Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion


O’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlari


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/82
Sana08.12.2021
Hajmi1.63 Mb.
#179334
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82
Bog'liq
psixologik xizmat

O’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlari 

 

Temperament  -  lotincha  “aralashma”  yoki  qismlarning  nisbati,  degan 

ma’noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo’zg’aluvchanligi va umumiy 



 

 

 



 

 

43 



harakatchanligi 

bilan 


sifatlanadigan 

individual 

xususiyatlar 

yig’indisi. 

Temperament  -  inson  faoliyatida  uning  asab  tizimi  tipining  namoyon  bo’lishi. 

Temperament his -tuyg’ularning paydo bo’lish tezligi va kuchida hamda kishining 

umumiy  harakatchanligida  namoyon  bo’ladigan  individual  -  psixologik 

xususiyatlarining  majmuidir.  Agar  turli  odamlar  temperamentlari  taqqoslab 

ko’rilsa,  unda  temperamentlarning  xususiyatlari  jihatidan  o’xshash  juda  ko’p 

guruhi  borligi  aniqlangan.  Ana  shu  asosda  eramizning  1-asrlarida  bir  necha  turli 

temperament  tiplari  haqida  taxmin  qilingan.  Bunda  temperament  tipi  deganda, 

odamlarning  qandaydir  juda  ko’p  guruhlarini  ifodalovchi  psixik  xususiyatlarini 

yig’indisi  tushunilgan.  Temperamentni  1-marta  eramizdan  oldingi  5  asrda 

yashagan vrach Gippokrat 4 ta tipga ajratadi, hozir bu tiplar Gippokrat tiplari deb 

ataladi.  Tiplar  quyidagicha  nomlangan:  ”Sangvinik”(qon),“Xolerik”(safro), 

“Flegmatik”(balg’am),  “Melanxolik”  (qora  o’t).  Hozirgi  paytda  tushunchalar 

yangicha  mazmun  kasb  etmoqda.  Temperament  tiplarining  psixologik  tavsifi 

quyidagi asosiy xususiyatlar bilan aniqlanadi: 

1. Senzitivlik, ya’ni psixik reaktsiyani yuzaga keltirmoq uchun zarur bo’lgan 

nihoyatda kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab xulosa chiqarish. 

2. Reaktivlik - bir xil kuch bilan ta’sir qiluvchi tashqi va ichki taassurotlarga 

odam  qanday  kuch  bilan  emotsional  reaktsiya  qilishiga  qarab  xulosa  chiqarish  - 

hissiylik va ta’sirlanuvchanlik. 

3. Faollik - odam qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir etishi va 

maqsadlarini  amalga  oshirilishida  tashqi  hamda  ichki  qarshiliklarni  faollik  bilan 

yengishidir. 

4.  Reaktivlik  va  faollikning  o’zaro  munosabati  -  bu  hakda  biz  odamning 

faoliyati  ko’p  jihatdan  nimaga  bog’liqligiga  qarab,  ya’ni  tasodifiy  tarzdagi  tashqi 

yoki  ichki  sharoitlariga  (kayfiyat  va  boshqa)    yoki  maqsadlarga  intilish  va 

niyatlarga bog’liqligiga qarab xulosa chiqarish. 

5. Reaktsiya tempi - bu hakda har turli psixik reaktsiyalar va jarayonlarning 

o’tish tezligiga,  ya’ni  harakat tezligiga, nutq tempiga,  farosatlilikka,  aql  tezligiga 

qarab xulosa chiqaramiz. 

6.  Harakatlarning  silliqligi  va  unga  qarama  -qarshi  sifat  bo’lgan  rigidlik 

(qotib  qolganlik).  O’zgaruvchan  tashqi  sharoitlarga  qanday  yengillik  bilan  yoki 

sust va qoloqlik bilan moslasha olish. 

7. Ekstrovertirovanlik va introvertirovanlik. 


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling