Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


-MAVZU: “Rustamxon” dostoni


Download 130.51 Kb.
bet32/46
Sana06.04.2023
Hajmi130.51 Kb.
#1331543
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
Bog'liq
Nutq uslublari

36-MAVZU: “Rustamxon” dostoni
Reja:
1.”Rustamxon” ishqiy-qahramonik dostonlarining eng yaxshi namunalaridan biri ekanligi.
2. Dostanda milatga xos urf-odatlar va insoniy fazilatlarning ulug’lanishi.
Tayanch so’z va iboralar:”Rustamxon”, ishqiy-qahramonik dostoni, urf-odatlar
``Rustamxon`` dostoni 1937-yilda baxshi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tilidan Xodi Zarif tomonidan yozib olingan. ``Rustamxon`` dostoni ishqiy-sarguzasht doston xisoblanadi. Dostondagi asosiy qahramonlar qiyofasida insonparvarlik, vatanparvarlik, mardlik, jasurlik, do’stlik, vafodorlik, sadoqat kabi olijanob fazilatlar umumlashtiriladi. ``Rustamxon`` dostonida o’z davrining ijtimoiy-siyosiy munosabatlari, ishq-muhabbat sarguzashtlari, turli fantastik uydirmalar, ertaklarga xos voqealarning yuksak badiyati bilan yo’g’rilgan tasvirlar kishini hayajonga soladi. Asar matnida xalqimizning qadimiy, boy tiliga xos fazilatlar, xalqona ibora va ifodalar, shu tilning imkoniyati, nafosati, kuchi va qudrati ham yorqin namoyon bo’lgan.
Shu til vositasida asar qahramonlarining har biriga xos fazilatlar, o’rni bilan esa, ayrim qusurlar ham yorqin bo’yoqlarda ko’rsatib berilgan.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

1. Janrlarning necha turga bo‘linishini tushuntiring.
2.Xalq og‘zaki ijodiga oid janrlar haqida ma’lumot bering.
3.Xalq og‘zaki ijodi va milliy bayramlari yuzaga kelishi haqida tushuntirib bering.
4. Xalq og`zaki ijodi va milliy bayramlarning shaxs ma`naviyatidagi ahamiyati haqidatushuncha bering.


37-MAVZU: “Rustamxon” dostoni

Reja:
1. Rustamxon timsoli, unga xos mardlik, jasurlik, irodalilik.
2. Huroyim va Oftoboy timsollarida o’zbek ayollariga xos oqilalak, bardoshlilik.
3. Asarda ifodalangan milliy qadriyatlar va inson ruhiyati tasviri.
Tayanch so’z va iboralar:Rustamxon, Huroyim, Oftoboy,Sultonxon,doston

Dostonning bosh qahramoni Rustam yoshligidan baquvvat, mard va jasur bo’lib ulg’aydi. Doston voqealari rivojida Rustamning qo’rqmas va dovyurakligini, chin insoniylik sifatlarini ko’rish mumkin. Kundoshlari tuhmat bilan onasini yurtdan haydab, dorga ostirmoqshi bo’lganlarida, Rustam sarosimaga tushmadi. Onasini jallodlar qo’lidan qutqarib: “Adashganning oldi yo’l”, -deya yo’lga tushadi va Hukumu tog’ida qo’nim topib ovchilik bilankun ko’ra boshlaydi.
Rustam ov kunlarining birida o’tovga bog’lab qo’yilga xushsurat qizni ko’rib qoladi va uning ajdarga yemish uchun turganligidan xabar topadi. Xabarni eshitgan Rustam ajdar bilan jangga otlanadi. Oftoboy yalinib-yolvorib Rustamni o’z ahdidan qaytarishga urinadi, biroq dovyurak Rustam: “Mard so’zidan, yo’lbars izidan burilmaydi” degan gap bor, ajdahor domiga tortadi, meni yutadi deb vahm qilmayman, qayishmay ajdahorning yo’lini aytgin”, - deydi. Ajdar bilan mardonavor kurashib, uni yengadi va qizni o’limdan qutqaradi. Ajdar zulmidan xalos bo’lgan Bujul yurti Rustamni shohlikka ko’taradi va Oftoboyim bilan to’yini qilib uylantirib qo’yadi.Erkin va oddiy hayot yo’lini tanlagan Rustam uch kundan so’ng shohlikdan voz kechib, suyukli yorini olib, onasi oldiga qaytadi. Shu taruqa dostonda Rustam obrazi soddadil, mard va qo’rqmas, jismonan baquvvat inson, mehribon farzand va sadoqatli yor sifatida gavdalanadi.
Dostonda Huroyim va Oftoboyim obrazlari alohida ajralib turadi. Ularga xos go’zallik, oqilalik, sadoqat vamehribonlik doston voqealari rivojida ishonarlitasvirlangan. Xususan, Oftoboy- tengsiz go’zal qiz. Uni birinchi ko’rgan Rustam unga shunday murojaat qiladi:
Maloyik suratli, gul yuzli dilbar,
Seni ko’rgan odam bo’lar beqaror.
Oy-u kundan ziyod sening husning bor
Ne qildi seni boylab giriftor?
Oftoboyda mana shu go’zallikka teng fahm-farosat, zukkolik ham mavjud edi. Uning bu fazilatlari Sultonxon o’z qilmishlariga tavba qilib, o’g’li va xotinidan kechirim so’rash uchun darvesh qiyofasida kelgan paytda ham ko’rinadi.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:




  1. Rustamning mard va jasurligiga munosabat bildiring.

  2. Rustam nima uchun podshohlikni rad etdi?

  3. Huroyim va Oftoboyimga xosfazilatlarni sanang.

  4. Matnda Sultonxon obro’si qanday ro’rsatilgan?



Download 130.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling