Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja
Download 203.52 Kb.
|
Kechki maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- Falsafa olam va odam taraqqiyotining eng umumiy qonunlari, odamning olamdagi o‘rni to‘g‘risidagi fandir.
mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja: 1. Falsafa fanining predmeti, tadqiqot ob’ekti 2. Falsafa faninning asosiy muammolari 3. Dunyoqarash va uning tarixiy shakllari 4. Falsafa fanining boshqa fanlar bilan aloqasi 5. Falsafa fanining jamiyat hayotidagi o‘rni, pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati Adabiyotlar: 1. J tulenov “falsafa fani va uning xususiyatlari” birinchi bo‘lim-t, 2001 yil. 2. “Falsafa asoslari” masu muharrir. nazarov-t, “o‘zbekiston” n.m.i.u, 2005 yil, 6-35 betlar. 3. “Falsafa” m.ahmedova tahriri ostida-t, 2006 yil, 6-35 betlar. 4. I Karimo, m rustamova “falsafa fani tarixi va nazariyasi”-t, 2007 yil, 3-16 betlar. tayanch tushunchalar: dunyoqarash, mifalogik dunyoqarash, diniy dunyoqarash, ilmiy falsafiy dunyoqarash, falsafa, ontologiya, gnosealogiya, metadalogiya, antrapologiya, monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm aksialogiya. 1. Falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimgi ilmlardan bo‘lib, u olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo‘qlik kabi ko‘plab muammolar to‘g‘risida bahs yuritadigan fandir. Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi “filosofiya” so‘zidan olingani va u “donishmandlikni sevish” degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi. falsafa qadimgi yunoistonda er.avvalgi 7 asrlardayoq fan sifatida shakllana boshlagan . falsafa atamasini ilk bor buyuk matematik olim pifagor qo‘llagan , ya’ni ilmiy termin sifatida olib kirgan. Falsafa fan sifatida borliqni , ya’ni tabiat , jamiyat, inson uning taraqqiyotining eng umumiy muammolarini o‘rganadi. Falsafa olam va odam taraqqiyotining eng umumiy qonunlari, odamning olamdagi o‘rni to‘g‘risidagi fandir. falsafa faninning tarkibiy qisimlariga quyidagilar tashkil qiladi: ontologiya-borliq va uning rivojlanishi to‘g‘risidagi ta’limot gnosealogiya-bilish nazariyasi metadalogiya-olamni bilish usullari xaqidagi ta’limot antrapalogiya- inson falsafasi 2. Falsafaning eng muhim va azaliy muammosi–odamning olamga munosabati, olam va undagi narsalarning mohiyatini anglashdir. falsafiy qarashlar tarixida monizm, dualizm va plyuralizm kabi qarashlar shakllangan. monizm-olamning asosida yakka, bitta asos yotadi deyuvchi ta’limot, dualizm- olamning asosida ikkita narsa yotadi deguvchi ta’limot, plyuralizm-olamning asosi ko‘p narsalardan tashkil topgan deguvchi ta’limot. 3. Dunyoqarash- insonning olamga faol munosabati bo‘lib, u olmni va o‘zini anglash jarayonida shakllanadi. dunyoqarash insonning olam xaqidagi xilma-xil qarashlar majmui. dunyoqarashning uchta tarixiy tiplari mavjud: Mifalogik dunyoqarash-olamni, olamdagi voqea hodisalarni turli miflar orqali tushunish, tasavvur qilish. bu dunyoqarash insoniyat taraqqiyotining eng quyi bosqichlariga to‘g‘ri keladi. Diniy dunyoqarash-olamni ilohiy kuchlar tahiri (ya’ni xudo va mo‘jizaga bog‘lab tushuntiradi). Falsafiy dunyoqarash-olamni fan va aqlga asoslangan xolda tushuntirish. 4. Falsafa fani uzoq tarixiy davrni bosib o‘tdi olamni bilish ehtiyoji undan turli fanlar ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi. tabiatshunoslik va jamiyatshunoslik fanlarining shakllanishiga ilg‘or falsafiy qarashlar qanchalik ijobiy tahir ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘z navbatida boshqa fanlar, hatto siyosiy va mafkuraviy qarashlar ham tarixan falsafiy qarashlarga o‘z tahirini o‘tkazib kelmoqda. Boshqa xususiy fanlar ma’lum bir fanga yoki sohaga tegishli bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rgansa, falsafa esa o‘sha xususiy fanlarda erishilgan barcha yutuqlarga tayanib eng umumiy xulosalar chiqaradi va eng umumiy qonuniyatlarni tadqiq etadi, demak falsafa barcha fanlar bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanadi. 5.Falsafa fanining jamiyatdagi o‘rni uning funksiyalarida aks etadi. Falsafa fanining funksiyalarini quyidagilar tashkil etadi: Dunyoqarashlik; Gnoseologik; Metodologik; Tarbiyaviy; Praksiologik. Download 203.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling