Mamasoli jumaboyev


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/29
Sana28.10.2017
Hajmi3.01 Kb.
#18837
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
marta o‘qituvchilardan yashirinib papiros chekishgan, dars
tayyorlamay kelishganda sinfdoshlaridan uyga berilgan vazifani
ko‘chirishgan. Ammo bular xatga asosiy sabab bo‘lmasligi
mumkin deb o‘ylashadi.
O‘qituvchining maktubini olgan bolalar o‘z ayblarini
o‘zlaridan qidirishlari va gunohlarini yuvish maqsadida o‘tkin-
chi bir cholning qopini ko‘tarib uning uyiga olib borib
berishlari yosh kitobxonda katta taassurot qoldiradi.
Keyinchalik maktubdagi: „Zavodingizga ekskursiya uyush-
tirmoqchimiz, paxta terish mashinasi haqida gapirib bersangiz,
qachon borsak bo‘ladi?“ deb so‘ralgan xat mazmunidan
xabardor bo‘lgan ikki do‘st terilariga sig‘may quvonishadi
hamda o‘z xato va kamchiliklarini tuzatib olganliklaridan behad
shod bo‘lishadi.
Latif Mahmudovning „Cho‘qqidagi lolalar“ qissasida ham
g‘aroyib, favqulodda va g‘oyatda qiziqarli voqea hikoya qilinadi.

243
Qissada sirli yo‘lovchilar ham, shahar hovlilaridan birida sodir
bo‘lgan g‘alati voqea ham, dom-daraksiz g‘oyib bo‘lishlar
ham, antiqa izlanishlar ham bor. Qissaga Qizbuloq haqidagi
afsona chuqur singdirib yuborilgan. Shu boisdan ham qissa
qiziqib o‘qiladi.
Latif Mahmudov o‘zbek bolalar adabiyotida drama janrini
rivojlantirishda katta rol o‘ynab kelayotgan san’atkor sifatida
ham e’zozlanadi.
Dramaturgning „E, attang“, „Muhim topshiriq“, „Dan-
gasaning sarguzashti“, „Haqiqiy o‘g‘il bola“, „Ali bilan Vali“,
„Burgut olib qochgan bola“ asarlari uzoq yillardan beri yosh
tomoshabinlar qalbiga quvonch bag‘ishlab kelmoqda.
Latif Mahmudov dramalarida qahramonlar, ko‘pincha,
o‘zlarining a’lo xulq, odoblari, mehnatsevarliklari, o‘qish va
maktabni sevishlari bilan ajralib turadilar. Ba’zi hollarda esa
ishyoqmaslik, dangasaliklari tufayli o‘z tengqurlari davrasida
qizarib qoladilar.
NOK
Bu yerga kelganimizga uch-to‘rt oy bo‘ldi. Men ham, oyim
bilan dadam ham yangi uyga, qo‘ni-qo‘shnilarga allaqachon
o‘rganib ketdik. Biroq buvim esa, xuddi biron narsani yo‘qotib
qo‘ygan odamdek, turib-turib eski hovlini qo‘msab qoladi-
yu o‘zini qo‘ygani joy topolmay:
— Hoy, bolam, — deydi yalinib, — eski mahallaga bir
borib kelsakchi-a?
Bu gap menga yoqmaydi.
— Qiziqsiz-a, buvi, — deyman, — eski mahalla qoldimi?
Shunda buvim birdan bo‘shashib:
— Eshikning oldidagi nok turganmikin, a? — deydi va
nima deb javob berishimni oldindan bilgani uchun gapimni
ham eshitmay, uyga xomush kirib ketadi. Buvimga hayronman.
Ko‘chayotganimizda boshqa narsalar qolib nokka achingan.
Men-ku, nokni eslasam yuragim g‘ash bo‘ladi. Kesilib ketsin
deb yuraman. Biroq kesilganmi, yo‘qmi, ko‘zim bilan ko‘ray
desam, eski mahallaga hech yo‘lim tushmaydi. Buvimning
xomushligi bahona bo‘ldi-yu kiyindim, buvimning oldiga kirib:
— Qani, yuring, — dedim.
Shu topda bechora buvimning yosh boladek quvonib
ketganini bir ko‘rsangiz edi.

244
Mana, ikkalamiz avtobusda eski mahallaga ketyapmiz.
Buvim o‘z-o‘zidan jilmayadi, oynadan bosh chiqaradi, ilhaq
bo‘lib nimanidir qidiradi. Men esa qani endi, nok kesilib
to‘nka-po‘nkasini ham buldozer qo‘porib tashlagan bo‘lsa,
deb boryapman. Men sizga aytsam, bunday deyishimning
sababi bor.
Eshigimiz oldida bir tup nok bor edi. Shoxlari devor osha
hovlimizning yarmini egallab, quyuq soya tashlab turardi.
Dadam chilangarlikdan ataylab temirdan so‘ri yasatib, ostiga
qo‘yib bergan edi. Doim o‘sha yerda ovqatlanardik. Men bo‘lsam
butun yoz maza qilib nokning tagida yotardim. Ayni nok pishig‘i
edi. Maktabimizda yozuvchi Hakim Nazirning „Chiranma
g‘oz...“ pyesasini sahnalashtirmoqchi edik. Murod rolini men
o‘ynaydigan bo‘ldim. O‘n besh kun deganda pyesani
tayyorladik. Maktabimizga ota-onalarni, yozuvchini ham taklif
qildik. Ertaga tomosha degan kuni allavaqtgacha uxlayolmay
yulduzlarga qarab yotdim. Òongga yaqin ko‘zim ilingan ekan,
peshanamga tushgan allaqanday mushtdan dodlab o‘rnimdan
turib ketdim. Qarasam, yostig‘imning ustida bir dona nok
dumalab yotibdi.
Eng yomoni shu bo‘ldiki, hash-pash deguncha chap
ko‘zim ko‘karib, qovoqlarim shishib chiqdi. Bunaqa bashara
bilan sahnaga emas, ko‘chaga ham chiqib bo‘lmas edi. O‘sha
kuni hech qayoqqa bormay, alamimdan dumalab yotdim.
Viqor bilan ko‘kka bo‘y cho‘zgan nokning „bopladimmi“
degandek shivillashiga chidayolmay, devorga chiqdim-u kattakon
bir shoxini arralab tashladim. Shox kesilib qarsillab yerga
tushganda, uydan buvim yugurib chiqdi.
— Nima qilding, bolam, — dedi titrab-qaqshab va sekin
ostonaga o‘tirdi.
...O‘sha kuni dadamning koyiganini hisobga olmaganda
butunlay alamimdan chiqqan edim-u, mana, hozir juda olisda
chayqalib turgan nokni ko‘rib, ko‘zimga og‘riq kirganday
bo‘ldi, buvim esa qadrdon hamrohini qayta topganday:
— Qara, bolam, — dedi mamnun iljayib, — turibdi-ya,
turibdi.
Avtobusdan tushdik.
Jin ko‘chalardan, paxsa devorlardan nom-nishon qolmagan.
Qator-qator yangi uylar, ba’zilari bitgan, ba’zilari ikkinchi-
uchinchi qavatgacha ko‘tarilgan. Òumshug‘i havoga sanchilgan

245
ko‘tarma kranlar taqa-taq to‘xtagan, hamma ovqatdan so‘ng
nokning quyuq soyasida hordiq chiqarar edi.
Biz ham buvim bilan bir chekkada o‘tirib dam oldik.
Ishchilardan biri botinkasini yechib, shimini tizzagacha
qayirdi. Shiðillab nokning ustiga chiqib silkitgan edi, nok duv
etib to‘kildi. Qiy-chuv, kulgi bilan qizlar nokni terib o‘rtaga
qo‘yishdi. Men ham oldimga tushganlarini cho‘ntakka urdim.
Nok qoqqan kishi pastga qarab:
— Bo‘ldimi, — dedi.
— Ha, — chuvirlashishdi qizlar. — Ertaga ham qolsin.
U ohista tusha boshladi va xuddi men kesib tashlagan joyga
kelganda nazarimda beixtiyor to‘xtagandek bo‘ldi. Men o‘zimni
allanechuk sezdim. U esa, daraxtning kesilgan yeriga qarab,
peshanasini tirishtirdi, nimadir deb boshini chayqadi, g‘ala-
g‘ovurdan eshitolmadim, so‘ng sirg‘alib pastga tushdi. Buvimga
bildirmay sekin nokka qaradim. O‘zim ham eng chiroyli shoxini
olib tashlagan ekanman, shu topda nok bir qanoti singan
burgutni eslatardi! O‘sha voqea buvimning esiga tushib
qolishidan cho‘chib:
— Buvi, — dedim nok chaynab, — nega shu nokni yaxshi
ko‘rasiz-a?
Buvim esa hadeganda javob bermadi. Ko‘zlari yarim yumuq,
allanarsalarni eslab iljayadi, o‘z-o‘zidan lablari pichirlaydi.
— Buni, — dedi nihoyat xayol bilan, — buni... rahmatli
buvang ekkan. Odamlarga ekkan. Ana shu tagida o‘tirgan
odamlarga ekkan, bolam.
Men nima deyishimni, nima qilishimni va qayerga
qochishimni bilmay qoldim!
Azim tup nok esa jaziramadan odamlarni bag‘riga chorlab,
go‘yo buvimning gaplarini tasdiqlagandek, tepamizda sirli
shovullar edi!

246
Miraziz A’zam 1936-yil 29-martda Òoshkentda ziyoli
oilada tug‘ilgan. Otasi tarix o‘qituvchisi, o‘rta maktab
direktori, onasi bog‘cha murabbiyasi edi. Miraziz besh
yasharligida otasi urushda halok bo‘ldi va onasi qo‘lida tarbi-
yalandi. Onasi Xatira Muhammadkarim qizi ko‘plab ertak,
qo‘shiq va dostonlarni yod bilar, o‘zi ham qo‘shiq va
allalar to‘qib tashlardi. Shuningdek, u o‘g‘lining tarbiyasini
mustahkamlash uchun o‘sha urush davrining og‘ir yillarida
badiiy kitob o‘qishga, kino va teatrlarga borishiga imkon
yaratardi.
Yosh Miraziz o‘rta maktabni oltin medal bilan tamom-
lagach, oliy tahsilni Òoshkent davlat universitetida oldi. Keyin
yangi ochilgan telestudiyada muharrirlik qildi. Bir necha yil
„G‘uncha“ jurnalida adabiy xodim bo‘lib ishladi. Shundan
so‘ng yoshlar nashriyotida, Adabiyot va san’at nashriyotida
muharrir bo‘ldi.
1987—1992-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida
mas’ul kotib bo‘lib xizmat qildi. Bundan keyingi yillarda
gazetada, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiy
targ‘ibot markazida ishladi.
Miraziz A’zam hozir shoir, nosir, tarjimon, dramaturg
va maqolanavis sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Miraziz A’zam talabalik yillaridan beri she’r yozadi.
Birinchi she’ri 1960-yilda „G‘uncha“ jurnalida bosilib chiqqan
edi. Birinchi to‘plami 1964- yilda nashr etildi. Shundan keyin
uning bolalar uchun „Aqlli bolalar“ (1969), „Senga nima
Miraziz A’zam
(1936- yilda tug‘ilgan)
Mazkur bob shoir Tursunboy Adashboyev bilan hamkorlikda
yozilgan.

247
bo‘ldi?“ (1970), „G‘alati tush“ (1972), „Yer aylanadi“
(1973),  „Yerga dovruq solamiz“ (1976), „Bir cho‘ntak
yong‘oq“ (1990), „Qirq bolaga qirq savol“ (2000) kabi qator
she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Shoir ularda bolalarning qalbi
va tuyg‘ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan
yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug‘lashga
katta ahamiyat beradi; turli imo-ishoralar bilan, kosa tagida
nimkosa tarzida sho‘ro imperiyasiga qaram buyuk xalqning og‘ir
hayotini tasvirlaydi, goh samimiy yumor bilan, goh og‘riqli
ichki izhorlar bilan timsollar yaratadi. U she’riyatning muhim
unsurlarini hech nazardan qochirmagan holda, o‘zining har
bir she’ri uchun o‘zgacha vazn, ichki ohang topadi va
she’rining o‘qimishli bo‘lishiga erishadi.
Miraziz A’zam bu to‘plamlari orqali o‘zbek bolalarining
sevimli shoirlaridan biriga aylandi. Shuningdek, boshqa
xalqlarning ham e’tiborini tortdi. Uning she’riy to‘plamlari
rus tilida uch marta nashr etildi, ukrain, turkman, mo‘g‘ul
tillarida chop qilindi. She’riy turkumlari belorus, moldavan,
qirg‘iz, ozarbayjon, latish tillarida ham bosilib chiqqan.
1970—1980-yillarda Miraziz A’zamning kattalar uchun
„Sevaman“, „Òuyg‘ular“, „Sabot“, „Haqiqatning ko‘zlari“
nomli  she’riy kitoblari nashr etildi. Inson hurligi uchun,
haqiqat uchun, erk va mustaqillik uchun kurash bu kitob-
larning asosiy g‘oyalaridir. Ulardagi she’rlar o‘zining
hayotiyligi va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etadi,
ulardagi muhabbat va nafrat tuyg‘ulari hech kimni befarq
qoldirmaydi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga olgach, Miraziz
A’zam ko‘proq adabiy-ma’rifiy merosni ko‘z qorachig‘iday
asrashga da’vat etuvchi bir qator tarixiy-adabiy va tilga oid
maqolalar e’lon qildi, shuningdek, bolalar va o‘smirlar uchun
kichik sahna asarlari yozdi. „Qardoshlik yo‘llarida (Yassaviy)“,
„Buxoriy darsi“, „Ulug‘bek va o‘g‘li Abdurahmon“, „Ulug‘bek-
ning kulgusi“ pyesalari shular jumlasidandir.
Miraziz A’zamning jahon adabiyotidan qilgan tarjimalari
ham e’tiborga loyiqdir. U Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy,
Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy asarlarini, rus,
nemis, fransuz, ingliz, turk, italyan shoirlarining ko‘plab
she’rlarini, shuningdek, jahon bolalar she’riyati namunalarini
o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.

248
QO‘LNI QO‘LGA BERAYLIK
Biz bu ozod diyorning
Eng umidbaxsh unimiz.
Birinchi sentabrda
Mustaqillik kunimiz.
Baxtiyor turmush qurish
Eng yaxshi, to‘g‘ri yo‘ldir.
Yo‘lni topar olimlar,
Bizda olimlar mo‘ldir.
Birinchi sentabrda
Chaqnab tursin charoqlar.
Ko‘chalar yorug‘ bo‘lsin,
Hilpirasin bayroqlar.
Birinchi sentabrda
Yangi hayot boshlandi.
Go‘zal hayot qurishga
Dadil qadam tashlandi.
Quramiz buyuk davlat
Qoldirib izimizni.
Xalqlar aro oq bo‘lar
Ko‘rasiz yuzimizni.
Qo‘lni qo‘lga beraylik
Vatan bo‘lsin guliston.
Hurlar aro hur bo‘lsin
Mangu buyuk Òurkiston.
VAÒAN O‘G‘LI
Yurtga ega bo‘lish oson ish emas,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Bahor keldi, endi ortiq qish emas,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Hammamizning onamizdir shu Vatan,
Yov qoldirgan siynasida ming tikan,

249
Òirikmiz-ku, uni tozalash bizdan
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Hamon suqli ko‘zlar ila boqar yov,
O‘z yeringni o‘zing asra, bo‘lib dov.
Yo‘qsa, kelib asrab berarmi birov?
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Ilmdorlar juda ko‘pdir jahonda,
Ortdaman deb hayallama armonda,
Òez ilm ol sen hozirgi zamonda,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Òekinxo‘rlar, o‘g‘rilardan hazar qil,
Barin bir yoq qila olar es — aql,
Vataning bor boshing uzra mustaqil,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Farqiga bor zulmat ila chiroqning,
O‘lgum dema, qadriga yet bayroqning,
Osti ham bir, usti ham bir tuproqning,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Qilichbozlar, otliqlarning yurti bu,
Moziyga boq, kimsan, aytar bu ko‘zgu,
Kelajakni sen qurasan, baxtni quv,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
BEDANANING BUVISI
Bedananing onasi bor ekan, bor ekan,
Bedaning otasi bor ekan, bor ekan,
Qo‘shiqlarin barchasi zo‘r ekan, zo‘r ekan,
Buvisi ham ularga jo‘r ekan, jo‘r ekan:
Va-vaq, va-vaq,
Bit-bil-diq.
Va-vaq, va-vaq,
Bit-bil-diq.
Otasi va onasi yelarkan, yelarkan,
Ularga don-dun olib kelarkan, kelarkan.

250
Mittivoyga buvisi qararkan, qararkan,
Òumshug‘ida patlarin tararkan, tararkan.
Òurmushlari oqarkan bir marom, bir marom,
Sayrasharkan yoppasi har oqshom, har oqshom:
Va-vaq, va-vaq,
Bit-bil-diq.
Va-vaq, va-vaq,
Bit-bil-diq.
Ammo bir kun buvisi suv totmay, suv totmay,
Nevarasin ovqatga uyg‘otmay, uyg‘otmay,
Yotib qolibdi o‘zi isitmalab, isitmalab,
Òura olmabdi hatto ertalab, ertalab...
Òurmush oqmay qolibdi bir marom, bir marom.
Hammalari bo‘lishib beorom, beorom,
Sayrasharkan xavfsirab hazinroq, hazinroq,
Jaranglamas misoli qo‘ng‘iroq, qo‘ng‘iroq:
Va-vaq, va-vaq,
Bit-bil-diq.
Va-vaq, va-vaq,
Bit-bil-diq.
Bedananing otasi nor ekan, nor ekan,
Onasiga oriyat yor ekan, yor ekan,
Dori-darmon, o‘t-o‘lan keltirib, keltirib.
Qari qushga tutishib, ichirib-yedirib,
Aylanishib boshida turdilar, turdilar,
Sog‘ayishning chorasin ko‘rdilar, ko‘rdilar.
Mittivoy ham qo‘lidan kelgancha, kelgancha,
Suv tutdi buvisiga bilgancha, bilgancha.
Uch kun tandan arib bor dardi, bor dardi,
Buvijon boshini ko‘tardi, ko‘tardi.
Xursandlikdan ko‘zlari yoshlandi, yoshlandi,
Sayroqilik qaytadan boshlandi, boshlandi:
Va-vaq, va-vaq,
Bit-bil-diq.

251
Va-vaq, va-vaq,
Bit-bil-diq.
Bedananing onasi bor ekan, bor ekan,
Bedananing otasi bor ekan, bor ekan,
Qo‘shiqlari hali ham zo‘r ekan, zo‘r ekan,
Buvisi ham ularga jo‘r ekan, jo‘r ekan:
Va-vaq, va-vaq,
Bit-bil-diq.
Va-vaq, va-vaq,
Bit-bil-diq.

252
Òo‘lan Nizom asli Andijon viloyatining Bo‘z tumanidan.
Cho‘l farzandi. Shuning uchun ham uning asarlari cho‘l-
biyobonlarni bog‘-rog‘larga aylantirish, bu ishlarda bolalarning
ishtiroki, mehnatlari masalalariga qaratilganligi bilan ham
ajralib turadi. Òo‘lan Nizom 1938-yilda tavallud topdi. U
Andijon pedagogika institutini a’lo baholar bilan tamomlagach,
uzoq yillar cho‘lquvarlarning farzandlariga murabbiylik va
muallimlik qildi. Bo‘zdagi Saida Zunnunova nomli kasb-hunar
kolleji rahbari sifatida samarali faoliyat ko‘rsatdi.
Òo‘lan Nizomning „Sening ertaklaring“, „Yoshlik bayozi“,
„Iftixor“, „Quyosh yo‘li“, „Ona tilim, ona elim“, „Andijonda
bir qush bor“, „Cho‘lpon“, „Chaman ichra“, „Muqaddas
ruh“ kabi yigirmadan ziyodroq to‘plamlari yosh kitobxon-
larning dillariga quvonch ulashib kelmoqda.
Shoirning sara she’rlari mehnat, cho‘llarni bog‘-bo‘stonga
aylantirayotgan cho‘lquvarlar va ularning farzandlariga atalgan.
„Cho‘pon bola“, „Bo‘z“, „Daryo va men“, „Yoshligim, qayda-
san?“, „Do‘stimga“, „Yo‘llar“, „Bolalikka qaytish“, „Qaldir-
g‘och“ singari yuzlab she’rlarida ana shu ruh hukmron.
„Cho‘pon bola“ she’rini olib ko‘raylik. Bu she’r o‘zining
o‘ynoqi misralari bilan qalblarni larzaga soluvchi, shu kasbga
kichkintoylarning mehrini jo‘sh urdiruvchi da’vati bilan ajralib
turadi. Mana bu mehnatkash, o‘z ishining fidoyisi, jonkuyari
bo‘lgan cho‘pon bolaga berilgan ta’rif qaysi bolaga yoqmaydi
deysiz:
Cho‘pon bola,
Chaqqon bola,
Yaylovga xo‘p
Yoqqan bola.
Òo‘lan Nizom
(1938- yilda tug‘ilgan)

253
Qadimda Bo‘z yerlari yaydoq cho‘l bo‘lgan. U bugun
odamlar mehnati tufayli vodiyning gulzor maskanlaridan biriga
aylanib ketgan. „Bo‘z“ she’rida shoir bu cho‘lni go‘yo
kelinchak kabi yasanib, go‘zallashib, katta-kichikning havasini
keltirganligini kuylaydi:
Andijonning hissasida,
Ho‘, Marg‘ilon jussasiday,
Otalarning qissasida —
Gul-chechak Bo‘z!
Kelinchak Bo‘z!
Bolalar tabiatni sevishlari, o‘lkamiz shaydosi bo‘lib kamol
topishlari zarur. Bu borada ham badiiy adabiyotning o‘rni katta.
Shoir „Manzara“, „Oftob ishqi“, „Ilk qor“, „Shabboda“,
„Muz“ she’rlari bilan bu mavzuni chuqur yoritishga intilga-
nini ko‘ramiz. Òabiatni sevish, e’zozlash, ehtiyot qilish
insonning burchi, vazifasi. Òabiat bilan hazillashib, o‘ynashib
bo‘lmaydi. „Manzara“ asarida shoir xuddi shu g‘oyani ilgari
suradi. U bolalarni tabiatni asrab-avaylashga chorlaydi, aks
holda uning qahr-g‘azabiga duchor bo‘lish mumkinligini she’r
tili bilan uqtiradi:
Qora bulut bosib keladi,
Hayqiriq-la bo‘ron yeladi.
Cho‘g‘ irg‘itib momaqaldiroq,
Hovliqadi, qah-qah kuladi.
G‘azab qilsa yer ham otadi,
Borliq to‘fon, loyga botadi.
Òabiatning jami farzandi —
Mavjudoti to‘zib yotadi...
„Oftob ishqi“ asarida bolalarga xos bo‘lgan soddalik,
tabiatdan unumli foydalanish istagi kichkintoylar o‘y-xayollari
bilan chambarchas holda berilganligi yosh kitobxon diqqatini
tortadi:
Kuz shamoli esadi,
Haroratni kesadi.
Qizim der: „Qor yog‘guncha“,
Òomlar sadaf taqquncha,
Suvlarimiz muzlamay,
Pechka, ko‘mir izlamay.
Qoplab olib quyoshdan,
Ishlataylik bir boshdan...

254
Kim tinchlik, osoyishtalikni xohlamaydi? Kattaning ham,
kichikning ham o‘yi, fikrida tinchlik. Òinchlik Òo‘lan Nizom-
ning ham suyukli mavzusi. Shoirning „Òinchlik uchun“ she’rida
bu g‘oya kichkintoylar ruhiyatiga mos tarzda ifodalangan.
Ozodbek hali yosh, u urush nimaligini bilmaydi. Lekin tank,
nagan, pulemyot, raketa urush qurollari ekanligini yaxshi bilib
olgan.
Ozodbek plastilindan turli-tuman o‘yinchoqlar yasaydi.
Bolaning o‘yi, xayoli yaxshi. U tank, nagan, samolyot,
pulemyot, kema, raketani o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagan, qo‘li bilan
ushlamagan. Bularni u televizorda ko‘rgan, ta’rif va tavsifini
kattalardan eshitgan, xolos. Ana o‘sha urush qurollarini u
o‘yinchoq sifatida tasavvur qiladi. O‘zi yasagan o‘yinchoqning
hayotda tutadigan o‘rni, vazifasini qalbiga singdirib, bilib olgan.
Bu jihatdan ota-bolaning suhbati ibratlidir.
— Bular nima, Ozodbek?
— Mana bu — tank, bu — nagan.
Mana bu — to‘p, samolyot,
Pulemyotdir bu turgan.
Mana busi — kemadir,
Dengizlarda suzadi.
Bu — raketa juda zo‘r,
O‘ydan uchqur, o‘zadi.
Bu — bir askar, postida
Juda botir, bemalol —
Òoshday qotib turibdi,
Qo‘lida ushlab qurol.
Dushman sira kelolmas,
„Biznikilar“ mustahkam.
Otaning o‘g‘lidan, uning qilgan ishidan roziligi, minnat-
dorchiligi yosh kitobxon uchun bir saboq bo‘ladi. Negaki, bola
tinchlikni xohlaydi, ota tinchlik tarafdori, otaning so‘nggi so‘zi —
xulosasi yosh kitobxonning quvonchiga quvonch qo‘shadi:
„Yaxshi“, dedim ohista,
Boshim chulg‘ab xayollar.
— Òinchlikka qalqon bo‘lsin
Sen yasagan qurollar!
Òo‘lan Nizom hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotida
ertak-doston ijodkori sifatida ham o‘ziga xos ovozga ega. Uning
„Boychibor“ dostoni o‘quvchilar mehrini qozongan.

255
ANDIJONDA BIR QUSH BOR
Istirohat bog‘ining
Havaskor bulog‘ining —
Ko‘rki bo‘lgan bir qush bor.
Ko‘zi quyoshga o‘xshar,
Parvozi mag‘rib-mashriq,
Patlarida kumush bor.
U nurga cho‘milganda,
Ming rangga ko‘milganda,
Ajib bahor-u qish bor!
Òildan tilga o‘tilgan,
Qo‘shiq bo‘lib yetilgan,
Shuhratida bolqish bor.
Yelkasida Andijon,
Yaratgan paxta — xirmon!!!
Ne ellardan olqish bor!
Andijonda bir qush bor!
QALDIRG‘OCH
O, qaldirg‘och, qaldirg‘och,
Qora ko‘zlaring qiyg‘och.
Duming o‘xshar xivichga,
Qanotlaring qilichga.
Oyoqlaring tim qora,
Òumshug‘ing tig‘day bor-a?
Bo‘yinchangda oq sharf,
Bir ko‘ray yaqin borib.
Loy ko‘tarib shiftdasan,
In solishga ustasan,
Me’mormisan, ayt, o‘zing,
Buloqdek qaynar so‘zing.
Qushlar ichra donosan,
Yomonlikdan tonasan.
Qilgan ishing jasorat,
Qiyratasan hashorat.

256
Qish kelganda ketasan,
Janub tomon yetasan.
Qaytganingda sen takror —
Yurtga keladi bahor.
O, qaldirg‘och, qaldirg‘och,
Ayvonimda bola och!
OLMAXON
Arslonbobda — dovonda,
Òog‘ bag‘rida, o‘rmonda
Yashar edi Olmaxon,
Quvonchi jahon-jahon.
Shoxdan shoxga o‘tardi,
Sakrab-sakrab ketardi.
Butoqlarda o‘y surar,
Daraxt uchida turar.
Ko‘zi qora munchoqday.
Dumi supurgi misol,
Qayriladi bemalol.
Oldingi oyoqlari,
Òirnog‘i, barmoqlari,
Odamnikiga o‘xshar,
Yog‘ochni mahkam ushlar.
Quloqlari ding xo‘pam,
Sezgir, chopqir va o‘ktam.
Fe’li ham ancha durust,
Bolalarga biram do‘st.
Yo‘ldan o‘tgan har kishi,
Bo‘lsa hamki tashvishi,
Bir zum to‘xtab qoladi,
Cho‘ntakka qo‘l soladi.
Olmaxonga qarab u,
Chaqirar: Kakku! Kakku!
Qo‘liga nima kirsa,
Dili nima buyursa,
Donmi, danakmi, bodroq,
Ishqilib bitta yemak,

257
Unga tutishar har dam.
Shunda olmaxon biram
Epchil bo‘lib ketadi,
Kishini shod etadi.
Lekin yomon tomoni,
Yeyolmas ekan nonni.
Unga pista yo yong‘oq
Keltirmasangiz har choq,
Sizga qiyo boqmaydi,
Qilig‘i ham yoqmaydi.
Chiyillar ermak qilib,
Sizni bir nodon bilib.
Qochib ketadi uzoq,
Dumini qilib baroq.
Qay kuni bebosh Sobir,
Shoshilib, qilmay sabr,
O‘zligini unutib,
O‘jar, shumligi tutib,
Cho‘ntagidan qand olib,
Uni kaftiga solib,
Olmaxonni chaqirdi,
Hushtak chaldi, baqirdi.
Olmaxon keldi darrov,
Yuragi ham berib dov.
Sobir qo‘liga boqdi,
Òumshug‘ini bir qoqdi.
Dumini likillatib,

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling