Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


-Mavzu: Ish qog’ozlari (bayonnomadan ko’chirma, rasmiy va shaxsiy xatlar) ustida ishlash


Download 130.51 Kb.
bet18/46
Sana06.04.2023
Hajmi130.51 Kb.
#1331543
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
Bog'liq
Nutq uslublari

19-Mavzu: Ish qog’ozlari (bayonnomadan ko’chirma, rasmiy va shaxsiy xatlar) ustida ishlash
Reja:
1. Bayonnomadan ko’chirma matni tuzilishi.
2. Rasmiy xatlar haqida.
3.Shaxsiy xatlar turi.
Tayanch so’z va iboralar: bayonnomadan ko’chirma, rasmiy xat, shaxsiy xat.
Bayonnomadan ko’chirma matnining tarkibiy qismlari:

  1. Muassasa nomi

  2. Sana (majlis sanasi)

  3. Shartli raqami

  4. Hujjatning nomi (Bayonnomadan ko’chirma)

  5. Bayonnoma tuzilgan joy

  6. Matn:

  1. Kun tartibi;

  2. “eshitildi”;

  3. “qaror qilindi”.

  1. Imzolar

  2. Nusxa taqdiqlangani haqida belgi (muhr bilan)

Navoiy viloyati Xatirchi tumani 24-umumiy o’rta ta’lim maktabi pedagogik kengashi majlisining 5-sonli
Bayonnomasidan ko’chirma
24.03.2020 “Do’stlik” MFY
Kun tartibi:
3-masala. Dadaboyeva Shohistaga umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi shahodotnomaning dublikatini berish to’g’risida
Eshitildi:
№ 0045583 raqamli shahodatnoma Usmonqulova Laylo – maktab direktori, majlis raisi:

  • Dadaboyeva Shohista Anvarjon qizi bizning ta’lim muassasamizni 2016-2017-o’quv yilida bitirgan hamda unga U № 0045583 raqamli shahodatnoma berilgan. Sobiq o’quvchimiz shahodatnomani yo’qotib qo’ygani sababli mazkur hujjatning dublikatini tayyorlab berishda amaliy yordam ko’rsatishimizni so’rab murojaat qildi.

Qaror qilindi:

  1. Navoiy viloyati Xatirchi tumani 24-umumiy o’rta ta’lim maktabi tomonidan Dadaboyeva Shohista Anvarjon qiziga 14.06.2017-yilda berilgan № 0045583 raqamli shahodatnoma yo’qolganligi sababli dublikatini tayyorlab berish tuman Xalq ta’limi bo’limidan so’ralsin.

  2. Shahodatnoma dublikatini qabul qilib olish, uni aslidek to’ldirish va egasiga topshirish o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Yunusova Surayyo zimmasiga yuklatilsin.

Majlis raisi: (imzo) Usmonqulova Laylo
Kotiba: (imzo) Samadova Saida

Download 130.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling