Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Mavzu: Dunyo okeanining atmosfera va quruqlikka ta’siri


Download 1.14 Mb.
bet25/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Mavzu: Dunyo okeanining atmosfera va quruqlikka ta’siri
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga dunyo okeanining atmosfera va quruqlikka ta’siri haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda estetik didni shakllantirish, axloqiy va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarning dunyo okeani haqidagi tushunchalarni shakllantirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
Yer yuzi tabiati, aholisining hayoti va ishlab chiqarish faoliyatini tadqiq etishning zamonaviy usul va texnik vositalari haqida tasavvurga ega bo‘lish; aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza olish, hisob-kitob bilan ish yuritish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :
A2
geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
Xarita bilan ishlash
Quyidagi foydali qazilma boyliklarining qaysi hududlardan olinishini ayting va xaritadan ko’rsating
1) Neft 2) Gaz 3) Toshko’mir
Yangi mavzu bayoni:
Dunyo okeani Yerning barcha qobiqlari bilan muntazam o‘zaro aloqada bo‘lib, sayyoramiz tabiatiga kuchli ta'sir etib turadi. Dunyo okeanining atmosfera, litosfera, biosferalar bilan doimiy o‘zaro ta'siri natijasida «okean-atmosfera-quruqlik» tizimi tarkib topgan. Bu tizimda modda va energiya almashinuvi kuzatiladi. Tizimdagi moddalarning harakatini ta'minlaydigan qudratli kuch quyosh energiyasidir. Dunyo okeani Yer yuzasiga Quyoshdan kelayotgan issiqlikning 70% ini yutadi. Natijada okean issiqlik «akkumulatori» ga aylanadi va atmosferani ilitib turadi, bug‘ holatidagi namlik bilan ta'minlaydi, quruqlikka va barcha suv havzalariga yog‘in beradi. Quyosh energiyasi ta'sirida harakatga kelgan «issiqlik mashinasi» butun Yer yuzasi bo‘ylab «okean-atmosfera-quruqlik» tizimida issiqlik va namlik taqsimotini ta'minlaydi. «Issiqlik mashinasi»ning harakat yo‘nalishi, tezligi kabi xususiyatlariga Oy va Quyoshning tortishi hamda Koriolis kuchi, Yerning ichki energiyasi, hatto antropogen omil ham ma'lum miqdorda ta'sir etadi. Oqibatda tabiatda turli xil jarayonlar yuzaga keladi. Okeanning atmosfera va quruqlikka ta'sir etishida havo massalarining o‘rni katta. Okean quyosh issiqligini to‘playdi, ularni dengiz oqimi turli kenglik va uzoqliklarga olib ketadi, atmosferani ilitadi. Shu bilan birga, haroratning farqlari tufayli turlicha bosimli hududlar hosil bo‘ladi. Natijada okean va atmosferaning o‘zaro ta'sirini bog‘lovchi shamollar yuzaga keladi. Agar havo massalari okean yuzasida hosil bo‘lsa, dengiz havo massalari, aksincha, quruqlik ustida hosil bo‘lsa, kontinental havo massalari deb ataladi. Bu havo massalari «okean-quruqlik» tizimida issiqlik va sovuqlikni tashuvchi vosita vazifasini bajaradi. Okean bilan quruqlikning o‘zaro ta'siriga mussonlar tipik misoldir. Bu mavsumiy shamollar okean va materik chegarasidagi katta maydonlarda harakatlanadi va quruqlik tabiatining o‘ziga xos bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling