Mavzu: Kirish. Fanning mazmuni, maqsadi va vazifalari. Parallel xisoblash tizimlari. Reja


Download 0.52 Mb.
bet3/12
Sana01.11.2021
Hajmi0.52 Mb.
#170088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ma’lumotlar parallelizmi

Informatsion grafning qo’shni graflari bilan bog’lovchi bir nechta chiziqlarining mavjudligi bitta operatsiyani birvarakayiga bir nechta ma’lumotlar (massivlar) elementlari uchun qo’llashni anglatadi. Bunday massivning turli fragmentlari vektorli protsessorda yoki xar xil parallel xisoblash tizimlarida qayta ishlanishi mumkin. Ushbu yo’nalish doirasida vektorlash yoki parallellashtirish translyatsiya paytida amalga oshiriladi. Bunda dasturchidan parallel ilovalarni ishlab chiqishda quyidagilar talab qilinadi:



  • Translyatorga parallel yoki vektorli optimalliklarini kiritish;

  • Parallel kompilyatsiyalar direktivini kiritish;

  • Parallel xisoblash uchun mo’ljallangan maxsus dasturlash tillari, kutubxona qism dasturlari, aniq arxitekturali maxsus ishlab chiqarilgan kompyuterlar va bu arxitekturalar uchun optimizatsiyalarni qo’llash;

Mazkur yondoshuvning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • Ma’lumotlarni qayta ishlanishi bilan bitta dastur shug’ullanadi;

  • Nomlar muxiti global xisoblanadi;

  • Massiv elementlari ustida olib boriladigan parallel operatsiyalar mavjud ishlayotgan protsessorlarning dasturlarida bir vaqtda amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarning parallelizmi asosida dasturlashda ko’pincha maxsus tillardan foydalaniladi – DVM Fortran, HPF (High Perfomance Fortran) va boshqalar. Ma’lumotlar parallelizmi modelini tadbiq etish parallelizmni translyator darajasida qo’llab-quvvatlash talab qilinadi. Bunday qo’llab-quvvatlashni quyidagilar ta’minlashi mumkin:

  • Mavjud ketma-ket translyatorlar va parallel algoritmik konstruktsiyalarni tadbiq etgan maxsus kutubxonani qo’llovchi protsessorlar;

  • Dasturning mantiqiy strukturasi, bog’liqlikni tekshirish va cheklangan parallel optimizatsiyalarni oldindan taxlil qiluvchi oldingi translyatorlar;

  • Parallelizmni dasturning chiqish kodida namoyon etish va uning o’zgarishini parallel konstruktsiyalarda amalga oshiruvchi parallellashtiruvchi translyatorlar.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling