Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Kafedra: Bolalar, o’smirlar va ovqatlanish gigiyenasi Fan: Hayot faoliyati xavfsizligi.Fuqaro muxofazasi Bajardi: O’rinboyeva Osudaxon Reja: 1. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni tashkillashtirish. 2. Saralash-ko’chirish bo’limining vazifasi. 3. Operatsiya-bog’lov bo’limining vazifasi . 4.Tibbiy ta’minot bo’limining vazifasi. 5.Xo’jalik bo’limining vazifasi. Birinchi navbatda birinchi tibbiy yordam qon ketish-da, bo’g’ilishda qorin va ko’krak bo’shlig’idan yara-langanlarga ko’rsatiladi . Birinchi shifokor yordamini zararlanganlarga BTYO , zararlanish o’chog’ida saqlangan DPM FM harbiy qismlarining tibbiy bo’linmalari ko’rsatadi. BTYO ning zararlanish o’chog’i tomon harakati shahar, tuman FMTX boshlig’ining buyrug’iga asosan amalga oshiriladi . Buyruqda harakatning boshlanish vaqti, FM guruhida BTYO ning o’rni , harakat yo’nalishi, zararlanish o’chog’ida joylashish joyi , qasi obyektlardan BTYO zararlanganlarni qabul qilishi , zararlanganlarni ko’chirish yo’nalishi. BTYO kunduzi 30-40 km kechasi 25-30 km / soat tezlikda harakat qilishi belgilanadi. Saralash ko’chirma bo’limi - Saralash ko’chirma bo’limi – qabul-saralash va jabrlanganlarni ko’chirish bo’limlari xisobidan tuziladi. Bu bo’lim quyidagi nuqtalarni tuzadi :
- Taqsimot posti (TP),
- Qabul-saralash va og’ir zambilda olib boriladigan bemorlar uchun bo’lim ;
- yuruvchi va og’ir bemorlarni ko’chiruvchi bo’lim;
- saralash maydonchasi;
Taqsimot posti - Taqsimot posti – BTYO ga kirishda saralash-ko’chirish bo’limidan 50-60m masofada joylashadi. Bunda xamshira 1-2 dozimetrist ishlashadi.
- TP ning vazifasi- dozimetrik nazorat o’tkazish, atrof-muhitni kuzatib turish, xabar signalini berish, yuqumli kasalliklari bor bemorlarni va ruhiy shikastlangan shaxslarni topib ularni izolyatorlarga yo’llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |