Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Yettinchi fasl  
FOSIQ VA BADMAOSh, BAHODIRLIQ LOFIN URG‘ONLAR ZIKRIDA
Shoh eshigida yormoqni zoe’ qilg‘uvchi jamoatkim, alardin ne tengrig‘a toatdur va ne shahg‘a itoat. 
Tariqlari - xudnamoliq va rasmlari - xudoroliq. Ishlari - mastlig‘, varzishlari - xudparastlig‘. Chin 
demaklari lof, ma’nili so‘zlari gazof. Jur’akashlik - dinlari va kofirvashlik - oyinlari. Ko‘ngullari 
to‘bichoq sekreturdin orom topmoq va so‘zlari bosh yalang yuzga chopmoq Bazmda da’volari 
Xotamliq
11
, razmda taloshlari Rustamliq
12
. O‘tag‘alaridin nasri toyirg‘a ram, nayzalaridin simoki romih 
yuzi darham. Tavrlaridin oshuftaroq alarg‘a dastor va dastor aloqasidin uchalarida ozor.
Mulk dushmani daf’i shuhratlari, shohga mulk asrar minnatlari. Bu da’vo boshig‘a yetguncha 
nechasini may o‘lturub, nechasini o‘zga fisq do‘zaxga yetkurub. Yuzdin biriki ma’rakag‘a yetib, yo‘rtoq 
chopish bilan o‘zin zoe’ etib. Muboriz afganliklari o‘z holig‘a, safshikanliklari o‘z yasolig‘a. Bu nav’ 
bahodir hech ma’rakada bo‘lmasun va hech saf buzarda aning qoni to‘kulmasin. Shohg‘a sipoh-
darvishlar duosidur - fuqaro himmati va tengri rizosidur. Shohkim, anga haq inoyati sipoh bo‘lg‘ay, 
livosining ziynati nasr min Olloh bo‘lg‘ay. Shohg‘a to davlat bor -dushman erur xor va xoksor. Davlatga 
yetkurguvchi tengri, ham olg‘uvchi, ham berguvchi tengri. Ul bersa, kishi ola olmas, ul yetkursa, kishi 
yiroq sola olmas. Shohki, haq amrin bajo kelturgay, bu davlat ko‘p xavflarg‘a rajo yetkurgay.


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
8
Qit’a: 
Shaheki, sidqi aning tengri birla tuz bo‘lg‘ay,
Ne g‘am aduvsi aning bir yo‘q ersa yuz bo‘lg‘ay. 
Kishiga tengri berur fath yo‘qki, xaylu sipoh, 
Pas e’timod anga aylamas ne so‘z bo‘lg‘ay.  
Bayt: 
Cherik bo‘lsa va bo‘lmasa baxtiyor 
Sipahg‘a aduv xaylinnng hukmi bor.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling