Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi


Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi


Download 1.26 Mb.
bet68/146
Sana26.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1656326
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   146
Bog'liq
9-sinf Kimyo 2017

Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:
Kimyoviy moddalar, jihozlardan foydalana oladi;
Kommunikativ kompetensiya:
inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy elementlar, moddalar, birikmalar haqida og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qilish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘yish, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va jamoaviy hamkorlikda ishlash.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
axborot manbalaridan anorganik, organik birikmalar, ular asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari haqidagi ma’lumotlarni izlab topish, ularni saralash va ulardan foydalanishda axborot xavfsizligi qoidalariga amal qilish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rgangan bilim va tajribalarini kundalik kuzatuvlar yordamida mustaqil ravishda oshirib borish, turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
fuqarolik burchini bilish va kimyoviy jarayonlar asosida yangi-yangi ishlab chiqarilayotgan kundalik turmush mahsulotlari haqida axborotga ega bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
sog‘lom turmush tarziga amal qilishda kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:

1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.


3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.


Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.

Metall qancha faol bo'lsa, u shuncha tez oksidlanadi. Aluminiy temirdan ancha faolroq bo'lsa-da, nima uchun u havoda barqaror?Elementlar davriy sistemasida joylashgan o'rni. Aluminiy davriy sistemaning III guruhi bosh guruhchasida 13-tartib raqami bilan joylashgan. Kimyoviy belgisi- Al. Nisbiy atom massasi 26,9815 ga teng. Aluminiy p-elementlar oilasiga kiradi. Atom tuzilishi. Aluminiyning tashqi elektron pog'onasida uchta elektron bor.


Kimyoviy reaksiyalarda uchta elektronini berib, aluminiy +3 zaryadlangan ionga aylanadi. Barcha barqaror birikmalarida +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Tabiatda tarqalishi. Aluminiy tabiatda eng ko'p tarqalgan metall bo'lib, Yer qobig'idagi massa ulushi 7,45 % ni tashkil etadi. Erkin holda uchramaydi. Tarkibida aluminiy tutgan 250 dan ortiq mineral borligi ma'lum. Aluminiyning asosiy qismi alumosilikatlar shaklida uchraydi.



A1 (+13) 2-8-3 ls2 2 s2 2 p63s23p1

Ts, °C

Tq, °C

D, g/sm3

E°, v

Kashf etilgan

660

2500

2,7

-1,66

X.K.Ersted, 1825

Aluminiy asosan quyidagicha ishlatiladi:Yengil qotishmalar Elektrotexnikada Maishiy turmushda Alum ino term iyada Po'lat va cho'yan sirtini qoplashda.Alumosilikatlar - anion sifatida tarkibiga aluminiy va kremniy, kationlar sifatida tarkibiga ishqoriy va ishqoriy-yer metallar kiradigan tuzlardir. Alumosilikatlarga dala shpatlciri K/J-Al/J/^SiO, yoki K(AlSi3Os), slyudalar K20-2H20-3Al2 O3-6Si02 yoki KAl2(AlSi3O10)(OH), kiradi. Alumosilikatlarning nurashi natijasida gillar hosil bo'ladi, masalan, oq gil - kaolin Al10/2Si01-2H10-Odatda, gillar qo'shimchalar tutadi. Korund mineralida aluminiy A12 O3 shaklida bo'ladi. Boksitlar - АЦО^пН.,0 tog' jinslari ham aluminiy tutadi. Ular tarkibida qo'shimcha sifatida temir, marganes, kremniy oksidlar bo'ladi. Aluminiy aluminiy oksid, boksitlar va nefelin (Na,K)10-Al1 O3-2Si01 yoki (K, Na) [AlSiOJdan olinadi.Aluminiy muskul to'qimasida 0.07-2.8-10 4 %, ilikda (4-27)-10 4 %, qonda 0,39 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 2,45 mg iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 61 mg miqdorda bo'ladi.Olinishi. Aluminiy elektrotermik usulda olinadi. Bunda suyuqlantirilgan kriolitda (Na3AlF6) erigan aluminiy oksid elektrolit bo'ladi. Bu suyuqlanmaga biroz miqdor aluminiy ftorid qo'shiladi. Bunday elektrolit elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Elektroliz 950°C da olib boriladi. Suyuqlanmadan 5-8 volt kuchlanishdagi, 80000 ampergacha tok kuchiga ega bo'lgan doimiy tok o'tkaziladi. Bunda katodda aluminiy, anodda kislorod ajraladi, kislorod ugleroddan tayyorlangan anod bilan ta'sirlashadi: Sanoatda ishlatiladigan elektrolizyor po'latdan tayyorlangan bo'lib, uning ichi ко'mir bilan qoplangan, ko'mir qatlami manfiy qutbga ulanib, katod vazifasini bajaradi. Suyuqlanmaga tepadan tushiriladigan qalin ko'mir plastinkalari anod vazifasini bajaradi. Anod vaqt o'tishi bilan yemirilib boradi, shuning uchun uni vaqti-vaqti bilan o'stirib almashtirib turiladi. Elektrolizyor uzluksiz ishlaydi. Aluminiy oksid ham elektro- lizyorga uzluksiz yetkazib beriladi. Har 2-3 sutkadan so'ng hosil bo'lgan aluminiyni vakuum yordamida kovshga quyib olinadi. Olingan aluminiy temir, kremniy va boshqa metall tabiatga ega bo'lmagan, gazsimon qo'shimchalar bilan ifloslangan holda bo'ladi; keyingi bosqichda uni qayta suyuqlantirish va elektroliz yo'li bilan tozalab olinadi.Aluminiy oksidni kriolit (Na3AlF6)ning suyuqlanmasidagi eritmasini elektroliz qilib aluminiy olishda chiqindi sifatida ftor va uning birikmalari ajralib chiqadi. Bu atrof-muhitni zaharli ftor birikmalari bilan ifloslantiradi.





Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling