Mavzu: O’lka xo’jaligi va ishlab chiqarish korxonalarini o’rganish Reja


Ishlab chiqarish korxonalarini o’rganish


Download 18.58 Kb.
bet2/4
Sana14.10.2023
Hajmi18.58 Kb.
#1703113
1   2   3   4
Bog'liq
4-мавзу

Ishlab chiqarish korxonalarini o’rganish.
O’lka yoki joydagi ishlab chiqarish korxonalarini o’rganish o’lkashunoslik maqsadlarida xo’jalikni tadqiq qilishning asosiy qismlaridan biri xisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonasi o’lkashunoslik maqsadlarida asosan o’quv ekskursiyalarida va turistik sayoxatlarda o’rganiladi. Ishlab chiqarish korxonalari 2 ta katta guruhga bo’linadi: sanoat korxonalari; qishloq xo’jalik korxonalari.
Sanoat korxonalarini o’lkashunoslik maqsadlarida quyidagi tartibda o’rganish mumkin:
1. Korxonaning barpo etilish vaqti, sabablari, rivojalnishning asosiy bosqichlari.
2. Korxonaning iqtisodiy geografik o’rni; tabiiy ob’ektlarga nisbatan joylanishi (joy relьefi, suv xavzalari, o’rmonlar, foydali qazilma konlari va x.k.); trasport yo’llariga boshqa axolii manzilgohlariga va yirik xo’jalik ob’ektlariga nisbatan joylanishi. Xom-ashyo manbaalariga nisbatan joylanishi.
3. Korxonani qaysi vazirlikka bo’ysinishi: tuzilishi; texnologik jarayonini o’ziga xos xususiyati; texnologik jihatdan qurollanganligi va avtomatlashtirish darajasi; korxonani ishlab chiqarish aloqalari; fan-texnika yutuqlarini qullanilishi.
4. Korxonani ixtisoslashuvi va uni asoslash; maxsulot turlari; foydalanadigan xom-ashyo, yoqilg’i va materiallar turlari va ularni tejash; elektrotexnika ta’minoti; chiqindilardan foydalanish.
5. korxonadagi ishchilar soni va ularni mehnat kategoriyalari, kasblar va malakalar bo’yicha tarkibi; ishchilarni ma’lumotlik darajasi; mehnat va hayot sharoiti, va ularni yaxshilash choralari.
6. mehnat unumdorligini o’sishi; mahsulot sifatini oshirish va tan narxini pasaytirish.
7. Korxonani rivojlantirish istiqbollari.


Qishloq xo’jalik korxonalari quyidagi tartibda o’rganiladi:
1. Qishloq xo’jalik korxonasini (fermer xo’jaligi) vujudga kelish vaqti va sabablari. Tabiiy sharoitining o’ziga xos xususiyatlari. Tabiiy va iqtisodiy ob’ektlarga nisbatan geografik joylanishi: tekislikda, yonbag’rida, suv ayirg’ichda, vodiyda, botiqda, terrasada, yoyilmada joylanishi; yo’llarga (asosiy, ikkinchi darajali, temir yo’llar va x.k.) va axoli punktlariga nisbatan joylanishi.
2.Qishloq xo’jalik korxonasining o’lchamlari: ekin maydoni, axolisi va uning zichligi (1km2 ga)
3. Fermer xo’jaligining yer fondi, ularni o’lchamlari va turlari. Foydalanilayotgan yerlar; yaxshilangan yerlar (sug’orish, quritish, sho’r yuvish, jarlarni tekislash).
4. Fermer xo’jalini ixtisoslashuvi(don, sabzavot, texnika ekinlari, bog’dorchilik, uzumchilik).
5. CHorvachilikka ixtisoslashgavn fermer xo’jaliklari: ixtisoslashuvi (qoramolchilik, qo’ychilik, echkichilik, yilqichilik, parandachilik va x.k). Yem-xashak ta’minoti.



Download 18.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling