Mavzu: savod o’rgatish darslarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish


Download 127.83 Kb.
bet11/16
Sana08.11.2023
Hajmi127.83 Kb.
#1758843
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Mavzu O qish darslarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish munda

Darsning mavzusi. K tovushi va harfi.

Darsning maqsadi:


  1. ta‟limiy maqsad: o`quvchilarni k tovushi va Kk harfi bilan tanishtirish, bu tovushni to`g`ri talaffuz qilish ko`nikmalarini shakllantirish, Kk harfi bilan tanishtirish, Kk harfli bo`g`inlarni va so`zlarni ravon o`qishga, kesma harflar va bo`g`inlar vositasida so`zlar tuzish va ularni o`qishga o`rgatish;

  2. tarbiyaviy maqsad: kattalarni hurmat qilish va tartib-intizomli bo`lishga o`rgatish, axloqiy xislatlarni singdirish;

v) rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning bo`g`inlab o`qish ko`nikmalarini shakllantirish, fikrlash qobiliyatlarini, nutqini o`stirish.
Darsning metodi: analitik-sintetik tovush metodi.
Dars turi: yangi tovush-harf o`rganiladigan o`qish darsi.
Darsning jihozi: Kk harfining bosma va yozma shakllari chizilgan ko`rgazma, “kitob”, “maktab”, “terak” so`zlari yozilgan kartochkalar, turli xil predmetlar, matnga oid rasmlar, harf kassasi, kesma harf va bo`g`inlar.

DARSNING BORISHI:

  1. Tashkiliy qism:


    1. salomlashish;

    2. davomatni aniqlash;

v) kirish suhbati:
− Bugungi sanani ayting.
− Hozir qanday fasl?
− Kuz faslida qanday o`zgarishlar bo`ladi? va hokazo.

  1. O`tgan mavzuni mustahkamlash. Bunda bolalar bilan rasm asosida suhbat tashkil qilinadi:

− Rasmdagi bolalarning ismlari nima ekan?
− Tolib va Bilol.
− Bilol qanday bola ekan?
− U bilimli bola ekan.
− Buvisi Tolibga nima deyapti?
− U Tolibga ham bilim olish kerakligini aytayapti.
− Nima uchun bilim olish kerak ekan?
− Chunki bilimli har jihatdan kuchli bo`ladi, uni hamma hurmat qiladi. Shundan so`ng har bir o`quvchiga matn va so`zlar birma-bir o`qitiladi.


  1. Download 127.83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling