Sahna ko’rinishi
(O’sha qabriston. Ayol) Qabr uzra tiz cho’kib
AYOL:
Onajon! Onaginam, mana men keldim huzuringizga. Sizni juda – juda sog’indim. Bahorni, gullarni sevardingiz, mana bu gullar siz uchun…. (Qabr uzra guldasta qo’yadi) Sizni bilib – bilmay ozor bergan, dilingizni og’ritgan kunlarimni eng baxtsiz kunim deb, beg’ubor bolalik onlarimni, sizning tizzangizga bosh qo’yib uxlab qolgan tunlarimni eng baxtli kunlarim deb, bilaman. Na chora, o’lim haq ekan.
Sizsiz koshonalar vayron,
Yuragim sanchar beomon
Sog’indim – ku bugun yomon
Onajonim, kelmadingiz.
Shoir bu misralarni xuddi siz uchun yozgandek tuyuladi, menga. Ha, onajon, mana bugun men ham onaman, sizning dardlaringiz, yurak armonlaringiz menga ko’chdi. Sog’intirib qo’ymang, tushlarimga kirib turing onajon. Ilohim, joyingiz jannatda bo’lsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |