Mavzu: O'quv faoliyatini nazorat qilish funktsiyalari


Ma’ruza o`qishga qo`yiladigan asosiy talablar


Download 79.82 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi79.82 Kb.
#1494255
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
el bekzod

Ma’ruza o`qishga qo`yiladigan asosiy talablar

  • Har qanday ma'ruzaning umumiy tuzilishini asosi — bu mavzuni bayon etish, rejani va mustaqil ishlash uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarni ko'rsatish, keyin esa — ko'rsatilgan ishning rejasiga qat'iy amal qilishdir. Ma'ruza o'qishga qo'yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar shart deb hisoblanadi.
  • Ifoda etilayotgan ma'lumotlarning yuksak ilmiy darajadaliligi, odatdagidek dunyoqarash ahamiyatiga egaligi.
  • Zamonaviy ilmiy ma'lumotlarning aniq tizimlashtirilgan va metodik qayta ishlab chiqilgan hajmlari.
  • Bildirayotgan fikr-mulohazalarining isbotlanganligi va asoslanganligi.
  • Keltiriladigan ishonchli isbotlar, misollar, tekstlar va hujjatlarning yetarlicha boiishi.
  • Fikrlari aniq, tushunarli bayon etilishi va eshituvchilar fikrlashlarini faollashtirish, muhokama etilayotgan muammolar bo'yicha mustaqil ishlar uchun savollarning qo'yilishi.
  • Qo'yilgan muammoni hal etish uchun turli nuqtayi nazarlarni keltirib chiqarish, xulosalarni ifoda etish.
  • Kiritilayotgan termin va nomlarni tushuntirish: fikr-mulohazalarni talabalarga eshitishga, fikrlash va ma'lumotlarni qisqacha yozib olishga imkon berish.
  • Auditoriya bilan pedagogik aloqa o'rnatish mahorati.
  • Tekst, konspekt, bloksxemalar, chizmalar, jadvallar, grafiklar, asosiy materiallarini qo'Ilash.
  • Yuqoridagi fikrlarga asoslanib ma'ruza quyidagi turlarga ajratiladi:
  • Kirish ma'ruzasi o'quv fani haqida birinchi yaxlit tasawurni beradi va talabalarni ushbu kurs bo'yicha ishlash tizimiga yo'naltiradi. Ma'ruzachi talabalarni kursning vazifasi va masalalari bilan tanishtiradi. O'quv fanlari va mutaxassislar tayyorlash tizimidagi uning roli va o'rni bilan tanishtiradi. Kursning va fanning rivojlanish davri, amaliyoti, bu sohadagi yutuqlar, mashhur olimlar nomlari bo'yicha qisqacha ma'lumotlar beradi, tadqiqotlar istiqbolli yo'nalishlarini ifoda etib beradi. Bu ma'ruzada kurs doirasidagi ishlar metodik va tashkiliy xususiyatlari ko'rsatib beriJadi hamda talabalarga tavsiya etiladigan o'quv-metodik adabiyotlar tahlili beriladi, shuningdek, hisobot shakli va muddati belgilanadi.

Download 79.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling