Mavzu: O'rta osiyolik buyuk muhaddislar va ularning ma’naviy me’rosi Bajardi: Tursinbayev Zafarbek 1b ndpi


Download 10.15 Kb.
bet2/4
Sana22.06.2023
Hajmi10.15 Kb.
#1648753
1   2   3   4
Bog'liq
O\'rta osiyolik buyuk muhaddislar va ularning ma’naviy me’rosi

Shu bilan bir qatorda Iso Termiziy payg‘ambar alayhissalom hadislarini to‘plashga alohida e’tibor bilan qaraydi. Bu borada u har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradi. U o‘zi o‘qigan yoki biror roviydan eshitgan hadisini alohida qog‘ozlarga qayd etib borar, ularning asli va isnodini izchillik bilan aniqlab to‘g‘riligiga to‘liq ishonch hosil qilsagina maxsus qog‘ozlarga qayd etardi. Hadislarning to‘g‘riligiga shubha bo‘lganda ularni alohida ajratib yozardi. Shu tariqa hadislar sahiyh (to‘g‘ri, ishonchli), hasan (yaxshi, ma’qul), zaif (bo‘sh, ishonchsiz), g‘ariyb (g‘alati) kabi turlarga ajratilgan.

Hadis ilmini egallashda va takomillashtirishda Imom Termiziy o‘z davrining mashhur muhaddislaridan tahsil oldi. O‘ o‘sha davrning yetuk muhaddisi sifatida ko‘pgina shogirdlarga ustozlik ham qilgan. Alloma zehnining o‘tkirligi hamda quvvai-hofizasi kuchliligi xususida tarixiy manbalarda ko‘plab misol va rivoyatlar keltiriladi.Muhaddis bobokalonimiz Imom Iso Termiziy zamonidagi olimlar uning hadis ilmidagi xizmatlarini yuqori baholagan. Ulardan biri Imom Termiziyni “Hadis ilmida iqtido qilinadigan yagona olim” deb yozsa, boshqa biri esa uni “Birinchilardan bo‘lib hadislarni sahih, hasan, zaifga taqsim qilganiga guvohlik beradi”. Ayniqsa, muhaddis olimning asarlaridagi ravonlik faqat ziyoli kishilar uchun emas, balki har bir inson tushunishi mumkin bo‘lishiga sabab ekanini alohida ta’kidlash joiz. Dunyo ulamolari buyuk ilm sohibi bo‘lgan hamda yuksak e’tirofga munosib ko‘rilgan bobokalonimizning ibratli hayot yo‘llari va boy ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish biz yoshlar uchun ham ilmiy, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.

Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al - Xorazmiy. (783-850yy) Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiyning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To’ldirish va qarama-qarshi qo’yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo’ldi. «Hind arifmetikasi haqida kitob» asari tufayli avval Sharq xalqlari, so’ngra esa Evropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug’i-o’nli pozitsiyasi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o’girilgan).


Download 10.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling