117-moddadamahalliy kengashlar deputatligi uchun saylovni Markaziy saylov komissiyasi o‘tkazishi haqida norma kiritilmoqda.
122-moddaga quyidagicha bandlar qo‘shiladi:
O‘zbekiston Respublikasida Davlat budjetini va davlat qarzini shakllantirish hamda ijro etish tartibi ochiqlik va oshkoralik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantirilishi va ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Fuqarolarning budjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonunda belgilanadi.