Mavzu: Bank faoliyatida ko’rsatiladigan ishlar. Reja: 1
Chetdan jalb qilingan mablag‘lar jalb qilinish manbalariga qarab
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
iImvbPeFjpDl1vQWrSLx2XbY5PD18U1VnfhvY8jz
Chetdan jalb qilingan mablag‘lar jalb qilinish manbalariga qarab
quyidagilarga bo’ l i nadi: — banklararo bozorda kreditlar olish: — veksellar hisob-kitobi va Markaziy bankdan kredit olish; — depozitlarni jalb etish; — qimmatli qog‘ozlarni qaytib sotib olish sharti bilan sotish shartnomalari («Repo» operatsiyasi)ni amalga oshirish, — Yevronot va Yevrobondlar bozorida ishtirok etish; * Masalan V.M. Usoskinning fikriga ko‘ra Markaziy bank funksiya lariga: -kredit pullari (banknotlar) emissiyasi; -banklar uchun va boshqa kredit tashkiiotlari uchun turli xizmatlarni amalga oshirish; -hukumatning moliyaviy agenti funksiyasi; -markazlashgan oltin- valuta zaxiralarini saqlash; Shu bilan barcha emission banklarning yana bir asosiy funksiyalariga ochiq bozordagi operatsiyalar va deviz operatsiyalari kiradi. Ular davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotish va olish, xorijiy valutalarni hamda milliy valuta kurslarini ushlab turish maqsadida sotadi va sotib oiadi. Lekin, urnuman olganda Markaziy banklar tomonidan bajariladigan operatsiyalar quyidagi to‘rt guruhga (turga) bo‘linadi: 1-Banknotlarning monopol emissiyasini amalga oshirish; 2-Markaziy bank- banklar banki hisoblanadi; 3-Markaziy bank- hukumat bankiri hisoblanadi; 4-Markaziy bank pul- kreditni tartibga soladi va bank nazoratini amalga oshiradi.
Pul-kredit siyosati usullari umumiy bo‘lishi mumkin, ya’ni mamlakatdan kredit munosabatlar holatiga umumiy ta’sir ko'rsatuvchi, yoki selektiv, ya’ni alohida olingan kredit turlariga ta’sir ko‘rsatish uchun yo'naltirilgan hamda alohida korxona, jumladan tarmoqlarni kreditlash uchun yo'naltirilgan bo‘lishi mumkin. Pul-kredit siyosatining umumiy usullariga: Markaziy bankning hisobga olish siyosati yoki foiz stavkalarini tartibga solish siyosati; ochiq bozordagi operatsiyalar, yoki davlat qimmatli- qog'ozlarini sotib olish va sotish; majburiy zaxira me’yorlarini o‘zgartirish kiradi. Ochiq bozordagi operatsiyalar-bu markaziy bankning tijorat va g‘azna obligatsiyalari va boshqa qimmatli-qog'oziarni bozor kursi yoki oldindan e’lon qilingan kurs bo‘yicha sotib olish va sotish hamda qayta kelishuvlaridir. Markaziy bankning pul-kredit siyosati selektiv usullariga: limitlar, kvotalar o'rnatish orqali kredit miqdorini yoki veksel- larini hisobga olishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qisqartirishdir; kredit operatsiyalarini o"sish darajasini pasaytiri.sh; alohida olingan turdagi kreditlar ustidan nazoratni o'rnatish, iste’mol krediti ustidan; alohida olingan jantg‘armalarga yuqori foizlarni o‘rnatish yoki urnuman foiz stavkalarini iaitibga solish va boshqalardir.
Hozirgi kunda 0‘zbekistonda 31 ta tijorat banklari faoliyat ko'rsat moqda. Tijorat banklarni tashkil qilishdagi ustav kapitali miqdori 2011- yil 1-yanvardan faoliyat ko‘rsatuvchi xususiy banklar uchun mln. AQSH dollar ekvivalenti miqdoridagi mablag‘ga ega bo‘lishi kerak, qolgan tijorat banklari uchun 10,0 mln.so‘m AQSH dollari ekvivalenti bo‘lishi lozim. 0‘zbekistori Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risi- da»gi qonunda tijorat banklarining quyidagi operatsiyalari qayd qilingan: Mijozlarning hisob varaqalarini olib borish; Mijozlarga kassa xizmati ko‘rsatish; Mijozning topshirig'iga binoan naqd pulsiz hisob-kitoblarni bajarish; Qisqa yoki uzoq muddatli kreditlar berish; Shartnoma yoki pullik asosida buyurtmachining topshirig‘iga binoan kapital qo‘yilmalarni mablag" bilan ta’minlash;
2011-yilda bank tizimini yanada mustahkamlash maqsadida xususiy banklar va xususiy mulkka asoslangan moliya institutlarini tashkil etishning qonunchilik asoslarini takomillashtirish orqali bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilishni ko'paytirish bo'yicha aniq chora- tadbirlar majmui ishlab chiqiladi. Bu esa bank va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatning kengayishi hamda mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatining oshishiga imkon beradi va eng yuksak xalqaro standartlar taiabiga mos zamonaviy bozor infratuzilmasining rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Shu bilan bir qatorda 2011-yilda kredit tashkilotlarining huquqiy bazasini mustahkamlash va ular faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qator qonunchilik hujjatlarini, jumladan, «Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi to‘g‘risidagi, «Garov reestri to‘g‘risida»gi qonunlar loyihasini ishlab chiqish mo‘ljallangan. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling