Ma’ruzalar matni


Download 4.32 Mb.
bet77/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Nazariy savollar


  1. Betonning kompozitsion strukturasini tushuntirib bering.

  2. Betonlarni klassifikatsiyalab bering.

  3. Beton to‘ldirgichlariga qo‘yiladigan texnik talablarni aytib bering.

  4. Betonning qulay joylanuvchanligi bo‘yicha klassifikatsiyasini tushuntirib bering.

  5. Betonning asosiy xossalarini aytib bering.

  6. Beton qorishmasini tayyorlash texnologiyasi asosiy jixatlarini tushuntirib bering.

  7. Beton qorishmasini qanday zichlashtirish usullarini bilasiz?

  8. Beton qotishini ta’minlash usullari qanday?

  9. Quruq issiq iqlim sharoitida beton quyish texnologiyasi jixatlarini aytib bering.

  10. Qishda beton quyish texnologiyasida qanday omillarga ahamiyat beriladi?

  11. Engil betonlarning klassifikatsiyalab bering.

  12. Engil betonlarning asosiy xossalarini gapirib bering.

  13. YAcheykali betonlarning qanday turlarini bilasiz.

  14. Betonning maxsus turlarini va ularning qaerda ishlatilishini tushuntirib bering.


11-MAVZU
BETONNING NANO, MIKRO VA MAKROSTRUKTURASI.
Reja:

  1. Betonning mustahkamligi.

  2. Beton markalari va klasslari.

  3. Betonning gidrofizik xossalari

  4. Betonning issiqlik-fizik xossalari

  5. Beton tarkibini tanlash

  6. Beton qorishmasini tayyorlash, tashish va ishlatish

.
1. Betonning mustahkamligi
Betonning mustahkamligi bog‘lovchi, to‘ldiruvchilarning sifatiga va hosil bo‘lgan kompozitsion materialning zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Umuman, beton qanchalik zich strukturaga ega bo‘lsa, shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bog‘lovchining sifati sementning markasi (Rs), mayda va yirik to‘ldirgichlarning sifati A koeffitsienti, g‘ovakligi esa suv-sement
nisbati (ss) bilan belgilanadi.
Zich betonning g‘ovakligini quyidagicha ifodalash mumkin:
S W S
P  100%,
1000
bu erda: S va S suv va sementning 1 m3 (1000l) beton uchun sarfi, W-
kimyoviy bog‘langan suvning miqdori (sement miqdoriga nisbatan). Beton qotishining 28 sutka davomida sement massasiga nisbatan 15% atrofida
suvni shimishini hisobga olsak, W0,15 teng bo‘ladi.
Beton mustahkamligi va suvning sarfi o‘rtasidagi bog‘lanishni, sement sarfi va zichlashtirish usuli doimiy bo‘lsa, quyidagi chiziqli bog‘lanish orqali ifodalash mumkin (6.6-rasm). Bu chiziqli bog‘lanish beton mustahkamligining fizik mohiyatini bildiradi va beton tarkibini tanlashda qanday omillarga ahamiyat berish zarurligini ko‘rsatadi.
CHizmaning a-sohasidagi qismi beton qorishmasining etarli darajada zichlashtirilmagani oqibatida mustahkamlikni pasayishini ko‘rsatadi, bsoha qismi esa beton tarkibida suv optimal miqdorda bo‘lgani, beton qorishmasi yaxshi zichlashib mukammal struktura hosil bo‘lganini ko‘rsatadi. Keyinchalik suvning miqdori oshib borishi (v va g-sohalar) beton mustahkamligining kamayishiga olib keladi, chunki ortiqcha miqdorda kiritilgan suv keyinchalik o‘z o‘rnida g‘ovaklik hosil qiladi.

Suv sarfi, kgm3



Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling