Mavzu: Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari Kirish Asosiy qism


Download 124 Kb.
bet18/25
Sana19.04.2023
Hajmi124 Kb.
#1365352
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
1. Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari.

TAMARAXONIM

(1906-1991)

Tamaraxonim aslida arman farzandi, Boku ishchisi Ar­tyom Petrosev - uning otasi bo`lib, 1905 yilgi revolyutsiyadan so`ng Turkistonga surgun qilingan va Farg‘ona muzofotining Gorchakovo stansiyasiga kelib ishchi bo`lib ishlagan. Tamaraxonim shu yerda Marg‘ilonning Gorchakovo temir yo`l bekati yonidagi «Pichoqchi « mahallasida dunyoga kelgan.

Oilada 5 qiz bo`lib, ularning uchtasi Tamaraxonim,

Gavharxonim, Lizaxonimlar san’atkor bo`lib yetishdilar. Barchalari xalq artisti unvoniga sazovor bo`ldilar. Tamaraxonimni va singillarini dastlab sahnaga olib chiqqan ustoz Yusufjon Qiziq Shakarjonov bo`ldi. 13 yoshli Tamaraxon boshiga paranjini yopinib, singillarini yetaklab xovlima-xovli yovuz kuchlardan o`zini yashirib, tandirchilar mahallasidagi Yusufjon qiziq hovlisiga kelib, lapar, qo`shiq va raqslar o`rganib ketardi. Ustoz Tamaraxonga o`zbek lapar yallalarini raqsga tushirtirib o`rgatardi. 1926 yilda Marg‘ilonda tashqil etilgan o`zbek davlat etnografik ansambliga jalb qilinib, u yerda Muhiddin Qori Yoqubov, Usta Olim Komilov, To`xtasin Jalilov singari ustozlardan ta’lim oldi. So`ngra umr yo`ldoshi Muhiddin Qori Yoqubov bilan Moskvada o`qidi. Ular birga duetlar ijro etardilar. 1925 yilda Parijda jahon festivalida qatnashdilar. So`ngra jahon bo`ylab Tamaraxonimning gastrol konsertlari boshlandi. U 60 dan ortiq davlatlarda bo`ldi. 70 dan ortiq tilda qo`shiq kuylab, raqsga tushdi. Tamaraxonim lapar janriga asos solgan raqqosadir. Bu janrda lapar ijrosi raqs bilan uyg‘unlashib ajoyib bir joziba baxsh etadi.

1935 yilda Londonda 1 xalqaro festivalning oltin medaliga sazovor bo`ldi. Bu medalni Angliya qirolichasining qo`lidan olish baxtiga muyassar bo`ldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida frontchi san’atkorlar truppasida madaniy xizmat qiladi, kapitan harbiy unvoniga sazovor bo`ladi. Tamaraxonim filarmoniyalar qoshida bir necha ashula va raqs ansambllarini tuzdi va umrining so`nggi nafasigacha ijod qildi. 90 yoshida Toshkentda vafot etdi. Unga «O`zbekiston xalq artisti» fahriy unvoni, orden va medallar berilgan. 2001 yilda Prezidentimizning farmoni bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi. Toshkent shahrida uning uy muzeyi ishlab turibdi. Bu muzeyga turli millat raqslariga mansub kostyumlar, shaxsiy buyumlar, turli yillardagi afisha va rasmlar qo`yilgan bo`lib, xalqning ziyoratgohiga aylangan.




Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling