Mavzu: ingliz tilida sinonimiya va omonimiya hodisasi


Tadqiqot obyekti va predmeti


Download 217.2 Kb.
bet3/27
Sana20.06.2023
Hajmi217.2 Kb.
#1637371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Abdulfayzova Orzigul Magamadaminovna

Tadqiqot obyekti va predmeti:Mazkur tadqiqot ishining predmeti- zamonaviy ingliz tilining sinonimiya va omonimiya hodisasi hisoblanadi.
Tadqiqot ishining obyektisifatida ingliz va o‘zbek tilidagi sinonim va omonimlar olindi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Magistirlik dissertatsiyasining maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida sinonimiya va omonimiya hodisasini leksik –semantik hamda fonetik –struktur tadqiq etish,ingliz tilida leksik sinonimiya va omonimiya manbalarini o‘rganilishi va paydo bo‘lish xususiyatlari va omillarini ochib berishdan iboratdir.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
-sinonim va omonim turlari,ularning etimologik tarkibi va ular sonining etimologiyasi bilan bog‘liq o‘sish omillarini tadqiq qilish;
-ingliz tilining lug‘at birliklari o‘rtasida sinonim va omonim munosabatlarini tadqiqi;
-qiyoslanayotgan tillarda sinonim va omonimlarning semantik xususiyatlari va klassifikatsiyasini o‘rganish;
Dissertatsiyaningilmiy yangiligi quyidagidan iborat:
Ingliz va o‘zbek tillaridagi sinonimiya va omonimiya hodisasining leksikva fonetik xususiyatlarini aniqlash, shuningdek,semantik xususiyatlarini o‘rganish.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari:
Ilmiy tadqiqot mavzusini yoritib berishda nazariy fikrlarni tahlil qilindi va deduktsiya usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot mavzusi bo ‘yicha adabiyotlar sharhi(tahlili):
O‘zbek va ingliz tilida N.Mahmudov, H.Dadaboyev, A.Nurmonov, Sh.Safarov, B.Mengliyev, D.Xudoyberganova, M.Hakimov, M.Yuldashev, X.Аbduraxmonov,A.Rafiev,А.Аbjalova,Sh.Safarov,R.Sayfullayeva,A Xojiyev,
Sh.Rahmatullayev,Sh.Shoabdurahmonov,M.Ahronqulova,M.Mirzayev,
N.Erkaboyeva va boshqalar tomonidan yaratilgan adabiyotlarda sinonimiya va omonimiya hodisalari haqida to‘xtalib o‘tilgan. Rus va xorijiy olimlardan sinonimiya va omonimiya hodisasi haqida I.V.Arnold, T.I.Krasikova, K.Ya.Averbux, O.S.Axmanova, V.V.Vinogradov,H.Alshaw, J.R.Anderson, V.D.Arakin,R.T.Bell,G.Brewka,D.Acrystal va boshqalar o‘z ilmiy izlanishlar olib borgan.
Bu tadqiqotlar ta’lim sohasi rivojlangan mamlakatlarda tilshunoslikning umumiy muammolari va ularni tizimli o‘rganish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ingliz va o‘zbek tilida sinonimiya va omonimiya hodisasi Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida ham mavjud.

Download 217.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling