Ma‘ruza: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari. Reja


Download 101.5 Kb.
bet10/18
Sana07.05.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1438057
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
3-ma\'ruza

Guruh rahbari nazoratchi — o'quv-tarbiyaviy jarayonda o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlaydi (davomatni nazorat qiladi, o‘quvchilar uchun kerakli sharoitni yaratishga ko‘maklashadi, o‘quvchilarning ota-onalarga bo‘lgan munosabatlarini aniqlaydi, o‘quv-tarbiya jarayoniga e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik, sinfdoshlari va o‘qituvchilarga esa hurmatsizlik, manmanlik qilayotgan o‘quvchilar bilan yakka holda ish olib boradi).
Guruh rahbari ilm mamlakatiga boshlovchi — o'qishga bo‘lgan qiziqish va xohishni tashkillashtiradi (o‘quvchilarga qo‘yilgan talablar bilan ota-onalar va o‘quvchilami tanishtiradi, tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qiladi, mustaqil ishlashda o‘quvchilarga yordam ko‘rsatadi).
Guruh rahbari axloqli, namunali, ma’naviy ustoz — o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda hamda o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarni hal etishda, o‘quv-tarbiya jarayonida ichki tartib-qoidalarga rioya qilishlikda, ularni kerakli me’yorda bajarishlariga ko‘maklashadi (o‘zini tuta bilish, muomala qilish madaniyatiga o ‘rgatadi, odob-axloq mavzularida suhbatlar, yakka holda ishlar olib boradi, axloqiy normalarni va ichki tartib-qoidalarni buzgan yoki buzayotgan o‘quvchilar bilan ularning haq-huquqlari va vazifalari to‘g‘risida yakka, jamoaviy suhbatlar o‘tkazadi, ularning tartib-intizomiga baho beradi, axloqiy, ijtimoiy, huquqiy mavzularda turli tadbirlar tashkil etadi va boshqalar).
Guruh_rahbari_madaniyat_sohibi'>Guruh rahbari madaniyat sohibi — umuminsoniy va madaniy qadriyatlar asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiladi (ekskursiya tashkil qiladi, teatr, muzey va ko‘rgazmalarga jamoa bo‘lib boradi, madaniyat mavzusida kecha va suhbatlar o‘tkazadi, maktabda tarbiyaviy tadbirlar, bahs-munozaralar o‘tkazadi).
Guruh rahbari ijtimoiy pedagog- o`quvchilarning har xil ijtimoiy muommolarniyechishga ko‘maklashadi, (uy va maktabda o‘zaro muloqot uchun sharoit yaratadi, o'quvchi huquqlarini himoya qiladi, o'qivchilarda ijtimoiy hayot ko‘nikmasini shakllantiradi).

Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling