№ 10- mavzu
|
Fazoviy geometrik shakllar.Ko'pyoqlar
|
Vaqti - 80 minut
|
O’quvchilar soni: 30 nafar
|
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Aralash (nazariy bilimlar berish va misol, masalalar yechishga o‘rgatish)
|
Mashg’ulot rejasi
|
1.Streometriyaga kirish.
2.Ko'pyoqlar .
3.Misollar yechish.
|
Asosiy tushuncha va atamalar
|
Stereonometriya,ko'pyoq,piramida, prizma.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
Ta’limiy: O‘quvchilar bilimini oshirish, matematika faniga qiziqtirish, butun sonlarni taqqoslashni o’rgatish.
Tarbiyaviy: Vatandoshlarimizdan qolgan buyuk merosni asrab avaylash, undan unumli foydalanish, unut bo‘lgan tarix yo‘llarini ochish, Markaziy Osiyo allomalarining ilm-u fanga qo‘shgan xazinalarini XXI asr yoshlariga yetkazish.Ota-bobolarimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni oshirishga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi:
Kundalik hayotda uchraydigan fazoviy jismlar haqida ma'lumotga ega bo'lish. Ko'pyoqlarning asosiy elementlari haqida ko‘nikma hosil qilish.Yosh avlodni barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun matematika fanining hayotdagi nechog‘lik katta ahamiyatga ega ekanligini o‘quvchilar ongiga yetkazish. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashini, tayanch bilimlarini rivojlantirish, Tafakkurinilog kengaytirish.
O‘quvchilarda o‘quv adabiyotlar, qo‘shimcha qo‘llanmalardan foydalanishga o‘rgatishni rivojlantirish;
|
Pedagogik vazifalar:
1.Stereometriya haqida bilimlarni berish.
2. Ko'pyoqlar haqida ma’lumot berish .
3.Prizma,piramida haqida bilim berish
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
1.Streometriya haqidagi bilimlarga ega bo‘ladi;
2.Ko'pyolar bilan tanishadi.
3.Prizma ,piramida haqida bilimga ega bo'ladi
|
O’qitish uslubi va texnikasi
|
Kirish ma’ruzasi, Blis-so’rov, Aqliy hujum, B.B.B. jadvali, klaster, krossvordlar.
|
Talim berish vositalari
|
Ma’ruzalar matni, kompyuter texnologiyalari, mavzu bo‘yicha tarqatma materiallar
|
O’qitish shakllari
|
*Mustaqil ish, guruhlarda ishlash
|
O’qitish sharoitlari
|
Guruxdagi ishlarni tashkillashtirish uchun muvofiqlashgan texnik uskunalar bilan jixozlangan auditoriya(Matematika xonasi)
|
O’quvchilarning berilgan o‘quv mashg‘ulotlari uchun kerakli bilim va ta’lim mahoratlari ro‘yxati.
|
1.Sterometriya haqida bilimlarni berish.
2. Ko'pyoqlar haqida ma’lumot berish .
|
Mavzu:Fazoviy geometrik shakllar. Ko'pyoqlar haqida tematik ma’ruzaning texnologik xaritasi
|
Bosqichlar, vaqti
|
Faoliyat
|
Talim beruvchi
|
Talim oluvchi
|
1-bosqich
Kirish
(10 min)
|
1.1.Xona tozaligi tekshiriladi, davomat qilinadi. Mashg‘ulot o‘tkazish shakli va baholash mezonlari tushuntiriladi.(1-ilova)
1.2.O‘tilgan mavzu bo‘yicha mustaqil ish beriladi.(2- ilova)
1.3.“Blis-so‘rov” asosida savol javob o‘tkaziladi.(3-ilova)
|
1.1.Eshitadi,misollar ishlaydi.
1.2. Eshitadi, savollarga javob beradi.
1.3.Yangi mavzu nomi yoziladi.
|
2-bosqich
Asosiy bosqich
(35 min)
|
2.1.Vizual materiallardan foydalangan xolda geometriya haqida ma'lumot beriladi.
2.2.O’quvchilarga yangi mavzu yoritiladi.
2.3.Faollashtiruvchi savollar beriladi.
2.4. “Aqliy hujum” usuli asosida shakillarni tez farqlash uchun misollar beriladi.
2.5 .B.B.B. texnologiyasi
|
2.1. Eshitadi, savollarga javob beradi
2.2. Ko‘radi, eshitadi va asosiy joylarini yozib oladi.
2.3.Berilgan tezkor savollarga javob beradi.
2.4.Topshiriqni bajaradilar.
2.5. Eshitadi, tushunishga xarakat qiladi.B.B.B jadvalini to'ldiradi
|
3-bosqich
Yakuniy bosqich
(35 min)
|
3.1 O’quvchilar e’tiborini asosiy masalalarga qaratib mavzuga yakun yasaydi.
3.2 O‘quvchilarni baholaydi.
3.3 Uyga vazifa beriladi( qo'lda ko'pyoqlar eskizini yasash)
|
3.1 Eshitadi, aniqlashtiradi, xulosa chiqaradi, taxlil qiladi.
3.2 Baholarni eshitadi.
3.3 Belgilab olishadi.
|
Qolgan o’quvchilar to'plagan ballar asosida baholanadi.