Mavzu Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o’rni. Reja


Download 53.5 Kb.
bet4/4
Sana24.01.2023
Hajmi53.5 Kb.
#1118149
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu№4

Ota-onalarga topshiriq.
Muloqotni, munozarani vujudga keltirish uchun ota-onalarga ko‘p uchraydigan jumlalarni tavsiya qilish mumkin. Ularni o‘qib ko‘ring va ular bolalarga qanday ta’sir etishini izohlab bering.
«Maktabga borsang, o‘shanda ko‘rasan.»
«Bilasanmi, sen a’lochi bo‘lsang biz seni juda yaxshi ko‘ramiz.»
«Sen shunday o‘qiki, sen uchun biz qizarmaylik”
Natijasi:
Bu jumlalarning hammasi bolada o‘ziga bo‘lgan ishonchni, maktabga borishga xohishini so‘ndiradi.
Boshqacha qilib aytganda, ota-onalarning o‘z-o‘zlariga bergan bahosi bolasiga berilgan bahodan ustun bo‘ladi. Shuni esda tutingki, bolalarni o‘zi bajara olmaydigan topshiriqlar bilan band qilib qo‘ymang. Bu ularni yolg’on gapirishiga olib keladi. «Agar diktantda xato qilsang ko‘rasan» kabi. Bu jazolashga taqlid hisoblanadi. Jazolangan bolada ota-onasiga nisbatan dushmanlik paydo bo‘lishiga olib keladi.
Xulosa:
Oilada biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog’liq. Shuning uchun ham oilada tarbiya, madaniy xulq-atvor odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish, ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g’risidagi axloqiy tasavvurlarini tarkib toptirish va shu xildagi sifatning didiga nisbatan salbiy munosabatni tarbiyalash kerak.
Oilada farzandlar nutq madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan, barkamol avlodni voyaga yetkazishda o‘z samarasini berishi shubhasizdir.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

        1. Bolalarning nutq madniyatini о‘sishida oilaning о‘rni?

        2. Ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalari hamkorligida bolalarni tarbiyalashning ahamizti qanday?

        3. Oila va oilada bola tarbiyasi doimo dolzarb muammolardan biri ekanligini asoslab bering?

        4. Ota-onalar bilan treninglar o‘tkazish usullari nima beradi?.

Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling