Markaziy Osiyoda


Download 82.08 Kb.
bet7/7
Sana24.01.2023
Hajmi82.08 Kb.
#1114193
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-mavzu referat

Pravoslaviening aqidaviy ta’limotlari
Pravoslavie aqidalaridan iborat ta’limotlar jahon sobor yig‘ilishlari tomonidan qabul qilingan e’tiqod ramzlaridir.
1-aqida: bir tanada uch qiyofada namoyon bo‘ladigan ota, o‘g‘il xudolarga, muqaddas ruhga iymon keltirib, ular dunyoni ikkita qilib yaratgani, barcha narsalarni yo‘qdan bor qilgani va olamning egasi, boshqarib turadigan yagona hokimi mutloq deb ishonish, Muqaddas ruh - ota xudodan paydo bo‘lgan deb tasavvur qilinadi. Isoning oyoq qo‘lidan mixlanib o‘ldirilishi va tirik holda osmonga chiqib ketganligi, u yana Yer yuziga qaytib kelishi, adolatli jamiyat o‘rnatishga ishonish.
2-aqida: cherkov gunohdan pokligi, aqidalarning o‘zgarmasligini e’tirof etish aqidasi. Bu aqidaga ko‘ra cherkovni dastlab Iso barpo etgan, so‘ngra u o‘zidan keyin o‘rniga avliyo Pyotrni qoldirganligi uchun cherkovlar gunohdan holi-forig‘ hisoblanadi. Pravoslavie yo‘nalishidagi ruhoniylar va xudojo‘y taqvodorlar diniy aqidalar xudoning inoyati bilan bandalarini to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi «muqaddas haqiqatlar» bo‘lganligi uchun ular hech o‘zgarmaydi, abadul-abad turadi, ularni ozaytirish ham, ko‘paytirish ham mumkin emas, deb hisoblaydilar.
3-aqida: Isoning onasi Bibi Maryamga, avliyolar va cherkov deb e’lon qilgan ruhoniylarga sig‘inish aqidasi ham kuchli ta’limot hisoblanadi.
Pravoslavie marosimlari
Xuddi katolik yo‘nalishidagi kabi pravoslavieda ham marosimlarga katta ahamiyat beriladi. Pravoslavie marosimlarining ko‘pi cherkovda o‘tadi. Katolik cherkovlarida ibodatlar paytida dindorlar bemalol stullarda o‘tiradilar, pravoslavie cherkovlarida esa dindorlar tikka turadilar. Katolik cherkovlarida organ musiqasi sadolari ostida ibodat qilinadi Pravoslav cherkovlarida ibodat paytida musiqaviy kuylar chalish odat emas. Pravoslavie va Katolik cherkovlarining ichki tomonini bezatishda ham farqlari bor. Masalan, pravoslavie cherkovlarida, ibodat uylarida butlar juda ko‘p. Bibi Maryam Iso, avliyolarning ko‘pdan-ko‘p haykallari ham mavjud. Pravoslavie cherkovlari va ibodat uylari nim qorong‘i, shamlar bilangina yoritilgan holda, sirli sharpalar, mungli munojot madhiya emas, balki marsiya ohanglari eshitilgan holda marosimlar o‘tadiki, bunday holat pravoslav ruhoniylarining fikriga ko‘ra, dindorning e’tiqod ruhiyatini kuchaytiradi. Agar yop-yorug‘ elektrlar yonib turgan holda ibodat qilinsa, dindorlar ibodatda chalg‘ishi mumkin, deb hisoblaydilar.
Pravoslav bayramlari ham juda ko‘p bo‘lib, ularning umumiy soni bir yildagi 365 kunning har biriga bir nechta bayrami to‘g‘ri keladi. Pravoslav bayramlari ulug‘lash ob’ektiga qarab Iso, Bibi Maryam va avliyolar sharafiga o‘tkaziladigan bayramlarga, tantanavorligi jihatidan - ulug‘, o‘rta va kichik bayramlarga va o‘tkazish vaqti jihatidan -surilmaydigan, oyning ayni bir xil chislolariga to‘g‘ri keladigan bayramlarga, hamda suriladigan, ya’ni pasxa kunlariga qarab, kalendar kunlari bo‘yicha almashib turadigan bayramlarga bo‘linadi. Ulug‘ bayramlar ro‘yxati pasxadan boshlanadi, undan keyin o‘n ikki bayram turadi. Cherkov esa Isoga xatna qilish, homiylik bayrami (pokrov) Ioann Cho‘qintiruvchining tug‘ilishi, uning boshini kesilishi, apostollar Pyotr va Pavel kuni bayramlarini ham ulug‘ bayramlar qatoriga kiritadi. Avliyolarga bag‘ishlangan pravoslav bayramlari haddan tashqari ko‘p. Pravoslavie cherkovi Nikolay mo‘jiza yaratuvchini ayniqsa ulug‘laydi. U savdo va dehqonchilik homiysi, kambag‘allar himoyachisi, odamlarning g‘am-kulfat kunlarida ularga madadkor, juda ko‘p mo‘jizalar ko‘rsatgan aziz avliyolardan biri bo‘lgan. Uning sharafiga atab yozgi va qishki Nikolay bayramlari o‘tkaziladi. Ilya payg‘ambar (Ilya kuni), Georgiy Pobedonoses (Yegor kuni) ham ulug‘lanadi. «Rossiya yerida ziyo» sochgan barcha avliyolar degan bayram ham bor. Ko‘pgina bayramlar mo‘jizakor ikonalarga bag‘ishlangan. Bu bayramlar bir-biridan keskin farq qilmaydi.
Pravoslavie ibodat kitoblari - ibodat vaqtida ibodatxonalarda o‘qiladigan yoki cherkov xizmati, tainstva hamda treba (cherkov qavmlari talablariga ko‘ra) o‘tkaziladigan ibodat marosimlarini o‘tkazish tartibini o‘z ichiga oladigan kitoblar. Ibodatxonlarda o‘qiladigan kitoblar jumlasiga: «Appostollarning qilmishlari», sobor maktublari, Psaltir (Zabur) ni o‘z ichiga olgan Injil va apostol kiradi. Cherkov xizmati, tainstvo va trebalarni o‘tkazish tartibi haqidagi kitoblar jumlasiga ibodat tartiblarini bayon qiladigan Slujebnik (Ibodat kitobi), liturgiyadan boshqa ibodatlarni o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanma bo‘lmish Chasoslov, tainstvo marosimlarini (hamda ruhoniylik unvonini berish marosimidan boshqa) o‘z ichiga olgan trebnik, cherkov qo‘shiqlari to‘plami - Oqtoyx, yilning har bir kuni uchun avliyolar sharafiga duo o‘qish va qo‘shiq aytish to‘plami-oylik Mineya, umumiy Mineya (bu ham shunday to‘plam, lekin unda umuman barcha avliyolarga taalluqli qo‘shiqlar bor), post (ro‘za), Triodi (ro‘zaga yaqin va ro‘za oyida aytiladigan qo‘shiqlar) to‘plami kiradi. Unga ibodat, qo‘shiq, duo aytish, marosim tartibi kabilar kiradi. Marosim va ibodat paytida maxsus kiyiladigan kiyimlar bor va turli idish hamda anjomlar ishlatiladi.
Rus pravoslavie cherkovlari besh ruhoniysi - Butun Rossiya va Moskva patriarxi barcha cherkovlarga yuborgan maktubida shunday so‘zlar bor:«Ibodatxonalarimizning kundalik hayotidan elektr lampochkalariga ortiqcha xirs qo‘yishni cheklash vaqti keldi. Berilib ibodat qilish uchun ibodatxonalarga qadam qo‘ygan xudojo‘y miltillab yonadigan moychiroq, shamchiroq yorug‘ida ibodat qilishni istaydi. Yorqin elektr yorug‘i ibodat kayfiyatini so‘ndirishi u yoqda tursin, hatto bunday kayfiyatni tarqatib yuboradi»
988 yilning yozida Kiev knyazi Vladimir Vizantiya davlatidan pravoslavie mazhabiga qabul qilishni so‘radi va Konstantinopol patriarxligiga qabul qilindi. Rossiya xristianlikni shu tariqa qabul qildi. Vizantiyadan Rossiyaga kelgan messioner pravoslav ruhoniylar Kiev ko‘chalarida oliy tabaqaga mansub kishilarni Dnepr daryosida cho‘qintirdilar. Lekin oddiy odamlar yangi dinga kirishni xohlamasdan cho‘qinishdan bosh tortganlari ham bor edi, ular majburan cho‘qindilar. Shundan keyin Moskva, Novgorod, Tver, Pskov, Vladimir, Nijniy Novgorod knyazliklari ham birin-ketin cho‘qintirilib yangi dinni qabul qilganlar.
Qadimgi Rusning xristianlikni qabul qilishi ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan edi. Chunki Rus knyazlari asta-sekin yagona davlat bo‘lib birlashdilar. Rossiya Yevropa davlatlari bilan yaqin aloqalar bog‘ladi. Rossiya xristian madaniyatini rivojlanishiga olib keldi.
Butun Rossiya va u bosib olgan joylarda ko‘pdan-ko‘p pravoslav cherkovlari, ibodatxonlar, monastirlar, xramlar vujudga keldi, ular o‘z podsholariga katta xizmat qildilar. Rossiya xudojo‘y xristianlar mamlakatiga aylanib ketdi. Hamma o‘quv tizimida, armiyada, oilada xristianlik ahloqi, aqidalari, marosimlari, duo va madhiyalari joriy etilgan bo‘lib, ularda Rus knyazlari, podsholari, imperatorlari mahalliy amaldorlari sharaflanardi. Pyotr 1 1711- yilda muqaddas Sinod tuzish va uni davlat qoshidagi diniy ishlar vazirligi bo‘lishi to‘g‘risida farmon chiqardi. Hozirgi davrda Butun Rossiya va Moskva patriarxligi mavjud, uning Zagorsk shaharchasida markazi joylashgan. Aleksiy II esa hozirgi paytdagi patriarxdir.
Pravoslavie mazhabida hozirgi paytda yagona markaz yo‘q. Hozir 15 avtokefal, ya’ni biri-biridan mustaqil bo‘lgan pravoslav cherkovlari bor. Bular Konstantinopol (Turkiya), Aleksandriya (Misr), Antioxiy (Suriya), Quddus, Rus, Kipr, Gruziya, Serbiya, Ruminiya, Bolgariya, Ellada, Albaniya, Polsha, Chexiya, Amerika avtokefal cherkovlaridir.
Pravoslavieda ahloqiy ta’limotga ham alohida ahamiyat berilgan. Yaqin kishilaringni sev, yomonlik qilma, yaxshilik qil, o‘ldirma, o‘g‘irlik qilma kabi pand-nasihatlar o‘ta talabchanlik bilan ta’kidalanadi.

Adabiyotlar ro’yxati


1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: «O‘zbekiston», 2012.
2. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni (yangi tahriri) // O‘zbekistonning yangi qonunlari, № 19. – T.: «Adolat», 1998. 224– 234-betlar.
3. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T.: 1992.
4. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – T.: 1996.
5. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: 1997.
6. Karimov I.A. Alloh qalbimizda, yuragimizda. – T.: 1999.
7. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. – T.: «O‘zbekiston», 2000.
8. E’tiqod erkinligi qonuniy asosda bo‘lsin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis XI sessiyasida so‘zlagan nutqi. Xalq so‘zi, 1998, 5-may.
9. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T.: «Sharq», 1998.
10. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat», 2008.
11. Karimov I.A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. – T.: «O‘zbekiston», 2009.
12. Azimov A. Islom va hozirgi zamon. – T.: 1992.
13. Бертельс Е.Э. Суфийлик и суфийская литература. Изб. труды. T III. – M.: 1965.
Download 82.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling