Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-ma’ruza. Tilshunoslik fanining mazmuni, predmeti va metodi. Til asosiy aloqa vositasi


Download 23.73 Kb.
bet3/3
Sana24.03.2023
Hajmi23.73 Kb.
#1292040
1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza (1)

antropologiya – tilning paydo bo‘lishi;
sotsiolingvistika til siyosati, tilning jamiyatdagi o‘rni;
psixologiyatil belgilariga insonning munosabati, nutqni qabul qilinishi jarayoni.
Tilshunoslikning aniq fanlar bilan aloqasi:
biologiya – tilni o‘rganishda insondagi genetik kod;
geografiya – tilning hududiy bo‘linishi;
fiziologiya – nutq a’zolari orqali tovush hosil bo‘lishi;
tibbiyot – oliy nerv sistemasi bilan bog‘liq bo‘lgan gapirish, fikrlash, eshitish kabi jarayonlar;
akustika – fonetik akustika;
matematika – tillar tasnifi, chastotali lug‘atlar;
informatika va kibernetika – kompyuter lingvistikasi, tarjimalar.
Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi butun tarixiy jarayonida ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat va jamiyatning a’zolari tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy hodisadir. Shu bilan birga, til biror davrning, biror ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatning mahsuli bo‘lmay, balki butun jamiyat tarixi jarayonidagi bir qancha davrlarning mahsuli bo‘lib, jamiyatdagi turli tabaqa vakillari uchun bab-baravar xizmat qiladi.
Faqat bir sinfga yoki bir guruhga xizmat qiluvchi til bo‘lmagan va bo‘lishi ham mumkin emas.
Shunday qilib, til guruh va tabaqalardan qat’i nazar, butun jamiyatga xizmat qiladi.
Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Tafakkur bilan tilning munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud, o‘z navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til ham tafakkur ham mehnat jarayonida kishilik jamiyatida shakllangan.
Til birliklari – fonema, morfema, so‘z, gap bir butun holda, mantiqiy tushunchalar (his-tuyg‘y, idrok, tafakkur) bilan uzviy bog‘liqdir.
Til alohida tizim sifatida quidagi vazifalarni bajaradi :
1. Aloqa-munosabat vazifasi. Tilning mazkur vazifasi jamiyatda aloqa– munosabat vositasi sifatida xizmat qilishdan iborat. Bu tilning asosiy ijtimoiy vazifasi hisoblanadi. Til belgilari uni aloqa-munosabatning boshqa vositalaridan farqlash, tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin etish imkonini beradi. Til aloqa-munosabatning muhim vositasi sifatida jamiyat bilan, uning madaniyati, turmush tarzi va mehnat faoliyatidagi har bir jarayon bilan muntazam bog‘liq. Kishilar o‘z fikrlarini, sezgi va ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir-birlariga ta’sir ko‘rsatadilar.
2. Tilning hissiy ta’sir vazifasi. Tilning muayyan ma’lumotni ifoda etib, tinglovchiga ta’sir ko‘rsatishi uning hissiy -ta’siriy vazifasi hisoblanadi. Xabar, sezgi va hayajon, xohish ifoda qilish hissiy ta’sir vazifasining asosini tashkil etadi. Bunda turli tasviriy
til vositalaridan, jumladan, modal so‘zlar, javob talab qilmaydigan so‘roq, tartibni o‘zgartirish kabilardan foydalaniladi.
3. Tilning to‘plash vazifasi. Til aloqa-munosabat vositasi, hissiy ta’sir ifodasi bo‘lib qolmay, to‘plash vazifasini bajaruvchi muhim manba hamdir. Til millatlararo aloqa-munosabat vositasi, to‘plangan bilim va tajribalarni avloddan avlodga yetkazish vositasi hisoblanadi. Tilning ushbu vazifasi bilish jarayonidagi asosiy vositalardan hisoblanadi. Bevosita aloqa-munosabat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari namoyon bo‘ladi. Mustaqil so‘zlar, qo‘shma nomlar, iboralar, atama nomlovchi birliklar hisoblansa, turli gap ko‘rinishlari fikr fodalovchi birlik hisoblanadi.
Tilning kishilik jamiyatidagi o‘rnini, madaniy-ma’naviy soha taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilash tilning asosiy vazifalarini to‘g‘ri ta’riflashga asoslanadi.
Bevosita aloqa-munosabat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari namoyon bo‘ladi. Mustaqil so‘zlar, qo‘shma nomlar, iboralar, atamanomlovchi birliklar hisoblansa, turli gap ko‘rinishlari fikr ifodalovchi birlik hisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlar:
1. Ирисқулов М.Т. Тилшуносликка кириш. -Тошкент, 2008.
2. Yo‘ldoshev I., Muhamedova S., Sharipova O‘., Madjidova R. Tilshunoslik asoslari. -Тoshkent, 2007/2013.
3. Нурмонов А., Искандарова Ш. Умумий тилшунослик. -Андижон, 2007.
4. Muhamedova S., Yo‘ldoshev I., Madjidova R., Sharipova O‘., To‘xtamatov X. Tilshunoslik asoslari. Elektron darslik.
5. Расулов Р. Умумий тилшунослик. -Тошкент, 2007/2010.
6. Маслов Ю.С. Введение в языкознание. -М., 2007.
7. Реформатский А. Введение в языкознание. -М., 2006.
8. Попова З.Д., Стернин И.А. Общее языкознание. -М., 2007.
9. Шарафутдинова Н.С. Теория и история лингвистической науки. -М., 2007.
Download 23.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling