Mavzu: Kolloid sistemalarning barqarorligi va koagulyatsiyasi


Download 27.33 Kb.
bet1/4
Sana13.11.2023
Hajmi27.33 Kb.
#1769965
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Kolloid sistemalarning barqarorligi va koagulyatsiyasi


Mavzu: Kolloid sistemalarning barqarorligi va koagulyatsiyasi





  1. Dispers sistemalarning agregativ va sedimentatsion barqarorligi.

  2. Kolloid sistemalar koagulyatsiyasi va unga ta`sir etuvchi omillar.

  3. Tez koagulyatsiya (Smoluxovskiy)nazariyasi.

  4. Elektrolitlar aralashmalari ta`sirida bo`ladigan koagulyatsiya kolloidlarning qayta zaryadlanishi va o`zaro koagulyatsiya.

  5. Koagulyatsiya ostonasini aniqlash.

1. Dispers sistemalarning agregativ va sedimentatsion barqarorligi.

Dispers faza bilan dispersion muxit orasida kuchsiz o`zaro ta`sir mavjud bo`lgan liofob kolloid sistemalar beqaror bo`lib, vaqt o`tishi bilan ularning disperslik darajasi o`zgaradi, ya`ni yiriklashadi. Yiriklashish jarayonining tezligi turli kolloid sistemalarda turlicha bo`ladi.


Liofob zollarda disperslik darajasining kamayishi ikki yo`l bilan sodir bo`lishi mumkin:

  1. qayta kristallanish natijasida mayda zarrachalardan yirik zarrachalarga birikish yoki singish jarayoni sodir bo`lsa;

  2. dispers faza zarrachalarining bir-biriga yopishib yiriklashuv natijasida.

Kolloid zarrachalarni molekulyar kuchlar ta`sirida o`zaro birlashib yiriklasha borish jarayoni koagulyatsiya deyiladi. Yiriklashish jarayoni ba`zi kolloidlarda juda tez, ba`zilarida ancha sekin boradi. Koagulyatsiyaga uchragan sistemada dispers faza zarrachalari suyuqlik va qattiq jismni solishtirma massalariga qarab idish tubiga cho`kishi (sedimentatsiya) yoki emul’siyadan iborat suyuq qavat xolida ajrab qolishi (koatservatsiya) deyiladi. Dispers fazasining zarrachalari og’irlik kuchi ta`sirida sezilarli darajada cho`kmaydigan dispers sistemalar sedimentatsion barqaror sistemalar deyiladi. Professor N.P.Peskov fikricha, dispers sistemalarning barqarorligi ikki xil: agregativ va kinetik (yoki sedimentatsion) bo`ladi.
Dispers sistemaning agregativ barqarorligi dispers sistemaning o`ziga xos disperslik darajasini saqlash, ya`ni koagulyatsiyaga uchramaslik xususiyatidir. Agregativ barqarorlikni sababi ikkita:

  1. Kolloid zarrachalar bir xil zaryadga ega bo`ladi;

  2. Kolloid zarrachani erituvchining molekulalari qurshab olib, zarracha atrofida sol’vat qobiqlar xosil qiladi. Sistemaning agregativ barqarorligi, zol’ tarkibiga, uning zarrachalari tuzilishiga va kolloid eritma qanday xolatda ekanligiga bog’liqdir.

Dispers sistemaning sedimentatsion barqarorligi dispers faza zarrachalarining og’irlik kuchi (yoki markazdan qochuvchi kuch) ta`sirida dispersion muxitdan ajralmaslik qobiliyatini ko`rsatadi.
Sedimentatsion barqarorlik diffuziyaga va Broun xarakatiga bog’liq. Zarrachalarning dispersion muxitdan ajralib chikish tezligi xam ularning Broun xarakatining intensivligiga va solishtirma massasiga bog’liq.
Suspenziya va emul’siyalarda zarrachalarni o`lchamlari ancha katta bo`lganligidan ular o`z-o`zicha xarakat qila olmaydi, ya`ni ularda diffuziya deyarli sodir bo`lmaydi. SHuning uchun suspenziya va emul’siyalar sedimentatsion jixatdan barqaror emas. Demak, dag’al dispers sistemalar sedimentatsion jixatdan barqaror bo`lmagan mikrogeterogen sistemalardir.
Kolloid eritmaning disperslik darajasi yuqori bo`lganidan ularning mitsellalari o`z-o`zicha xarakat qila oladi, ya`ni kolloid eritmalarda diffuziya sodir bo`ladi. SHuning uchun kolloid eritmalar sedimentatsion jixatdan barqarordir. Lekin kolloid eritmadagi zarrachalar xar xil ta`sirlar ostida bir-biri bilan birikib yiriklasha oladi va kolloid sistemaning disperslik darajasi kamayadi. Natijada, sistema o`z barqarorligini yukotadi. SHuning uchun kolloid sistemalar agregativ barqaror bo`lmagan ul’tramikrogeterogen sistemalardir.
CHin eritmalarda zarrachalar bir-biriga qo`shilib yiriklashmaydi, bu eritmalarda zarrachalar o`z-o`zicha xarakat xam qiladi. Demak, chin eritmalar agregativ va sedimentatsion barqaror gomogen sistemalardir.

Liofob kolloidlarning agregativ barqarorligi xaqidagi tasavvurlarni 5 ta guruxga bo`lish mumkin:





  1. Ionlar yordamida barqarorlashgan liofob kolloidlarning agregativ barqarorligi.

  2. Liofob kolloidlarning struktura-mexanik omillar tasiridagi barqarorlik.

  3. Zarrachalarni sol’vatlanishi natijasidagi barqarorlik.

  4. Sistemani termodinamik xossalaridan kelib chiqadigan barqarorligi. Bunda sistemaning entropiya omili sababchi bo`ladi.

  5. Sferik (fazoviy) omillar xaqidagi barqarorlik.




Download 27.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling