Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet85/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Uyga vazifa: 117 - 118 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.


6-sinf Geografiya
Mavzu: Issiq iqlim mintaqalari


Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga issiq iqlim mintaqalari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarga estetik va ekologik tarbiya berish, tabiat ne’matlarini asrashga o’rgatish
v) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stirish, tasavvurlarini oshirish
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
o‘rganilgan materik va okeanlarning geografik o‘rni va tabiiy sharoiti (Antarktida va Antarktika orasidagi farqi) haqidagi ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Qutbiy iqlim va qoplama muzliklarning vujudga kelish sabablarini, qutbiy muz sahrolarining xususiyatlarini tushunadi va izohlay oladi.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt


Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash


O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Nega sovuq iqlim mintaqalari deb atalgan?
2) Mo’tadil iqlim mintaqasida iqlimning qanday tiplari bor?
3) Bu mintaqalarda harorat va yog’inlar miqdori kenglik va uzoqlik bo’ylab qanday o’zgaradi?
4) Mintaqalarda yillik yog’in miqdori qancha?
Yangi mavzu bayoni:
Yevrosiyoning issiq iqlim mintaqalari subtropik, tropik, subekvatorial (2 ta) va ekvatorial iqlim mintaqalaridan iborat.
Subtropik iqlim mintaqasi materikning g‘arbidagi Pireney yarimorolidan to Tinch okean sohiligacha bo‘lgan polosani egallaydi. Yozda tropik havo va qishda mo‘'tadil kenglik havo massalari hukmronlik qiladi. Materik ichkarisida yozda tropik havo massalari ta'sirida harorat +30°C, +35°C gacha ko‘tariladi, havo ochiq bo‘ladi, yomg‘ir juda kam yog‘adi. O‘rta dengiz sohillarida qish juda iliq bo‘ladi. Yomg‘ir tez-tez yog‘ib turadi, havoning o‘rtacha harorati hamma joyda 0°C dan yuqori. Yomg‘irni Atlantika okeanidan esadigan g‘arbiy nam shamollar keltiradi. Bu subtropik iqlim mintaqasi O‘rta dengizbo‘yi iqlimidir. Shuning uchun o‘simliklar vegetatsiyasi (o‘sishi) yil davomida to‘xtamaydi.G‘arbdan sharqqa materik ichkarisi tomon borgan sari havoning namligi kamayib, kontinentalligi orta boradi. Natijada subtropik mintaqaning o‘rta qismida subtropik kontinental iqlim tarkib topadi. Bu yerda yoz juda issiq va quruq, qish esa ancha sovuq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kam, 100-150 mm atrofida yog‘adi. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning janubiy qismlari iqlimi ana shunday iqlimga to‘g‘ri keladi. Materikning sharqiy Tinch okean sohilidagi subtropik mintaqada mavsumiy shamollar ta'sirida subtropik musson iqlimi vujudga keladi. Yozda okeandan esadigan havo massalari ko‘p miqdorda namgarchilik keltiradi. Qishda materikning ichki qismidan sovuq havo esadi va harorat 0°C gacha pasayishi mumkin.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling