Mashg’ulotlar uchun


Download 0.61 Mb.
bet57/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Tez yordam. Yurak faoliyati to‘xtab qolishi asosida organizmda gipoksiya va giperkapniya holatlari yuzaga keladi. Bu holatdan muvaffaqiyat bilan chiqib ketish uchun kislorod bilan to‘yingan qonning sun’iy aylanishini hosil qilish kerak. Bunga yurak massaji bilan birgalikda, o‘pkada etarli ventilyatsiya bo‘lganda erishish mumkin.
Yurak massajining ikki turi ma’lum: ochiq (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va yopiq (tashqi) massaj. Ochiq massaj qilish yopiq massajga nisbatan ancha samaralidir. Biroq ochiq massajni ko‘krak qafasini ochish yo‘li bilan faqat shifokor qila oladi. Yopiq massaj kam samarali bo‘lishiga qaramay, reanimatsion muolajalarda keng tarqalgandir. U texnik jihatdan sodda bo‘lib, har bir odamning qo‘lidan keladi. Uni bajarishda hech qanday uskuna kerak emas. Tashqi yurak massajida ko‘krak oldi tomonidan bosilganda umurtqa pog‘onasi bilan ko‘krak qafasi orasida joylashgan yurak shu darajada eziladiki, natijada uning bo‘shlig‘idan qon tomirlarga oqa boshlaydi. Bosish to‘xtatilgach yurak faoliyati yaxshilanib, bo‘shlig‘iga venoz qon tortiladi. Yurak massaji qancha erta boshlansa, shuncha foydali.
Yurakni yopiq massaj qilish. Yurakni yopiq massaj qilish uchun bemor qattiq erga (er, pol, taxta) chalqancha yotqiziladi, kasal echintirilib, ko‘krak qafasi ochiladi. Yordam ko‘rsatuvchi kasalning o‘ng yoki chap tomoniga o‘tib olib, kaftining paroksimal (kaft usti bo‘g‘iniga yaqin) qismini bemor to‘sh suyagining pastki uchdan bir qismiga qo‘yib turishi kerak. Xodim birinchi qo‘lining panjasi ikkinchi qo‘lining ustiga qo‘yadi, bunda massaj qilayotgan odamning rostlangan qo‘llari bilan elkalari bilan bemorning ko‘krak ustida turadigan bo‘lishi kerak. Massaj qilayotgan xodim gavdasining og‘irligidan foydalanib turib, rostlangan qo‘llari bilan to‘sh suyagiga minutiga 50-60 martadan qattiq-qattiq qilib, ko‘krak qafasi qisiladigan va yurakni to‘sh suyagi umurtqa pog‘onasi orasiga qisib qo‘yadigan qilib bosib borishi kerak. Ko‘krak qafasini har ezganda undan qo‘lni butunlay olinadi. Yurakka venoz qon osongina oqib kelishi uchun bemorning oyog‘ini balandroq qilib qo‘yiladi.
10-12 yashar bolalar yuragi bir qo‘llab, chaqaloqlarni 2 ta barmoq bilan massaj qilinadi.
Tashqi yurak massajini sun’iy nafas oldirish bilan birga olib boriladigan «og‘izdan og‘izga» yoki «og‘izdan burunga», bunda har bir sun’iy nafasdan keyin yurak 5 marta bosiladi; 1 minutda 12 marttagacha sun’iy nafas oldirib, 60 marta yurak bosiladi.
Qilinayotgan massaj naf berayotganini ko‘rsatadigan belgilar kengayib ketgan ko‘z qorachig‘ining torayishi, tsianoz kamayishi, mustaqil nafas harakatlari va puls urishi paydo bo‘lishidir. Massajni etarlicha qon aylanishini ta’minlab beradigan mustaqil yurak qisqarishlari tiklanmaguncha davom ettirib bormoq kerak (qon aylanishning etarli bo‘lgani bilan arteriyalarda aniqlanadigan puls paydo bo‘lishiga va sistologik arterial bosimning simob ustuni hisobida 80-90 mm ko‘tarilishiga qarab belgilanadi). Qilinayotgan massajning naf berayotganini ko‘rsatadigan shak-shubhasiz belgilar ma’lum bo‘lgan holda yurakning mustaqil ishlab ketmay turgani yurakni massaj qilishda davom etishga majbur qiladi. Yurakni massaj qilish uchun anchagina kuch talab qilinadi, shu sababdan yurakni ikkita tibbiyot xodimi galma-gal, har 5-7 minutda o‘rnini almashtirib turib, ammo yurakni bir maromda bosishni to‘xtatmasdan massaj qilib borgani ma’lum.
Yoshi katta odamlarda qovurg‘a tog‘aylari suyaklanib qolgani munosabati bilan ko‘krak qafasining uncha muloyim bo‘lmasligini hisobga olish kerak, shu sababdan zo‘r kuch bilan massaj qilish, to‘shni haddan tashqari qattiq bosish qovurg‘alarning sinib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday asorat yurak massajini davom etib borishga ayniqsa, uning naf berayotganini ko‘rsatadigan belgilar bo‘lgan paytda, monelik qilmaydi. Massaj paytida qo‘l panjasini to‘sh suyagining xanjarsimon ustiga qo‘ymasligi kerak, chunki uni qattiq bosilganida jigar chap bo‘lagini va qorin bo‘shlig‘ining ustki bo‘limida joylashgan boshqa organlarni shikastlantirib qo‘yish mumkin.


Yurakni tashqi uqalash
Yurak to‘sh bilan umurtqa pоg‘оnasi оrasida ezilganda, yurak bo‘shliqlaridan qоn kichik va katta qоn aylanishi dоirasiga siqib chiqariladi. Keyin ko‘krak qafasi elastikligi hisоbiga qaytadan to‘g‘rilanadi. Yurak qоrinchalari qaytadan qоnga to‘ladi. Shu bilan оrganizmda ko‘krak qafasini ezish bilan yurakni bilvоsita ezish, ko‘krak qafasining elastikligi hisоbiga qayta to‘g‘rilanishi hisоbiga sun’iy qоn aylanish hоsil qilinadi. Yurakning tashqi massajini bajarishda bemоrni qattiq yuzaga (bemоrni оrqasiga taxta, yoki shit qo‘yiladi yoki bemоrni pоlga оlish kerak) yotqizish kerak. Agar bularga amal qilinmasa, massaj vaqtida bemоrning tanasi siljib yurak bo‘shliqlaridan qоnni siqib chiqarish qiyin kechadi. Tiriltiruvchining qo‘llari bemоr to‘shi ustida turishi, yurak (saggital kesimda) va kaftlarini (bir qo‘l kaftini ustiga ikkinchisini qo‘yadi) to‘shning pastki uchligiga qo‘yadi barmоqlar ko‘krak qafasiga tegmasligi kerak, bo‘lmasa qоvurg‘alar sinishiga оlib keladi. Bemоr tiriltiruvchini tizzalari sathida bo‘lishi kerak. Qo‘llarni cho‘zib ( bukmasdan) tananing оg‘irlik kuchidan fоydalaniladi, chaqalоqlarda barmоq uchidan fоydala-niladi. Ezish kuchi to‘shni umurtqa pоg‘оnasiga kattalarda 4-6 sm ga, chaqalоqlarda1-2 sm ga, yosh bоlalarda 2-4 sm gacha yaqinlashtirishi kerak. Ezish chastоtasi kattalarda1 daqiqada 100 ta, bоlalarda va go‘daklarda 100-120 ta. Agar uqalash paytida uyqu arteriyasi urib tursa, EKG da ritmik, buzilgan qоrinchalar kоmpleksi chiqib tursa va qоrachiqlar tоraysa, to‘g‘ri yordam ko‘rsatilayotgani ma’lum bo‘ladi.
Agar yurak-o‘pka reanimatsiyasini bir оdam (reanimatоr) amalga оshirayotgan bo‘lsa, har ikki puflashga 30 ta uqalash, 2 kishi bo‘lsa ham har 2 o‘pkaga puflashga 30 uqalash bajariladi. Puflashni ko‘krak qafasi ezilishidan so‘ng bajarish kerak, bir vaqtda emas.






Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling