Mavzu: Mamuriy hujjatlarni asosiy vazifasi va tayyorlanish bosqichlari


Gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlar


Download 21.62 Kb.
bet5/5
Sana10.02.2023
Hajmi21.62 Kb.
#1187205
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mamuriy hujjatlarni asosiy vazifasi va tayyorlanish bosqichlari

Gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlarda bir tomonning ikkinchi tomonga nisbatan yuridik-hokimiyat irodasining ustunligi mavjud emas. Ma'lum bir ma'noda, gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlarda tomonlar teng hisoblanadi. Gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlar vertikal ma'muriy-huquqiy munosabatlar singari ko`p tarqalgan emas. Chunki ular qaysidir ma'noda ma'muriy-huquqiy tartibga solish doirasidan chetga qolgan. Lekin davlat boshqaruvi sohasida bunday munosabatlarning vujudga kelishi mumkin.

Ma'muriy-huquqiy munosabatlarda tomonlarning tengligini tan olish – ma'muriy-huquqiy tartibga solishning mazmuniga, shuningdek, ma'muriy-huquqiy munosabatlarning xususiyatlariga to`g`ri kelmaydi. Shu sababli bunday munosabatlarning boshqaruv sohasida vujudga kelishi shubha ostiga olingan. Lekin boshqaruvdagi gorizontallik xususiyatini to`g`ri anglaganda, bunday shubhalarga o`rin qolmaydi. Bu uchun quyidagi xususiyatlarga e'tibor qaratish lozim:



birinchidan, tomonlar o`rtasida bo`ysinuvning mavjud emasligi, tomonlarning bir xildagi huquqiy darajaga ega ekanligi, yuridik tenglikning formal emas, balki haqiqatda mavjud bo`lishi;

ikkinchidan, boshqaruv munosabatlarida bu ikkala xususiyat (bo`ysinuvning mavjud emasligi va yuridik tenglik)ning bir vaqtda mavjud bo`lishi;

uchinchidan, bir tomonning ikkinchi tomonga qaratilgan yuridik-hokimiyat irodasining bo`lmasligi.

Davlat boshqaruvi sohasidagi ma'muriy-huquqiy munosabatlar o`rtasida gorizontal munosabatlarni ajratib olish mushkuldir. Chunki ular vertikal munosabatlar singari yaqqol namoyon bo`lmaydi. Lekin boshqaruv amaliyotiga asoslanib, gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:






  • bevosita boshqaruv ta'siriga ko`maklashuvchi munosabatlar. Bu munosabatlar vertikal munosabatlarga xizmat qiladi, ya'ni bir tomonlama yuridik-hokimiyat qarorini qabul qilish uchun shart-sharoitlar yaratib berishga qaratiladi. Gorizontal munosabatlar bir darajada bo`lgan boshqaruv subyektlari o`rtasida vujudga keladi. Masalan, birgalikda normativ hujjatni qabul qilish uchun tayyorgarlik ko`rish; hamkorlikda boshqaruv harakatlarini amalga oshirish; birgalikda qo`shma tadbirlarni (majlislarni) olib borish; idoralararo, maslahat yoki muvofiqlashtiruvchi kengashlarni tashkil etish bo`yicha munosabatlar;


  • bevosita boshqaruv ta'siri amalga oshirilgandan keyin vujudga keladigan munosabatlar, ya'ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan qarorning samarali ijro etilishiga sharoitlar yaratib berish bo`yicha vujudga keladigan munosabatlar;


  • ma'muriy-protsessual xususiyatdagi munosabatlar. Bunday munosabatlarda ham tomonlar teng huquqli darajaga ega bo`ladi. Masalan, fuqarolarning shikoyatlarini, ma'muriy huquqbuzarlik ishlarini ko`rib chiqish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. Bu munosabatlarning mazmunini ma'muriy-huquqiy nizolarni ko`rib chiqish tashkil etadi;

Download 21.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling