheklanganidadir. Jinoyat-protsessual qonuni bu masalani hal qilish uchun asosni yaratib, u umumiy ko‘rinishda jinoyat ishlari bo‘yicha isbotlash predmetini belgilaydi. Ishga taalluqli bo‘lgan barcha dalillar doirasidan, birinchi navbatda, tergov qilinayotgan hodisa bor yoki yo‘qligini, uni sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning aybdorligi yoki aybsizligini ko‘rsatadigan haqiqiy ma’lumotlarni ajratish lozim. Bu dalillar shaxs tomonidan muayyan harakatlar qasddan, ehtiyotsizlik tufayli yoki tasodifan sodir etilganligi to‘g‘risida jinoyat protsessual isbotlashning markaziy savoliga javob berishga imkon beradi: bu harakatlar jinoiy xususiyatga yoki jinoiy bo‘lmagan xususiyatga egami? Bu harakatlarning, shuningdek ayblanuvchilarning javobgarlik darajasi va xususiyatiga ta’sir etuvchi qator holatlarning mazmuni jinoyat protsessual normalar orqali ochib beriladi. Dalillar belgilangan tartibda to‘plangan va O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 88, 90, 92-94- moddalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo‘lsagina, ular maqbul deb e’tirof etiladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 95-moddasi 3-qismi).
Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling