Mavzu: Nutq odobi va kasb etikasi


Download 37 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi37 Kb.
#1386840
1   2   3
Bog'liq
X modul. Nutq odobi va etiket. Mavzu Nutq odobi va kasb etikasi

Kasb etikasi


Kasb etikasi deganda biz nimani tushunamiz? Kasb etikasi nima uchun kerak va u qanday maqsadlarda o‘rganiladi?
Etika bo‘yicha izohli lug‘atda ushbu tushuncha ma’nosi quyidagicha:
«Kasb etikasi (yoki kasbiy axloq) — bu odamlaming kasb faoliyatidan kelib chiqadigan o‘zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatlardir».
Bunday qonuniyatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi inson axloqi yo‘nalishlaridan birini aks ettiradi, chunki ular shaxs qadrini va shaxslararo munosabatlarda odamiylikning yuzaga kelishiga yordam beradi.
Axloqiy talablar umumiy bo‘lishiga qaramay, ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor normalari vujudga kelmoqda. Masalan, tibbiyot xodimi o‘z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, insonning jismoniy va ma’naviy sog‘lig‘i uchun kurashishi va kerak bo‘lsa, bunda o‘zini ham ayamasligi lozim.
Tibbiyot etikasi doirasiga kasallikni oshkor qilmaslik, hayot uchun muhim bo‘lgan organlarni transplantatsiya (ko‘chirib o‘tkazish) qilish sharoitlarini ta’minlash, genetik nazorat tajribalarini o‘tkazish kabi masalalar kiradi.
Huquq vakillaridan kasb etikasida qonunga sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligi tamoyiliga rioya qilish talab qilinadi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida esa, avvalambor, muomala madaniyati, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan diqqat-e’tibor asosiy o‘rinda turadi.
Hammamiz mijoz sifatida kichik do‘kon yoki supermarket, qimmatbaho restoran yoki kichik kafe, kinoteatr yoki sartaroshxonalarga kirib turamiz. Ba’zilariga tez-tez kiramiz ba’zilariga esa umuman kirmay o‘tib ketamiz. Nimaga? Axir mollar hamma do‘konlarda deyarli bir xil-ku?
Chunki biz xizmat qiluvchi shaxslarning qanday munosabatda bo‘lishlarini, nozik bir tarzda sezib turamiz. Bir joyda savdo xodimi kulib turib muomala qilsa, boshqa joyda uning qo‘pollik bilan javob berishining guvohi bo‘lamiz.
Ba’zan mehmonxona yoki restoranlarda mijozlar xizmat qilayotgan idora xodimlariga nisbatan yetarli darajada hurmat bilan emas balki, ularga xuddi o‘zlariga tobe bo‘lgan odamlar sifatida qarashlari mumkin.
Bunday vaziyatda idora xodimlari xizmat ko‘rsatish sohasi faoliyatlari xususiyatlaridan kelib chiqib, mijozlar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishlari shart.
Muomalada iltifot bu o‘z sha’nini saqlab qolmoq demakdir.
Vazminlik deganda biz o‘zining xulqi va xatti-harakatlari orqali birovning sha’ni va obro‘siga putur yetkazmaslik, boshqalarning ahvolini tushunish, birovning xarakter xususiyatlarini inobatga olish, shaxsning psixologik va milliy alomatlari, ruhiy holati, individualligini bilish, har bir kishiga nisbatan mavjud vaziyatlardan kelib chiqqan holda munosabat shakllarini va yondashuvini tanlashni tushunamiz.
Xizmat doirasida ham, shaxsiy munosabatlarda ham vazminlik, nazokat savol berishda, javob qaytarish, maslahat berib, tanbeh berish, ko‘rsatma berib ijro etishda o‘z aksini topadi. Aks holda suhbatdoshning xafa bo‘lishi, norizolik kuzatilishi mumkin.
Vazminlik, xushfe’llik — o‘zgalar fikrini hurmat qilish, ularga nisbatan sabr-toqatli bo‘lishni anglatadi. Odamlar bilan og‘ir bosiqlik bilan muomalada bo‘lish ularning bir-birlarini yaxshi tushunishlariga va ular orasida to‘g‘ri munosabatlarning shakllanishiga olib keladi. Vazminlik, xushfe’llik mehmonxona va restoranlarda zarurdir, chunki bu joylardagi idora xodimlari mehnat jarayoni davomida turli odamlar bilan har xil munosabatga kirishiladi.

Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling