Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
majmua SIRTQI MO\'M-22
67 Kirish Shaxsning o‘qimishliligi va uning yaratuvchanlik malakasi Milliy dasturni amalga oshirishning asosiy natijasi bulmog‘i darkor. Inson omili mazmunida Milliy dastur ko‘pgina zarur vazifalarni hal qilishni nazarda tutadi. Masalan ta'lim tizimidagi kadrlar salohiyatini saqlash va takomillashtirish, ilmiy hodim va o‘qituvchi, muallim va tarbiyachi kasbining nufuzligini oshirish, mavqini ko‘tarish vazifasini va hokazo. Ta'limning har bir bosqichida inson omili bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb vazivfalarni hal qilish nazarda tutiladi. Jumladan, Oliy (professional ) ta'lim bo‘yicha : - mustaqil bilim olish, o‘qitishni individuallashtirishning usullari, vositalari va shaklarini kengaytirish - o‘qitishining modul tizimi, yangi pedagogika va informatsion tehnologiyalarni qo‘llab talabalarni o‘qitishni jadallashtirish; - masofada ta'lim tizimini rivojlantirish va hokazo. O‘qitishda yangi pedagogik tehnologiya talablarida: o‘quvchi talabalarga bilim va ko‘nikmalar berishni reproduktiv tarzda emas, balki produktiv usullar orqali berish, ya'ni ularga tayyor bilimni shartta bermasdan , ularni mustaqil bilim olishga undash yo‘llarini o‘rgatishga katta 'e'tibor qaratilgan. Shu bilan birga o‘zlashtirilgan bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish, uni baholash ham o‘ta zarur deb qaraladi. Bu ishda reyting tizimi, test usuli asosida o‘quvchi talabalar bilimlarini tekshirib, holisona baholash nazarda tutiladi. Pedagogika fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida qayt 'etadi. 1.O‘zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijasiga qarab, davlat ta'lim standartlari qanday bajarilayotganligini nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi. 2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchi talabalarda bilimlar doirasi yana kengayadi. 3. O‘quvchi va talabalarda o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqishlar paydo bo‘ladi. Shu bois, o‘zlashtirishni nazorat qilish ta'lim tizimining ajralmas qismidir deymiz. Tajribada nazoratning yozma, og‘zaki va amaliy usullaridan unumli foydalanib kelinmoqda . Biz ham boshlang‘ich ta'lim uslubiyoti bo‘limi talabalari uchun matematika o‘qitish uslubiyoti fanidan mustaqil yozma - nazorat ishlari to‘plamini tuzib nazoratning yozma usulini tavsiya qildik. Mustaqil yozma nazorat ish oldidagi asosiy maqsad - bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining matematika o‘qitish uslubiyotidan uslubiy tayyorgarligini aniqlash, topshiriqlarni mustaqil bajarishga o‘rgatishdan iborat. 68 Mustaqil - nazorat ish 4 ta topshiriqni o‘z ichiga oladi. Bular: 1. Boshlang‘ich matematika kursida o‘tiladigan biror yangi materiallarni o‘rgatishga doir dars ko‘rinish fragmenti ishlanmasi. Dars konspektini tuzish. 2. Boshlang‘ich matematika darsliklarini tahlil qilish . Biror bir matematik tuShunchani o‘zlashtirish maqsadida turli ko‘rinishdagi mashqlar sistemasini tuzish. 3. Masala echishga o‘rgatish. Aniq ko‘rsatilgan masala ustida ishlash metodikasini yoritish. 4. Berilgan mavzu yuzasidan adabiyotlar ro‘yhatini tuzish, ularni o‘rganish, amaliy jihatdan ko‘p qo‘llaniladigan 3-3 ta maqolaga annotatsiya yozish. To‘plam topshiriqlarining ohirida mustaqil yozma nazorat ishni bajarish bo‘yicha metodik (uslubiy) ko‘rsatma berishni ham ma'qul topdik. Tuzuvchilardan Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling