Mavzu: Radioktiv metallar. Reja: Radioktiv metallar haqida umumiy ma’lumot


Download 115 Kb.
bet6/6
Sana17.11.2023
Hajmi115 Kb.
#1782516
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Radioktiv metallar.

3.2.Nurlanish —
1) erkin elektromagnit maydon hosil boʻlish jarayoni. Erkin, yaʼni nurlangan elektromagnit maydonning oʻzi qam "N." termini bilan ataladi;
2) radiodiapazondagi elektromagnit toʻlqinlarning gʻalayonlanishi va fazoda tarqalishi. Bunda oʻzga-ruvchan tok yoki zaryadlar energiyasi fazoda tarqalayotgan elektromagnit toʻlqinlar energiyasiga aylanadi (qarang Radiotoʻlqinlar);
3) tabiiy sharoitda tirik organizmga infraqizil, koʻrinadigan va ultrabinafsha nurlarning biologik taʼsiri. Tirik organizm kos-mik nurlar va ion nurlari bilan ham nurlanadi. Davolash maksadida tirik organizm ultrabinafsha, ultrayukrri chastotali nurlar bilan sunʼiy nurlantiriladi. N.ning total (toʻla), lokal (qisman), tez (qisqa vaqt ichida), xronik (uzoq vaqt davomida), tashqi, ichki va boshqa xillari mavjud. Nurlarning biologik taʼsiri N. dozasi, xili, energiyasi va organizmning fiziologik holatiga bogʻliq.
N.dozalari — nurlarning biror muhitga taʼsirini belgilovchi miqdorlar. Bir necha turlari mavjud. Yutilgan doza — nurlanayotgan muxitning massa birligiga yutiladigan N. energiyasi; ionlashtiruvchi nurlar (rentgen 7-nurlar, a - va r -zarralar, neytronlar, kosmik nurlar va h. k.)ning muhitda yutilgan dozalari radlarda ifodalanadi. Nurlantirish dozasi — N. miqdorini ifodalaydigan va havoning tonlanishi bilan oʻlchanadigan miqdor, rentgen va u-nurlari rentgenlarda, boshqa ionlashtiruvchi nurlar esaberlarda ifodalanadi. Biologik doza — nurlarning organizmga biologik taʼsirini ifodalovchi miqdor; ber (rentgenning biologik ekvivalen-ti)larda oʻlchanadi. Integral doza— nurlanayotgan hajm boʻyicha toʻla yutilgan ionlashtiruvchi nurlarning umumiy dozasi; gramm-rentgen yoki gramm-radlarda oʻlchanadi. Vaqt birligidagi N. doza quvvati deyiladi.
Xulosa
Radioaktivlik 1896-yilda olimlar Genri Bekkerel va Mari Sklodovska-Kyuri tomonidan fosforli moddalar bilan ishlash jarayonida kashf etilgan.[8][9][10][11][12] Ushbu materiallar yorugʻlik taʼsiridan keyin qorongʻida porlaydi va Bekkerel katod nurlari naychalarida rentgen nurlari bilan hosil boʻlgan porlash fosforessensiya bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligiga shubha qilgan. U fotografik plastinkani qora qogʻozga oʻrab, ustiga turli fosforli tuzlarni joylashtirdi. Uran tuzlarini ishlatmaguncha barcha natijalar salbiy edi. Uran tuzlari plastinkaning qora qogʻozga oʻralganligiga qaramay, uning qorayishiga sabab boʻlgan. Ushbu nurlanishlarga „Bekkerel nurlari“ nomi berildi.
Tez orada maʼlum boʻldiki, plastinkaning qorayishi fosforessensiyaga hech qanday aloqasi yoʻq, chunki qorayish uranning fosforsiz tuzlari va metall uran tomonidan ham hosil boʻlgan. Ushbu tajribalardan maʼlum boʻldiki, qogʻozdan oʻtib ketadigan va plastinkaning yorugʻlik taʼsirida reaksiyaga kirishiga sabab boʻladigan koʻrinmas nurlanish shakli mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • „Radioaktivlik“, Britannica entsiklopediyasi. 2006 yil. Encyclopædia Britannica Online . 2006-yil 18-dekabr


  • Ernest Ruterfordning radio-faolligi, Phd, Britannica Encyclopædia Oʻn birinchi nashri

Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling