Tabiiy tosh materiallari va buyumlari tog‘ jinslarini turli mexanikaviy usullar bilan qayta ishlash natijasida olinadi. Bu usullarga maydalash, yorish, arralash kabilar kiradi. Xususiy xollarda esa tog‘ jinslari portlatish usulida qazib olinishi mumkin.
Ishlov berish usullariga ko‘ra tabiiy tosh materiallari quyidagi turlariga bo‘linadi: Qo‘pol ishlov berilgan (xarsangtosh, chaqiq tosh, shag‘al va qum); buyum va profilli qismlar; to‘g‘ri shakldagi tosh va bloklar; yuzasiga ishlov berilgan plitalar (devor va pollarni bezashda); yo‘l qurilishi buyumlari (bordyur toshlari, bruschatka) va h.k.
Tabiiy toshlarga zavodda mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan tizimlarda ishlov beriladi.
Tosh yuzasi pnevmatik asbob yordamida tirnalib (urib) yoki abraziv usulda silliqlanib ishlanishi mumkin; tosh yuzasi to‘lqinsimon (qabariq-chuqur), riflangan, egatsimon, g‘adir-budir (nuqtasimon) ko‘rinishda qayta ishlanishi mumkin. Toshga abraziv ishlov berish qirqish, frezerlash, shliflash va polirovkalash (jilolash) jarayonlarini o‘z ichiga oladi (3.4rasm).
3.4-rasm. Toshlarning fakturali ko‘rinishi
a- to‘lqinsimon (qabariq-chuqur); b- riflangan; v- egatsimon; g) g‘adirbudir (nuqtasimon).
3.7 Toshlarga qayta ishlov berish
Qazib olingan toshning yuzi notekis g’adir –budir bo’lib, ularga qayta ishlov berish orqali aniq va tekis shakl beriladi. Toshlarga ishlov berish qazib olinishdan so’ng va quritishdan oldin bajariladi. Bu transportatsiyada kamroq og’irlik tushushini ta’minlaydi. Toshlarga ishlov berish orqali chiroyli ko’rinishga, ularni qorishmalar bilan terishda qulaylik yaratish uchun kerakli shakl, arkalar, ustunlar va karnizlar uchun uchun maxsus shakllar olinadi. 3.5-rasmda ishlov berilgan toshlarning turli xillari ko’rsatilgan.
Mayda chiziq o’yilgan (d)cho’qilgan (g) taroshlangan
perforatorlangan (e) Mexanik ishlov berilgan (h) to’lqinli
qoya tosh suratli (f) yuzasi tilingan (i) to’rsimon
Do'stlaringiz bilan baham: |