Mavzu: Asbob-uskunalar yordamida ekologik nazorat qilish usullari. Reja


Download 1.33 Mb.
bet3/5
Sana04.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1325346
1   2   3   4   5
Bog'liq
21-mavzu. Asbob uskunalar

NEFELOMETRIK TAHLIL
Nefelometr suyuqlik va gazlarning loyqalik darajasini ularning yorug'lik tarqalish intensivligiga qarab o'lchashga asoslangan optik qurilma. Nefelometr atrof-muhitdan tarqalgan yorug'lik intensivligini standartning tarqalish intensivligi bilan taqqoslashga asoslangan.
Potensiometriya.
Potensiometrik analiz usullari elektrod potensialini ochishga asoslangan bo‘lib, elektrod potensiali bilan eritmaning konsentratsiyasi orasidagi bog‘lanishni o‘rganadi. 
Potensiometrik analiz usullari bevosita va bilvosita usullarga bolinadi.
Bevosita usullarda moddalarning konsentratsiyalari va aktivliklari, dissotsiatsiya konstantalari, muvozanat va barqarorlik konstantalari, eruvchanlik ko‘paytmalari va boshqa fizik-kimyoviy kattaliklar aniqlanadi.
Bilvosita usullar yordamida titrlash davomida titrlashning oxirgi nuqtasi topiladi. Potensiometriyada potensialni o‘lchash uchun indikator (vodorod selektiv shisha, natriy yoki boshqa ionga selektiv shisha yoki membrana, metall, metall oksid va boshqa) va taqqoslash (normal vodorod, kumush xloridli, talliy xloridli, to‘yingan kalomel va boshqa) elektrodlar ishlatiladi. Potensiometriyaning ayrim ionlarni aniqlashga mo‘ljallangan indikator elektrodlari ishlatiladigan sohasiga ionometriya deyiladi.
ELEKTROKIMYOVIY USULLAR
Polyarografiya (yun. polos — qutb va grapho — yozyapman) — erigan moddalar konsentratsiyasi va tabiatini aniqlashning elektrkimyoviy usullaridan biri. Tekshiriladigan eritmaga tushirilgan elektrod yordamida tok kuchi bilan kuchlanish orasidagi bogʻliqlikni oʻlchashga asoslangan. 1922-yilda Ya Geyrovskiy taklif qilgan. Bu bogʻliklikda volt-amper egri chiziqdan — polyarogrammalarni tahlil qilib, Polyarografik sxemasi aniqlanadi.
Polyarogrammani hosil qilish uchun maxsus asbob — polyarografdan foydalaniladi. U elektrolizer 1, simob elektrod 2, simobli rezervuar 3, galvanometr 4, shunt 5, reostat 6, akkumulyator 7 dan iborat. Polyarogrammaning doimiy tok, oʻzgaruvchan tok, yuqori chastotali tok, ossilografik, impulsli xillari bor. Polyarogramma mineral xom ashyolarni tekshirish, reaktivlarning tozaligini nazorat qilish, kimyoviy jarayonlar tezligi va mexanizmini tadqiq qilish kabi maqsadlarda, geologiya, tibbiyot, ekologiya, metallurgiya, farmakologiya va boshqa sohalarda qoʻllanadi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling