Mavzu: nutqning to’G’riligi, aniqligi, mantiqiy izchilligi, sofligi, ta’sirchanligi va nutqda bularga rioya qilish reja
Download 230.15 Kb.
|
D.T. (1)
Hujjatlarni me'yoriy shartlari.
Rekvizitlar tarkibi va ularning blankada joylashuvi Davlat standard orqali belgilab qo'yilgan. Blankalar ikki xil bo'ladi: xatlar uchun moljallangan blankalar va tashkiliy-rahbarlik hujjatlar uchun moljallangan blankalar. Bir yil davomida 200 dan ortiq bir turdagi hujjatlarni tayyorlashga to'g'ri kelsa, blankalar tayyorlanishi mumkin Hujjat blankalarida sarlavxa qismi rekvizitlari markazi (varaq chetlaridan uzoqlashtirilgan) va yonbosh (rekvizitning har bir qatori varaqning chegara chizig'idan) yoziladi. Davlat tamg'asi tasviri varaqning o'rta qismining yuqori chetiga joylashtiriladi. Uning oichami 20 mm.dan oshmasligi kerak. Yuqori turgan tashkilot nomi to'liq yoki qisqartirilgan holda huquqiy hujjatlarda ko'rsatilishicha yoziladi. Tashkilot tamg'asi shu tashkilot faoliyati xususiyatlariga mos kelishi va belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan bo'lishi lozim. Tashkilot tamg'asi uning nomi bilan bir qatorda tasvirlanadi. Xatlar uchun mo'ljallangan blankalarda quyidagi rekvizitlar ko'rsatiladi: «aloqa bolimi indeksi, pochta va telegraf bo'yicha manzili, teletayp nomeri, telefon raqami, bankdagi hisob raqami, sana, indeks, javob yozilayotgan hujjatlar uchun sana va indeks» bo'yicha xat kodi, tashkilot kodi». Umumiy blankalarda quyidagi rekvizitlar ko'rsatiladi: «sana», «indeks», «tayyorlangan joyi» bo'yicha tashkilot kodi». Blankalar tayyorlashda bosmoxona shrifti Davlat standarti bo'yicha tanlanadi. Hujjat blankasida chegara chiziqlari varaq chetidan quy'dagi o’lchamlarda bo'lishi kerak: chap tomondan- 20 mm, yuqoridan - kamida 10 mm, chap va quyi yondan - kamidu 8 mm. Hujjatfardan poligrafik usulda nusxa ko'chirilishi mumkinligini nazarda tutgan holda, blanka oq yoki oqish rangli qog'ozlarga yaxshi ko'rinuvchi bo'yoqlar bilan tayyorlanadi. Chegara chiziqni ifodalovchi belgilar shaklida ko'rsatib qo'yiladi. Hujjat bir necha tilda tayyorlanadigan bolsa, blanka rekvizitlari ham shu tillarda yozilgan bolishi shart. Frontal savollar. 1.Farmoyish tarzidagi hujjatlarning asosiy qismlariga nimalar kiradi? 2.Buyruq matnlarida katla harf bilan yoziladigan so’zlar qanday joylashtiriladi? 3.Buyruq matnlarida fe'lning qaysi shakllari qo’llanilishi lozim? 4.Buyruq namunasini tayyorlang? Download 230.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling