Мавзу: Математика дарсларида геометрия элементларини ўргатишда компьютер технологияларидан фойдаланиш


Download 193.92 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi193.92 Kb.
#1559292
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1- sinf oʻquvchilarida geometrik tushunchalarni oʻrgatish metodikasi

Tadqiqot ishining maqsadi: 1- sinf o'quvchilariga geometriya elementlarini o’rgatishning ilmiy-pedagogik asoslarini o’rganish va 1- sinfda geometriya elementlarini o’rgatish samaradorligini oshirishga qaratilgan shakl va metodlarni ishlab chiqish.
Tadqiqot ishining obyekti: 1- sinflarda geometriya elementlarini о‘rganish metodikasida geometrik figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlar haqidagi tasavvurlar tizimini tarkib toptirish jarayoni.
Tadqiqot ishining predmeti: 1- sinflarda geometriya elementlarini о‘rganish darslarining samaradorligini oshiruvchi metod va vositalar.
Tadqiqot ishining ilmiy-farazi:
Agar:
-1- sinf o’quvchilariga geometriya elementlarini o’rgatishning ilmiy-pedagogik asoslari o’rganilib, o’quvchilarning geometriyaga oid bilimlarini boyitishning mazmuni, metod va vositalari takomillashtirib borilsa;
- o‘quvchilarga geometriya elementlari o’rgatishda aniqlik, onglilik, ko’rgazmalilik hamda kundalik hayot bilan bog’liqlik ta’minlansa;
- ta'lim jarayoni o'quvchilarga geometriya elementlarini o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, turli noan’anaviy usullar, interaktiv metodlar, didaktik o’yinlar hamda AKT vositalaridan o’rinli foydalanib tashkil etilsa;
- 1- sinflarda о‘rganiladigan eng sodda geometrik elementlarni kо‘rgazmalilik asosida о‘qitish shu elementlar bilan bog‘liq bо‘lgan yuqori sinf geometriya kursida о‘qitiladigan fazoviy figuralar va ularning xossalarini о‘rganishda о‘quvchilarning matematikadan olgan bilimlarining sifat kо‘rsatkichi yuqori bо‘lishi e’tiborga olinsa kutilgan samaradorlikka erishish mumkin.
Tadqiqot ishining vazifalari:
1. Muammoga doir nazariy manbalarni o'rganish;
2. O'quvchilarga geometriya elementlarini o’rgatishning mavjud holatini o'rganish;
3. Ta'lim jarayonida o'quvchilarga geometriya elementlarini o’rgatish imkoniyatlarini aniqlash;
4. O'quvchilarga geometriya elementlarini o’rgatishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Download 193.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling