Mavzu: Bulutli texnologiyalar. Reja


Hususiy bulut (Cloud) ni tashkil qilish


Download 50.96 Kb.
bet8/10
Sana28.12.2022
Hajmi50.96 Kb.
#1019604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
РИ-11-мавзу

Hususiy bulut (Cloud) ni tashkil qilish
Lekin shuni ham alohida ta‘kidlash kerakki, bir necha kun davomida raqamli transformatsiyaga erishish juda murakkab masala va fors-major holatlardagina muvaffaqiyatli amalga oshishi mumkin. Katta kompaniyalarda esa raqamli transformatsiya asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Accenture kompaniyasining texnologik strategiya amaliyoti bo’yicha menejeri A.Stepanov korporativ bulutli platforma yaratish talribasi bo’yicha o’z tajribasini o’rtoqlashgan. Bir oyda hizmatiga 25 mingdan ko’proq talab bo’lgan kompaniyada quyidagi muammolar bo’lgan: kompaniyaning 60% dan ortiq jihozlari ishlab chiqaruvchi tomonidan qo’llab-quvvatlanmay qolgan, kompaniya biznes yuritishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan tizimlar texnik jihatdan qo’llab-quvvatlanmay qolingan, texnik jihozlar ko’p davr mobaynida yangilanmagan va shuning uchun ham biznesning ko’payib ketgan vazifalarini eplay olmay qolgan. Huddi shu sabablar tufayli kompaniyaga yangi infratuzilma tashkil qilish zarur bo’lib qolgan.
Kompaniya o’z rivojlanishining optimal vektoriga ega bo’lish maqsadida joriy faoliyatiga bulutli (Cloud) platformani tadbiq qilish va uning vositasida biznesning va informatsion texnologiyalarning o’zaro aloqasini o’zgartirishga qaror qildi.
Bulutli texnologiyani tadbiq qilish qarori ushbu holda IT-resurslarni qayta ishlash jarayonining tezlashishi, iste’molchilar orasida quvvatlarning dinamik taqsimlanishi mumkinlgi, aktual masalalar uchun IT-resurslarni qaytadan ishlatish mumkinligi va servis sifatini buzmadan turib, hisoblash resurslarini mashtablashtirish mumkinligi tufayli qabul qilindi. Bulutli platformani tanlashning iqtisodiy afzalliklariga biznes tarkibiy qismlari o’zaro hisobkitoblarining shaffofligini, aniq billing qilish imkoniyatlarini, IT-infratuzilmaga bo’lgan sarf-harajatlarning ishlatilganiga qarab to’lanishi (pay as you go) kabilarni ko’rsatishimiz mumkin. Bu bilan bog’liq ishlar 2016 yil oktyabirda boshlangan bo’lib, texnik-iqtisodiy asoslash va jihozlarni tanlash uchun bir yarim oy muddat ketgan, chunki biznesga bulutli texnologiyalarga o’tishning afzalliklarini yotiqlik bilan tushuntirish kerak bo’lgan. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, bu ish juda ham muhim hisoblanadi, chunki ko’pchilik IT-loyihalar biznes uchun afzalliklar borligiga ishonch yo’qligi tufayli amalga oshmaydi. Texnik xujjatlarni, sarfharajatlarni va resurslarni hisobga olish modelini tuzish uchun to’rt oy talab qilingan. Shulardan so’nggina jihozlar yetkazib berilgan va o’rnatilgan, xususiy bulut ishga tushirilgan hamda informatsion tizimlarning unga joylashtirilishi boshlangan.

Download 50.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling