5 – o’quvchi:
Non haqida o’ylasam,
O’yim tamom bo’lmaydi.
Siz ham o’ylang bolalar
Lekin yomon bo’lmaydi.
6 – o’quvchi:
Har kun – har yerda
Insonga do’st qadrdon,
Non qadrini bilamiz,
Hammamiz ham yoshlikdan.
7 – o’quvchi:
Non – tinch turmush, mo’llik,
To’y – u havas, non bilan,
Non haqida so’z borsa
Eshitaman jon bilan.
O’qituvchi:
Kimki non va mehnat nimaligini bilmasa, o’z xalqining farzandi bo’la olmaydi. Peshona teri va charchashni his qilmagan kishi, nonning qadriga yetmaydi. Chunki non – zahmatkash dehqonlar jasorati va minglarcha ishchilarning mahorati tufayli bunyod bo’ladi. Non mahsulotlarini ko’paytirish uchun kurashda faqat dehqonlar emas, balki olimlar ham xalq xo’jaligining turli sohalaridagi son – sanoqsiz mehnatkashlar ishtirok etadilar. Har bir bug’doy doni tegirmonda un bo’lguncha 15 km yo’ldan aylanib chiqishi kerak ekan. Mana shu bitta batonga 10 000 ta bug’doy doni sarflanar ekan. Nonni tayyorlashda unni elash, xamir qorish va bunda tuz, xamirturush, sut, shakar solinib pishiriladi. Mana shu ishlar hammasi mashinalar yordamida bajariladi. Aholiga non yetkazib bersih qanchalik bilim, kuch, quvvat, vaqt talab qiladi. Non! Shu non bizlar dasturxonimizga kelguncha, ushatulguncha qanchadan qancha mehnatkash qo’lidan o’tadi. Shuning uchun ham shunchalar shirin, shunchalar tabarrukdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |