Mavzu: Parrandalar pasterellyoz kasalliging patomorfologiyasi. Reja: Kirish


Download 327.01 Kb.
bet14/20
Sana29.01.2023
Hajmi327.01 Kb.
#1138677
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
587f232e55f7d

Dezinfeksiya
Pasterellyoz tarqalgan barcha tovuq fermalarida havoni tovuqlar bilan birgalikda sut kislotasi bilan dezinfeksiya qilinadi. Dezinfeksiya 20 %li rezortsin yoki trietilenglikolya suvli qo’shilmasi va 1 m3 maydonga to’g’ri keladigan 25 mg xlor – skipidar pari bilan bajarilishi lozim. Bu dezinfeksiyalar barchasi “Parranda saqlanadigan xonalarni parrandalari bilan birgalikda” metodik ko’rsatmasiga asosan bajarilishi shart. (V.S.Yarnix, A.A.Zakomirdm, A.P.Bereziev, 1975 y). Dezinfeksiya asosan ertalab yemni tarqatishdan oldin boshlab, kechqurin yem berishdan oldin tugatiladi. Dezinfeksiya oralig’i -1,5 – 2 soat.
Dorilarni PVAN yoki TAN yoki kompressor orqali maxsus sepkichlar bilan sepiladi. Sepkichni shunday sepich kerakki u 1 min 20 ml sachratsin. Kompressor esa havo bosimni 3-4 ati qilib berishi shart. Yana SAG va boshqa generatorlardan ham foydalanish mumkin.
Havoga dezinfektantni tekis tarqatilsa binoda so’ruvchi havo tozalagich ishlaydi. Ular binoning ichiga sepish va bug’lash ishlarini ado etadilar. Normasi:
(1 nuqtadan dorini 500 m3 maydonga sepiladi, bug’lash esa 100 -150 m3).
Kerakli dozani so’ruvchi ventilyatorlar soniga qarab taqsimlanadi.
Ventilyatsiya sistemasi bunday paytda soz bo’lishi lozim.
Havoni xlorli – skipidar aerozoli bilan dezinfeksiya qilinganda 4:1 miqdor bilan xlor ohak va skipidar qo’shilmasini hosil qilish kerak. Natijada havoda ekzotermik reaksiya hosil bo’lib bino ichida xlor va skipidar ajraladi. 1m3 havo uchun 2 g xlor ohagiga 0,5 g skipidar qo’shiladi. Ventilyator qo’shilgan holda kuniga 1 marta aerozolli dezinfeksiya o’tkaziladi. Barcha dozani 5-6 idishga hisoblab binoning eni va bo’yiga bir-xil qilib sepiladi. Dezinfeksiyani bajaruvchi shaxs albatta protivogazda, kolibinzonda va qolqopda bo’lishi shart. Dezinfeksiya paytida dezinfeksiya moddalari bo’lishi shartmas.
Xo’jalikni pasterellyozdan sog’lomlashtirish
Kasallik tarqagan parranda xonalaridagi barcha kasal tovuqlarni so’yish, antibiotik kursi bilan davolash va binoni tovuqlar bilan birgalikda havoni aerozolli dezinfeksiya qilish bir vaqtda o’tkazilishi shart. Kasallikni qo’zg’atuvchi va pasterellyoz bilan kasallangan, antibiotiklar yoki sulfanilamid dori – dormonlar bilan davolangan parrandalar ham kasallikni tarqatuvchi hisoblanadi. Shunday parrandalarni sog’lom parrandalar bilan birga qoldirmaslik lozim.
Xo’jalikni sog’lomlashtirishda asosan xo’jalikni yangi yosh tovuqlar bilan to’ldirish kerak. Inkubatsiya uchun sog’lom tovuqlardan olingan tuxumlar qo’llaniladi, yani formaldegid bug’lari bilan dezinfeksiya qilingan tovuqlar.
Bakterial ifloslangan jo’jalar va kurka bolachalarini 8-10 soat oldin kiritilishidan oldin tanlab olinadi. 2 soat tanlashga qolganda ular antibiotikli aerozollar bilan ishlov beriladi.
Tovuqlar to’dasiga yangi yosh tovuqlar bilan ta’minlashda ular pasterellyozni qo’zg’atuvchiligini bakteriologik tekshiruv o’tkaziladi.
Parrandalar boqiladigan xo’jalikni pasterellyozdan sog’lomlashtirish uchun kasal parrandalarning yo’q qilinganidan so’ng sanitariya tayorgarlik ishlariga katta e’tibor berish kerak.
Profilaktika ishlari 15 kundan kam bo’lish kerak.
Bo’shagan bino parranda xonalarini dezifeksiya quydagicha qilinadi:

  1. Formaldegid qo’shilmasi, yani 3% li formaldegid va 3 % li yodli natrysi (bu qo’shilma, juda yuqori darajali dezinfeksiya hisoblanib uni oxirida qo’llash maqsadga muvofiqdir).

  2. 20% li to’yingan ohak, uchbarobar 1 soat oralig’i bilan.

  3. 5 %li aktiv xlori mavjud bo’lgan xlor ohagi bilan;

  4. 10% li 1 xlorli yod qo’shilmasini 3 soat davomida qo’llash.

  5. Yopiq bino xonalarini AG-UD-2 genoratori orqali formaldegid bug’lar bilan ishlov berish. Normani 1 m3 ga 40% li formalindan 15-20 ml qo’llash.

Dezinfeksiya o’tganligini namunadagi ichak tayoqchalari orqali bilish mumkin.

Download 327.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling