Mаvzu: аholini xаvfsiz hаrаkаtlаnishni tаъminlаshdа jаmoаt trаnsport vositаlаrining аhаmiyati mavzu rejasi


Avtobuslar harakatini “GPS” tizimi orqali nazorat qilish va boshqarish


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714422
1   2
Bog'liq
3-мавзу

Avtobuslar harakatini “GPS” tizimi orqali nazorat qilish va boshqarish 
Bugungi kunda “Toshshahartransxizmat” AJning “GPS” bo‘limi eng 
zamonaviy kompyuter va aloqa vositalari bilan ta`minlaganligiga qaramay, avtobuslar 
harakati va qatnovlar muntazamligini ta`minlash eng dolzarb muammolardan biri 
bo`lib qolmoqda. 
Harakatlanish va qatnovlar muntazamligini buzilshiga olib kelayotgan 
ob`ektiv va sub`ektiv sabablarga quyidagilarni ko`rsatib o`tish mumkin: 
Tig’iz vaqtdan keyingi vaqtlarda, ya`ni yo`lovchilar oqimi kamaygan 
oraliqda ba`zi qatnovlarni haydovchilar tomonidan bajarilmasligi; 
Ko`p hollarda ish kunining oxiridagi qanovni bajarmay haydovchilarni 
saroyga qaytib ketishi. 
Bir ko`cha-yo`l tarmog’idan bir nechta avtobus yo`nalishini o`tganligi 
sababli bir paytda bir nechta avtobuslarni bekatga yetib kelishi natijasida oraliq 
bekatlarda avtobuslarni zaruratdan ortiq turib qolishi; 
Oraliq bekatda avtobusni ortiqcha ushlanib qolishi sababli haydovchilarni 
belgilangan tezlikdan yuqori tezlikda harakatlanishi va natijada xavfli yoki avariya 
vaziyatlarini vujudga kelishi; 
Yo`nalishda avtobuslarni ko`rilayotgan istalgan vaqtda (on line) harakat 
jadvaliga 
muvofiq 
harakatlanayotganligini 
yoki 
avtobuslarni 
belgilangan 
yo`nalishdan tashqariga chiqishini nazorat qilish imkoniyatining yo`qligi 


Tajribalar yana shuni ko`rsatadiki bugungi kundagi fan va texnika 
taraqqiyoti (fazoga sun`iy yo`ldoshlarni uchirilishi va ulardan milliy iqtisodiyotda 
foydalanishni yo`lga qo`yilishi) bu kamchiliklarni to`liq bartaraf etish imkoniyatini 
beradi. 
Birinchi sun`iy yo`ldoshni uchirilishi yo`ldosh orqali transportlar harakatini 
nazorat qilish imkoniyatini yaratilishiga asos bo`ldi. 
“GPS” (Global Pozitioning System) tizimlari hozirgi zamon sun`iy yo`ldosh 
monitoringi 
transport 
vositalarini 
“on-line” vaqtda qayerda va qanday 
harakatlanayotganligini aniqlab beradi. Hozirgi zamon “GPS” tizimlari haydovchilar 
butun ish kuni davomida nazorat ostida ekanliklarini bilshlari sababli boshqa 
yo`nalishlarga o`tib ketish ehtimolini kamaytiradi hamda ularning intizomini ham 
oshishiga olib keladi. 
Avtotransport sun`iy yo`ldosh monitoring tizimi 
avtomobillarning 
harakatlanishini kuzatib borish bilan bir paytda, ularni yo`nalishdan og’ishi, 
favqulodda vaziyatlar vujudga kelib qolganida “SMS” orqali korxonaga xabar 
yuborishi mumkin. Transport vositalari korxonaga qaytib kelganida ma`lumotlarni 
o`zida saqlab qolishi sababli berilgan topshiriqni qanday bajarilganligi to`g’risida 
yozma matnda yoki jadval ko`rinishida hisobot tayyorlab beradi. 


Rossiya Federatsiyasi olimlari tomonidan ishlab chiqqan “GLONASS” 
(Глобальная навигационная спутниковая система) 1980- yillarda yaratila boshlangan 
va birinchi yo`ldosh 1982-yil 12-oktyabrda fazoga uchirilgan. 1993-yili “GLONASS” 
tizimining birinchi navbati ishga tushirilgan. Sun`iy yo`ldosh tizimi quyidagi 
imkoniyatlarga ega: 
- transport vositasining joylashgan manzilini aniqlash; 
- harakat yo`nalishi va tezligini aniqlash; 
- elektron xaritada harakat yo`nalishi chizmasini qurish; 
- haydovchini tovushli aloqaga chaqirish; 
- to`xtab turish va harakatlanish vaqtlarini qayd qilish; 
- avtobus salonini audio nazorat qilish; 
- belgilangan yo`nalishdan og’ganlik to`g’risida axborot berish va h.k. 
Shahar transporti uchun harakatlanuvchi ob`yektlarning monitoring tizimi 
yo`nalishlardagi transport vositalarining istalgan vaqt oralig’ida harakat chastotasini tahlil 
qilish, bulardan tashqari nozimlik dasturini ta`minlash tizimi orqali yo`nalishdagi nazorat 
punktlariga qaysi paytda kelganligini nazorat qilish imkoniyatini beradi. Agar yo`nalishda 
og’ishlar vujudga kelsa, bu og’ishlar haqida navbatchi nozimga zudlik bilan axborot 
yuboriladi. 
Bu yerda yana shuni ham eslatib o`tish joizki, yuqorida sanab o`tilgan 
ma`lumotlar yengil avtomobil-taksilar uchun ham olinishi mumkin shu bilan bir paytda, 
buyurtmalarni qabul qilish va bajarishda katta samara berishi mumkin. 


Bugungi kunda trasport vositalarining koordinatlari va harakatlanish parametrlarini 
aniqlash uchun “GPS” tizimida qo`llanib kelinayotgan tizimlardan biri “Teletrek” tizimidir 
(3.7.1- rasm). 
Transport vositasiga maxsus moslama o`rnatiladi. “GPS” tizimi orqali yo`ldoshdan 
olinayotgan signallarga qarab uni qaerda ekanligi, tezligi, harakat yo`nalishi kabi 
ko`rsatkichlarni aniqlaydi. Bunda “GPRS” (General Paket Radio Service) qurilmasi mobil 
telefondan foydalanib ma’lumotlarni paket shaklida internet orqali elektron pochtani yuborish 
imkonini beradi. To`plangan ma`lumotlar kodlanadi va “GSM” tarmog’i va internet orqali 
nozimlik markaziga yuboriladi. 
“GPS” tizimidan yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari boshqa maqsadlarda, 
massalan, haydovchilarga yo‘nalish to‘g’risida yo‘riqnomalar berishda, xafli uchastkalarda 
xavsiz harakatlanishni o‘rgatishda, sodir etilgan yo‘l-transport hodisasining sabablarini 
bevosita joyga bog’lab tahlil etishda va h.k. 
1-rasm. Transport vositalarinig harakatlanish parametrlari haqida navbatchi nozimga axborot yuborish sxemasi 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling