Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
ya’ni sud bolaning onasi bola tug‘ilishiga qadar javobgar bilan birga
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
ya’ni sud bolaning onasi bola tug‘ilishiga qadar javobgar bilan birga yashaganligi va umumiy ro‘zg‘or yuritganligi yoki ular bolani birgalikda tarbiyalaganliklari yoxud taminlab turganliklarini yoki javobgarning otalikni tan olganligini aniq tasdiqlovchi boshqa dalillarni e’tiborga oladi. DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 125
VIII BОB
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, da’vo arizasidan nusxa, davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya, xatlar, telegrammalar, fotosuratlar, anketalar va ishga oid boshqa ma’lumotlar ilova qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 25- noyabrdagi “Otalikni belgilash haqidagi ishlarni ko‘rishda sudlar tomonidan qonunlarning tatbiq etilishi to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilishicha, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar oshkor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra, otalikni belgilash haqidagi ish yopiq sud majlisida ko‘rilishi mumkin (FPK 10-moddasining ikkinchi qismi). Otalikni belgilash, otalikni tan olganlik fakti, otalik faktini belgilashga oid hal qiluv qarorlari sud tomonidan har tomonlama tekshirilgan va arz qilingan talablarni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi lozim. Hal qiluv qarorining xulosa qismida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida otalikni belgilashni qayd qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar (otaning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning tug‘ilgan kuni, oyi, yili va tug‘ilgan joyi, millati, doimiy yashash va ish joyi) ko‘rsatilishi lozim.
quyidagilar mehnat nizosini ko‘rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga egadirlar: 1) xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi; 2) mehnat huquqi bo‘yicha inspektor; 3) ish beruvchi, mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, shuningdek, unga xodim tomonidan yetkazilgan zararni qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha; 4) prokuror. DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 126
VIII BОB
FPKning 38-moddasiga binoan, mehnat bilan bog‘liq huquqiy munosabatlardan va olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha voyaga yetmaganlar sudda o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga egadirlar. Bunday ishlarda voyaga yetmaganlarga yordam berish uchun ularning ota-onalarini, ularni farzandlikka olganlar yoki homiylarni jalb qilish masalasini sud hal etadi. Demak, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, 16 yoshga to‘lgan xodim, shuningdek, yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb- hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun – ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilingan shaxslar sudga murojaat qilish huquqiga egadirlar. Mazkur arizalarga da’vo arizasi nusxasi va unga ilova tarzda: ishdan bo‘shatilganlik to‘g‘risidagi buyruq nusxasi; mehnat daftarchasi, kasallik varaqasi va ishga oid boshqa hujjatlar taqdim etiladi. Mehnat nizolari bo‘yicha xodim Soliq kodeksining 329-moddasiga ko‘ra, davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.
DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 127
VIII BОB
ishdagi hujjatlarni har tomonlama tekshirib, sudga murojaat qilish muddati uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilganligini aniqlasa, da’voni rad etadi. Mehnatga oid nizolar bo‘yicha sudning hal qiluv qarori FPKning 203–206-moddalari asosida rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi 12-sonli qarorida ko‘rsatilishicha, Mehnat kodeksining 274-moddasiga binoan: “…sudlar mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilish yoki xodimni g‘ayriqonuniy boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxs zimmasiga ana shu xodimga ish haqi to‘lanishi munosabati bilan ish beruvchiga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash majburiyatini yuklaydi. Bunday majburiyat, basharti mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga o‘tkazish qonunni ochiq-oydin buzgan holda amalga oshirilgan yoki mansabdor shaxs sudning xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi qarori ijrosini kechiktirgan bo‘lsa, yuklatiladi”. G‘ayriqonuniy mehnat shartnomasini bekor qilish yoki xodimni noqonuniy boshqa ishga o‘tkazishni buyrug‘i bilan amalga oshirgan mansabdor shaxsni ishga javobgar tarafidan uchinchi shaxs sifatida jalb etish masalasini, odatda, sudya ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida hal etadi, bu masala ishning sud majlisida ko‘rilish jarayonida ham o‘z yechimini topishi mumkin. Mansabdor shaxsni bunday jalb etish ish bo‘yicha javobgarning vakili sifatida so‘zga chiqish huquqidan mahrum etmaydi. Ishning ko‘rilish vaqti va joyi to‘g‘risida tegishlicha xabar berilgan mansabdor shaxs sud zaliga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa yoki uning hozir bo‘lmaslik sabablari haqida ma’lumot bo‘lmagan taqdirda, sud bu shaxsning ishtirokisiz ham ishni ko‘rishi mumkin. Agar javobgar tarafidan uchinchi shaxs sifatida ishga jalb etilgan mansabdor shaxs zimmasiga xodimning bo‘sh yurgan vaqti (proguli) uchun o‘rtacha ish haqi to‘lash bilan keltirgan zararni yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarganligi tufayli o‘rtadagi haqning farqini qoplash majburiyati yuklanishi mumkin emas degan xulosaga kelsa, sud hal qiluv qarorida tegishli asoslarni bayon etishi kerak.
DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 128
VIII BОB
Shuningdek, hal qiluv qarorining xulosa qismida O‘zbekiston Respublikasi FPKning 219-moddasiga ko‘ra, xodimga uch oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan ish haqini undirib berish, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetishi, shuningdek, boquvchisining o‘limi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash uchun to‘lovlar undirish, mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash, qolaversa, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ishlar darhol ijro etilishi ko‘rsatib o‘tiladi. 3-§. Uy-joyga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha sudga beriladigan da’vo arizalari, sud tomonidan chiqariladigan ajrimlar, hal qiluv qarorlari va ularni rasmiylashtirishning protsessual tartibi Uy-joyga oid nizolar bo‘yicha da’vo arizasi bilan huquqi buzilgan shaxslar, hokimiyatlar, tashkilotlar, Davlat
mulkini boshqarish qo‘mitasining turar joy masalalari bo‘yicha bo‘limlarining hududiy organlari va prokuror murojaat qilishga haqlidirlar. Mazkur shaxslar tomonidan taqdim etilgan da’vo arizalari FPKning 148,149-moddalari talablari asosida rasmiylashtirilishi lozim. Uy-joyga oid nizolar bo‘yicha ishning turidan kelib chiqib, da’vo arizasiga oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, turar joyni almashtirish shartnomalari, fuqarolarning egalik huquqi haqidagi davlat orderi, vorislik huquqi haqidagi guvohnoma, sudning hal qiluv qarori, egalikka berish haqidagi idoralar, tashkilotlarning buyruqlari, kvartira, uy (uyning bir qismi) rejasi, davlat boji to‘langanlik haqidagi kvitansiya, shuningdek, da’vogarning talablari va javobgarning e’tirozlarini tasdiqlovchi boshqa dalillar ilova qilinadi.
Xususiy uy-joy fondi
Davlat uy-joy fondi DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 129
VIII BОB
Ushbu toifadagi ishlar sud tomonidan ko‘rib chiqilganidan so‘ng, hal qiluv qarori chiqarailadi. Uy-joyga oid nizoli ishlar bo‘yicha hal qiluv qarori sud tomonidan fuqarolik protsessual qonunchiligi normalari hamda turar joyga oid munosabatlarni tartibga soladigan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga to‘liq rioya qilgan holda chiqarilishi lozim.
DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 130
VIII BОB
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Oila huquqiy munosabatlariga oid nizoli ishlar bo‘yicha da’vo arizasini tahlil eting. Mazkur munosabatlarga oid da’vo arizasi loyihasini yozing. 2. Mehnatga oid nizoli ishlar va uy-joy nizolarining turlarini tahlil qiling va ular bo‘yicha da’vo arizasi loyihasini shakllantiring. 3. Aliment miqdorini kamaytirish to‘g‘risidagi ishlarning sudlovliligini tushuntiring. 4. Mehnatga oid nizoli ishlarning qaysilari bevosita sudlarda ko‘riladi? Javobingizni asoslantiring. NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 1. S.Azimova umumiy mulkni bo‘lish haqida S.Qurbonovga nisbatan sudga da’vo bilan murojaat qilgan. Sudning hal qiluv qarori bilan da’vo qanoatlantirilgan. Apellyatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan. Oliy sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ajrimi bilan sud qarorlari bekor qilinib, ish yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborildi. Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, S.Azimova 1988-yilda Qurbonov bilan qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganlar. Birga yashagan davrlarida F.Xo‘jaev ko‘chasida joylashgan 14-uyni va VAZ 2106 rusumli avtomashinani Qurbonov nomiga rasmiylashtirib sotib olishgan. Oila kodeksining 23-moddasi talabiga ko‘ra, ushbu mol-mulk S.Azimova va S.Qurbonovlarning umumiy mulki hisoblanadi. Sud umumiy mulkni taqsimlar ekan, Qurbonov nizoli uy-joydan natura sifatida hissa ajratishni so‘ragan bo‘lsa ham, uyni S.Azimovaga, avtomashinani esa S.Qurbonovga qoldirish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqargan.
asoslantiring. Ushbu ish bo‘yicha sud hal qiluv qarori loyihasini yozing. 2. Sh. Raupov javobgarlar Z. Razzoqova va X. Raupovalarga nisbatan bir necha hal qiluv qarorlari bo‘yicha undirilayotgan aliment miqdorini
DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 131
VIII BОB
kamaytirish to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat qilgan. Sud da’voni qanoatlantirgan. Sh. Raupovdan undiriladigan aliment miqdori kamaytirilib, har bir bola uchun to‘lanadigan alimentning teng ulushdagi yangi miqdori oylik daromadlarning oltidan bir qismi miqdorida belgilangan. Apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimi bilan hal qiluv qarori o‘zgartirilib, Z. Razzoqova foydasiga qizi Sarvinozning ta’minoti uchun voyaga yetgunga qadar har oylik ish haqidan to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirilgan. Qarorning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirilgan. Oliy sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati quyidagilarga ko‘ra apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimining Z. Razzoqova foydasiga undiriladigan aliment miqdorini o‘zgartirishga oid qismini bekor qilib, ish bo‘yicha ilgari chiqarilgan hal qiluv qarorini kuchda qoldirdi. Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha A. Ikromov tumanlararo sudining 2002-yil 8-fevraldagi hal qiluv qarori bilan Sh. Raupovdan bir nafar farzandi uchun har oylik daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida Z. Razzoqova foydasiga aliment undirilgan. Shuningdek, mazkur sudning 2002-yil 26-apreldagi hal qiluv qarori bilan Sh. Raupovdan bir nafar farzandi uchun har oylik daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida X. Raupova foydasiga aliment undirilgan.
DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 132
IX BОB
SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING XATTI- HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 1-§. Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo‘yicha ish yuritish tushunchasi, turlari va ushbu ish yuritishdagi protsessual hujjatlarning umumiy qoidalari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga ko‘ra, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlandi. Shuningdek, fuqarolarning sud himoyasida bo‘lish huquqi “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi Xalqaro paktning 14-moddasida va “Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Yevropa Konvensiyasi 6-moddasining 1-qismida ham
mustahkamlangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib,
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy hujjatlarga muvofiq, FPKning 1-moddasida ham har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli. Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas. Mazkur tamoyilning bir qator qonun hujjatlarida mustahkamlanishi davlatimiz tomonidan fuqarolarning buzilgan huquq yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishning eng samarali tizimi joriy etilganidan dalolat beradi. Umumiy qoida bo‘yicha, idoralar va mansabdor shaxslarning xatti- harakatlari (qarorlari)ga beriladigan shikoyatlar, asosan ma’muriy tartibda ish yuritish qoidasiga amal qilgan holda ko‘riladi. DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 133
IX BОB
Biroq, fuqarolarning idoralar va mansabdor shaxslarning xatti- harakatlari (qarorlari) ustidan beriladigan shikoyatlar bo‘yicha sudga murojaat qilishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlanishi, mazkur ishlarni ma’muriy tartibda hal etishga nisbatan samarali va qulay hisoblanadi. Mazkur turdagi ish yuritish turi o‘zining protsessual tartib-taomillari bilan boshqa fuqarolik sud ishlarini yuritish turlaridan farq qiladi. Shuning uchun ham FPKning 2-moddasida fuqarolik sud ishlari yuritish turlaridan biri sifatida belgilangan hamda FPKning 3-kichik bo‘limi “Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo‘yicha ish yuritish”ga bag‘ishlangan.
Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling