Manbashunoslik masalalari


O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik


Download 259.63 Kb.
bet8/11
Sana17.06.2023
Hajmi259.63 Kb.
#1545824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Документ Microsoft Word

O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari
XIX asrning ikkinchi – XX asr boshlarida yaratilgan manbalar

Кўкча даҳаси. Чиғатой, Ҳофиз Куйкий, Қўшчи | Shosh.uz
shosh.uz
Кўкча даҳаси. Чиғатой, Ҳофиз Куйкий, Қўшчи, Шоҳнишин тепа маҳаллалари
O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari
“Muntaxab ut-tavorix”
“Muntaxab ut-tavorix” (“Saylanma tarix”) asarining muallifi qо‘qonlik yirik tarixchi olim Hakimxon tо‘radir (taxm.1802-vafot etgan yili maxlum emas). Ota tarafidan naqshbandiya tariqatining yirik namoyondalaridan biri, yirik ilohiyot olimi Mahdumi A’zam Kosoniy (1461/62-1542/43 yy.)ning avlodi, ona tarafidan Qо‘qon xoni Norbо‘taxon (1770-1800 yy.)ning nabirasidir.
Otasi sayyid Ma’sumxon tо‘ra Umarxon davri (1809-1822 yy.)da va Muhammad Alixon hukmronligi (1822-1842 yy.)ning dastlabki yillarida xonlikning shayxulislomi lavozimini egallab turgan. Hakimxon tо‘ra Muhammad Alixon hukmronligiavvalida Namangan, Tо‘raqо‘rg‘on va Kosonsoyda hokim bо‘lgan. Lekin kо‘p о‘tmay otasi ham, о‘zi ham xonning g‘azabiga duchor bо‘lib, egallab turgan lavozimlaridan bо‘shatilganlar va haj marosimini ado etish uchun Arabistonga jо‘natib yuborilgan. Otasi yо‘lda, Mozori sharifda 1834 yili vafot etgan. Hakimxon tо‘ra esa kо‘p mashaqqatlar chekib, yetti yildan keyin Rossiya, Turkiya, Iroq, Suriya va Falastin orqali Mkkaga yetib bordi. О‘shanda 1834 yili u Orenburgda podshoh Aleksandr 1 bilan uchrashish sharafiga muyassar bо‘lgan. Hakimxon tо‘ra Makka va Madina ziyoratidan qaytgach, 1828 yili, Muhammad Alixondan chо‘chib Qо‘qonga bormadi va qolgan umrini Kitobda kechirdi. О‘zining yozishicha, Kitobda uning qarindoshlari va ozmi-kо‘pmi yer-suvi bо‘lgan.
Hakimxon tо‘ra yirik tarixnavis olim bо‘lib, о‘zining “Muntaxab ut-tavorix” asarini 1843 yilning 29 may kuni yozib tamomlangan.
“Muntaxab ut-tavorix”da qadimiy zamonlar, islomiyatdan avval о‘tgan payg‘ambarlar, qadimgi Eron podshohlari, Xitoy va Yevropaning qadimiy podshohlari, xalifayi Roshidindan to Movarounnahrning Mang‘it va Ming sulolasidan chiqqan oliy hukmdorlar zamonigacha kechgan tarixi bayon etiladi.
Asarda Qо‘qon xonligining xonlik asoschisi Shohruhxon(1709-1721 yy.)ning о‘g‘li va toj-taxt vorisi Abdurahimxon (1721-1724 yy.) zamonidan to Norbо‘taxon, Olimxon va Umarxon davri tarixi yaxshi yoritilgan. Ayniqsa, Norbо‘taxon, Olimxon va Umarxon davri yaxshi yoritilgan. Asarda muallifning Rossiya, Turkiya, Iroq, Shom (Suriya) va boshqa mamlakatlarga qilgan sayohati chog‘ida olgan taassurotlari va о‘sha mamlakat xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, tarixi va hayot tarzi haqida keltirgan maxlumotlari ham diqqatga sazovordir.
“Muntaxab ut-tavorix”ning qо‘lyozma nusxalari kam. Uning Dushanbeda, Tojikistonda A.A.Semenovning uy muzeyida saqlanayotgan forscha fotonusxasini Ahror Muxtorov 1983 yili ikki kitob holida chop etdi. Asarning о‘zbekcha nusxasi ham bо‘lib, hozirda О‘zR FA Sharqshunoslik instituti xazinasida (raqami № 594) saqlanmoqda. O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari

Download 259.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling