Mavzu: Yelim materiallar olinishi va qo’llanishi. Reja


Download 1.29 Mb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1530244
1   2   3
Bog'liq
Yelim materiallar olinishi va qo’llanishi.

Yopishqoqlik
Ko‘pchilik suyuqliklar yopishish xususiyatiga ega: barmoq bilan tegib ko‘rilsa, ularning barmoqqa yopishishini ko‘rasiz. Masalan, moy, suv, sovun yoki oddiygina asalni olaylik. Yaxshihamki, mana shunday yopishqoq narsalarni o‘ziga shimuvchi, tanamizni yopishib qolishdan ehtiyotlovchi narsalar o‘ylab topilgan. Mana aynan shuning uchun sochiqlar o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishmoqda. Cho‘milish vaqtida suv tanaga yopishgancha pastga oqadi. Aksi bo‘lganda edi, biz suvda cho‘mila olmagan bo‘lardik. Suv sochiq bilan kontaktga kirishganda, sochiqdagi katta-kichik tukchalar, fitilkalar suyuqlikni o‘ziga shimib oladi. Teri qurib, sochiqning o'zi ho‘l bo‘ladi. Biroq suv bug‘lanish xususitatiga egali sabab u yelim vazifasini bajarolmaydi. Buyumlarni bir-biriga bir umrga yopishtirib qo‘yolmaydi.


Bo‘yoq ham yelim
Uzoq ajdodlarimiz g‘orlarga turli ma’no-mazmunni anglatuvchi suratlarni chizishda turli bo‘yoqlardan foydalanishgan. Ular ko‘mir, loy kabi turli minerallardan iborat aralashma bo'yoq vazifasini o'tagan. Ammo bu aralashma devorga yopishib turishi uchun unga moy, mum yoki tuxum qo‘shilgan ekan. Hozirgi bo‘yoqlar mana shunday ixtiro qilingan. Aynan bo‘yoqlar hozirgi yelimlarning uzoq qarindoshlari.

Lab bo‘yog‘i ham yopishadi
Kosmetikaning ajralmas bo‘lagi bo‘lgan lab bo‘yoqlariga ham moy va turli yog‘lar bilan aralashgan pigmentlar qo‘shilgani sabab u labga yopishib turadi. Umuman olganda, kosmetik vositalarning har qanday turi teriga yopishib turishi uchun ham unga turli moylar qo‘shiladi.
Tabiiy yelimlar
Daraxtlar yelim yetkazib beruvchi eng tabiiy vositachilardir. Ulardan ajraluvchi qatron (masalan, qarag‘ay daraxtida) zo‘r yopishish xususiyatiga ega. Dunyoga mashhur, mustahkam va ishonchli yelimlarning aksariyati arab akatsiyasi, Bosvelliya, Kommifora deb ataluvchi bir qator daraxt va o‘simliklardan olinadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, daraxtlarga tabiiy yelimning nima keragi bor? Aynan shu yelimsimon moddalar daraxtlarni zararkunanda hasharotlarni himoyalaydi, ularni yopishtirib qo‘yib, nobud qiladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling