Mavzu: Sonli tengsizliklar va ularning asosiy xossalari. Darsning maqsadi


Download 26.55 Kb.
bet8/9
Sana16.11.2021
Hajmi26.55 Kb.
#175091
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1.Sonli tengsizliklarning asosiy xossalari)

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: o‘quvchilar tushunmagan savollarni aniq misollar yordamida tushuntiraman.




  1. O‘tilgan mavzuni so‘rab baholash:

Savol: tengsizlikning asosiy xossalaridan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

Javob: tengsizliklarning asosiy xossalari teorema ko‘rinishida bo‘lib, ulardan olingan natijalar asosida tengsizliklarning boshqa xossalarini isbotlashda va boshqa ko‘plab masalalarni yechishda bevosita foydalaniladi.

Savol: agar tengsizlikning ikkala qismiga ayni bir xil son qo‘shilsa uning ishorasi qanday bo‘ladi?



Javob: agar tengsizlikning ikkala qismiga ayni bir xil son qo‘shilsa, u holda tengsizlikning ishorasi o‘zgarmaydi.

Savol: tengsizlikning bir qismidan ikkinchi qismiga qo‘shiluvchilarni olib o‘tish mumkinmi?



Javob: istalgan qo‘shiluvchini tengsizlikning bir qismidan ikkinchi qismiga shu qo‘shiluvchining ishorasini qarama-qarshisiga almashtirgan holda ko‘chirish mumkin.

Savol: agar tengsizlikning ikkala qismi ayni bir xil songa ko‘paytirilsa tengsizlikning ishorasi o‘zgaradimi?



Javob: agar tengsizlikning ikkala qismi ayni bir musbat songa ko‘paytirilsa, tengsizlikning ishorasi o‘zgarmaydi, lekin tengsizlikning ikkala qismi ayni bir manfiy songa ko‘paytirilsa, tengsizlikning ishorasi qaramq-qarshisiga o‘zgaradi.

Savol: agar tengsizlikning ikkala qismi ayni bir xil songa bo‘linsa tengsizlikning ishorasi o‘zgaradimi?



Javob: agar tengsizlikning ikkala qismi ayni bir musbat songa bo‘linsa, u holda tengsizlikning ishorasi o‘zgarmaydi, ammo tengsizlikning ikkala qismi ayni bir manfiy songa bo‘linsa, u holda tengsizlikning ishorasi qarama-qarshisiga o‘zgaradi.



  1. Download 26.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling