Mavzu: Paleontologiya va stratigrafiya fanining ahamiyati, o’rganish obiektlari va vazifalari. Paleontologiya tarixi


Download 124.3 Kb.
bet2/8
Sana26.01.2023
Hajmi124.3 Kb.
#1124727
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
paleontologiya

Paleozoy eratemasi (ERASI), paleozoy (paleo... va yun. zoe—hayot) — Yer geologik tarixining 3-erasi (qarang Geoxronologiya). Radiologik tekshirishlarga koʻra, Paleozoy eratemasi 560—570 mln. yil avval boshlanib, 310—320 mln. yil davom etgan. 1837-yil ingliz geologi A. Sejvik ajratgan. Hozir Paleozoy eratemasi kembriy, ordovik, silur, devon, toshkoʻmir va perm davrlariga boʻlingan.
Yuqori tokembriy davridan bir oz oldin kuchli burmalanish natijasida platforma (Sharqiy Yevropa, Sibir, Xitoy-Koreya, Janubiy Xitoy, Shimoliy Amerika, Braziliya, Afrika, Hindiston platformalari) va geosinklinallar shakllangan. Vaqtvaqti bilan platformalarni suv bosib, sayoz dengizlar paydo boʻlgan. Dengiz ostida uncha kalin boʻlmagan turli tarkibli choʻkindilar toʻplangan. Platformalarning chekkalari tomon choʻkindilarning qalinligi ortib borgan. Geosinklinallar platformalarga nisbatan serharakat boʻlgan. Ularda koʻp miqdorda vulkan va kremniyli jinslar toʻplangan. Paleozoy eratemasida kaledon va gersin burmalanishi boʻlib oʻtgan. Shu davrda togʻlar paydo boʻlib, koʻpgina qizgʻish molasslar hosil boʻlgan. Gersin burmalanishi natijasida Markaziy Yevropa, Ural, Appalachi va boshqa togʻ sistemalari qad. koʻtargan. Buyuk Gondvana qurukligi Janubiy yarim shar platformalarini egallagan. Shimoliy yarim sharda Paleozoy eratemasining 2yarmida Sibir platformasi va unga yondosh togʻ tizmalarini oʻz ichiga olgan ulkan Angarida boʻlgan.
Paleozoy eratemasi boshlanishida ilgari yashamagan qattiq skeletli hayvonlar (xiolitlar, xiolitelmintlar, gastropodalar, braxiopodalar va arxeotsiatlar) paydo boʻlgan. Quyi paleozoyda trilobitlar kembriy va ordovik davri dengiz hayvonlarining koʻpchiligini tashkil qilgan. Ular Paleozoy eratemasi oxirida qirilib ketgan. Bu davrda yelkaoyoklilar (braxiopodalar)ning turlari koʻpaygan. Ordovik davriga kelib mshankalar hamda stromato-poroidalar paydo boʻlgan. Umurtqasiz hayvonlardan graptolitlar va boshoyoqlilar koʻp yashagan. Devon davrida goniatitlar keng tarqalgan. Yuqori Paleozoy eratemasida bir hujayrali hayvonlardan foraminiferalar koʻpaygan. Paleozoy eratemasida umurtqalilardan baliklar yashagan; kembriy va ordovik davrida oddiy va jagʻsiz baliklar kup boʻlgan. Silur, ayniqsa, devon davrida ikki yoklama nafas oluvchi va choʻtkaqanotlilar juda rivoj topgan. Choʻtkaqanotlilar suvda va quruqlikda yashovchi (amfibiya)lar vujudga kelgan (ular devon davri oxirlarida quruqlikka chiqqan). Karbon, ayniqsa, perm davrida oʻtxoʻr va yirtqich sudralib yuruvchilar yashagan.
Paleozoy eratemasida oʻsimliklar tez rivojlangan. Kembriy va ordovikda oʻsimliklar, asosan, suvoʻtlardan iborat boʻlgan. Silur jinslarida spora qoldiklari saqlangan. Quyi devon davri jinslarida past boʻyli ibtidoiy oʻsimliklar — psilofitlarning izlari uchraydi. Oʻrta va yuqori devonda oʻsimliklarning turlari koʻpaygan, daraxtsimon plaunlar, sodda tuzilgan paporotniklar oʻsgan va dastlabki ochiq urugʻlilar vujudga kelgan. Karbon davrida oʻsimliklar juda ham rivojlangan. Oʻrmonlar oʻrnida toshkoʻmir qatlamlari hosil boʻlgan.
Yevrosiyoda Paleozoy eratemasiga mansub platforma va geosinklinal yotqiziqlari koʻp uchraydi. Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari, asosan, Paleozoy eratemasi choʻkindi jinslari kompleksidan iborat. Sharqiy Yevropa platformasining shim.-gʻarbiy qismida kembriy davri dengiz gillari va qumtoshlari, ordovik va silur ohaktoshlari tarqalgan. Devon va karbon davrida dengizda hosil boʻlgan jinslar orasida ayniqsa ohaktoshlar juda koʻp. Bu jinslarda kumir, neft, boksit va oʻtga chidamli gil katlamlari bor. Sibir platformasi Paleozoy eratemasi jinslari orasida kembriy davri dengiz choʻkindi jinslari — ohaktosh, dolomit, ayrim joylarda toshtuz, gips va angidrit koʻp. Karbonatslanets va qum-toshli gil qatlamlaridan tarkib topgan silur va devon davri yotqiziqlari kam uchraydi. Karbon va perm davri jinslari koʻmirli qalin qatlamlardan iborat.
Oʻzbekistonning deyarli hamma yerlarida Paleozoy eratemasi jinslari uchraydi. Quyi kembriy jinslari 20–50 m qalinlikdagi vanadiyli, fosforitli, kremniyli va koʻmir-kremniyli slanetslardan tarkib topgan. Bu jinslar Piskom va Sandalash togʻlarida tarqalgan. Tomditov togʻlarida quyi kembriy jinslari alevrolit, qumtosh, dolomit va ohaktosh qatlamlaridan iborat. Oʻrta kembriy, ordovik va quyi silur davri ohaktosh, dolomit, terrigen-vulkan, argillit, alevrolit, slanets, qumtosh va ruda katlamlaridan tuzilgan. Yuqori silurquyi devon davri terrigenli ohaktosh va ohaktoshlardan, qizgʻish vulkan jinslardan tarkib topgan. Oʻrta devon va quyi trias davrida shagʻaltosh, qumtosh, alevrolit, argillit, ohaqtosh, dolomit va vulkan jinslarining kalin katlamlari hosil boʻlgan.
Paleozoy eratemasi jinslarida turli foydali kazilmalar topilgan. Ural, Qozogʻiston, Oltoy, Gʻarbiy Yevropa va Shimoliy Amerikadagi boy ruda konlari Paleozoy eratemasi ning intruziv jinslari bilan bogʻliq.
Paleozoy eratemasi choʻkindi jinslarida neft, toshkoʻmir, yonuvchi slanets va misli qumtosh, shuningdek, fosforit, boksit, toshtuz, kaliy tuzi toʻplangan.
Oʻzbekiston Paleozoy eratemasi yotqiziklarida mis, qoʻrgʻoshin, qalay (Olmaliq), flyuorit (Novgarzon), volfram (Ingichka), oltin, alunit va boshqa bor. Paleozoy eratemasi togʻ jinslarining kupi qurilish materiali sifatida ishlatiladi.
M-6
Mavzu: Geologik jadval. Yerdagi organik dunyo rivojlanishining asosiy bosqichlari. Mezazoy va kaynazoy eralari.

Download 124.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling