Mavzu: O’zbekiston – mening Vatanim! Kirish


Download 114.99 Kb.
bet12/70
Sana05.01.2022
Hajmi114.99 Kb.
#211610
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70
Bog'liq
Barcha tadbirlar-64-betlik

2-o’quvchi: Ona tilim! Onajonim tili! Seni kuylab madh etishga ojizman. Senga atab so’zlar xazinasining minglab durdonalarini tanlab olishga qudratim yetmaydi. O’z-o’zimcha shoir tabiatligim tutib, qalam tebratishga intildim.

3-o’quvchi: Tilginam onam deya atayman seni,

Onam allasida qonimga singding

Olam sirlariga yor etting meni

Xos Xojib jonimga singding



4-o’quvchi: Sening go’zalliging butun dunyoga

Bobom Alisherbek ko’z-ko’z qilgandi

Sening ko’zlaringda Mashrab nolasi

Xalqim dardi bo’lib ko’kka yetgandi.



5-o’quvchi: Diniy yozuv deb ilohiylashtirib

Xalqim “Sarvarlari” isloh etishdi

Ming yillik qadringni sun’iylashtirib

Nurga tashna xalqni gumroh etishdi



6-o’quvchi: Bu kun himoyaga muhtoj jonsan

Kamoling yo’lida kurashgum albat

Onam allalagan tilga she’r bitib

Xursandman xizmatim ushalsa shoyat

Qo’shiq: “O’qituvchim”

She’r: “Ona tilimga”



7-o’quvchi: Sen mening tabibim, jonimsan

Yassaviy, Beruniy kalomi

Sen mening g’ururim onamsan

Ulug’bek, Navoiy oromi

Sen menga qurolsan imkonda

Yot tilga zalvarin ortmagan

Sen Temur edingku jahonda

Tillarni tortmagan



8-o’quvchi: Senga yot suqulmoq yot tilga

Beozor malaksan jahonda

Sen baxtli olloxi bu elning

Zavolsin qolgaysan zamonda



9-o’quvchi: Tilimizning lug’at boyligini o’rmonga o’xshatish mumkin. Lekin uning ichiga kirib brogan sari daraxtlar ko’p ekani har biri o’ziga xos qiyofaga ekanligi, daraxtlar xilma-xilligi, ajib go’zal manzara kasb etishi sezilib boradi.

10-o’quvchi: Endi mana bu o’zbeku tojiklarga xos askiyalarni tinglab ko’ring-a naqadar huzur qilasiz, tanangiz orom olib, umringizga umr, sihatingizga sihat, asablaringizga darmon qo’shilganini his etasiz.

Askiya


1-o’quvchi: Feruzaxon, yaxshiyam xalqimizning askiyasi bor ekan, mana sizning ham tilingiz chiqib qoldi.

2-o’quvchi: Dilnozaxon, men askiya qilayotganimda, luqma solmang, achchig’im chiqib sizga qo’shma gap qilib yuborsam xafa bo’lmang.

1-o’quvchi: Jo’rttaga luqma soldim-da, qarasam gapning egasini aytasiz-u kesimiga hayron bo’lib turibsiz

2-o’quvchi: Adashtirmay turing, yana nomingizni almashtirib, sizga ergash bo’laklar bu, deb o’tirmayin.

1-o’quvchi: Nomimni almashtirsangiz, almashtiravering. Men ham sizga birorta aniqlovchi toparman

2-o’quvchi: Keyin mendan xursand bo’lib, hammaga aytib yurasiz-a, nomim aniqlanish deb.

1-o’quvchi: juda soda gap qilasizda!

2-o’quvchi: Bo’lmasa siz aniq gapga ko’nasizmi?

1-o’quvchi: Keling birovning ko’chirma gapiga mojaro qilib o’tirmaylik. Yana sizning fe’lingiz buzilib qolmasin.

2-o’quvchi: Qiziqsiz-a! Nima meni fe’lim har narsaga buzilaveradimi? Nima meni fe’lim o’tgan zamon fe’limidi?

1-o’quvchi: Nega bo’lmasa mendan hadeb so’zimning o’zagini so’rayverasiz. Hozirgi zamon fe’lingiz shunaqami?

2-o’quvchi: Nega menga xitop gap qilasiz? Sizga men yotig’i bilan bayon gap qilayapmanku.

1-o’quvchi: Feruzaxon zap gaplaringiz borda, bir kelishiklikki!

2-o’quvchi: Dilnozaxon, ehtiyot bo’ling, bekordan-bekorga meni ko’rsatib: buning urg’usi bor deb yurmang

1-o’quvchi: Ha, siz ham ehtiyot bo’lib yuring, xazonrezgi vaqti sizni bir nuqtalab qo’ymayin.

2-o’quvchi: Dilnozaxon, bir hazillashdikda. Haqiqatda 3 aktiyor odamsiz, bir so’zni 5-6 ma’noda ishlatasiz. Shuning uchun ham men sizni omonim deb yuramanda hali so’zni xijjalab gapiradigan qavs oyi emas.

1-o’quvchi: Yashang, faxrli bo’lib, kamolga yeting!

4-o’quvchi: Til millatning qalbi, uni avaylab asrash har bir inson uchun qarzdir. Kishi doimo bir-biri bilan muloqotda bo’ladi, fikr almashadi, deyiladigani til orqali bayon etiladi. Odam nutq ohangida alohida ahamiyat berib so’zlashmog’i zarur. Kibr-havoli ohang kishining ixlosini qaytaradi, nafratli, dag’al ohang esa, uni darg’azab qiladi. Ko’nglini ranjitadi.

5-o’quvchi: Donishmand xalqimizning quyidagi zinhor unutmaslik lozim: “Til jarohat bitar, ammo dil jarohati bilmas. Yaxshi nutq chiroyli fikrdan chiroyli va tiniq fikr esa, qalb go’zalligini tez qiladi.

Mazmun nomli mo’ljalga

So’z otilgan o’q bo’lsin

Nishonga tegmay qolgan

Bitta o’q ham yo’q bo’lsin.

6-o’quvchi: til jonli narsa. Til daraxtday yashaydi, gullaydi. Sindirsang sinadi, kaltaklasang cho’loq, tilsang shirasi yerga to’kadi. U tirik nafas oladi

7-o’quvchi: Kelib-ketdi necha dunyolar

Kuldi hayot, yig’ladi o’lim

Sen deb qurbon bo’ldi bobolar

Ular ketdi, sen qolding tilim



8-o’quvchi: Mustaqillik olib kelgan erk, hurlik sabosi, har bir yurakning taskini bo’ladi. Dimiqqan, siqilgan ko’ngillarga kuch bag’ishlagan ozodlik, istiqlol shabadasi chinakkam istiqlol yo’lini ochib bergan bo’lsin. Biz ona tilimizni doimo omon bo’lishini tilaymiz.

9-o’quvchi: O’zbek tilim qutlayman maqoming

Dillarni shod etsin har oning

Jahonda hilpirar yaloving

Mustaqillik bersin istiqboling

O’yin: Buxorocha raqs

Qasida: “O’zbegim”

She’r: “Til armoni”

1-o’quvchi: Ona tilim omon bo’l mangu

Sen borsanki men ham o’lmayman

Tildan qolsang seni Oybekday


Download 114.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling