Mavzu: Zovur turlari. Gidrotexnik zovur turini asoslash. Gidrotexnik zovur tizimining tarkibi
Download 0.85 Mb.
|
Mavzu Zovur turlari. Gidrotexnik zovur turini asoslash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrotexnik zovurlarning asosiy vazifasi va yopiq zovurlar
- «UzGIP» MCHJning tavsiyasibo’yicha quritish me’yorining qiymatlari
- Yotiq ochiq (yopiq) zovurlar
- Zovurlarni qurishda tavsiya etiladigan qiyalik koeffitsiyenti ( m ) ning qiymatlari
- Zovur tubi eni ( b ) ning zovur qurishda ishlatiladigan mexanizm turiga bog’liq qiymati
- Yopiq yotiq zovurlarda qo’llaniladigan quvurlar.
- 9.5.1-rasm. Buramali
Zovur turlarini tanlashda sizot suvlarining loyihaviy joylashish chuqurligi katta axamiyatga ega hisoblanadi. Yotiq zovurlar uchun sizot suvlari sathi 3 metrgacha, qurama zovurlar 3-5 metr oralig’ida, tik zovurlar 5 metrdan chuqur bo’lganda tavsiya etiladi. Qatlamning suv o’tkazuvchanligi xam hisobga olinadi. Bunda 20 m2/kun gacha bo’lsa yotiq zovur, 20-100 m2/kun oralig’ida bo’lsa qurama zovur va 100 m2/kun dan ko’p bo’lsa tik zovurlar loyihalash tavsiya etiladi. Agar loyihalangan yoki amalda faoliyat ko’rsatayotgan doimiy zovurlarning suv olib chiqish tezligining (V doim) sho’r yuvish suvlarini olib chiqish tezligiga (Vshyu) nisbati V doim > Vshyu bo’lsa, muvaqqat zovur loyihalash zaruriyati bo’lmaydi. Agar V doim < Vshyu bo’lsa, muvaqqat zovurga zaruriyat tug’iladi, aks holda erta bahorda ekin maydoniga qishloq xo’jaligi texnikasini kiritib bo’lmaydi. Muvaqqat zovur tuproqning faol qatlamini qisqa vaqt davomida ortiqcha namdan xolos qilish uchun xizmat qiladigan doimiy zovurlar orasida 1,0 - 1,2 m chuqurlikda, 20-50 m oraliq masofada hosil qilinadigan vaqtinchalik ochiq yotiq sayoz zovurlar hisoblanadi (20.4.4-rasm). 9.3.3-rasm. Zovurning joylashuv sxemasi. Gidrotexnik zovurlarning asosiy vazifasi va yopiq zovurlarOrtiqcha namiqqan maydondan, sun’iy zovur tarmoqlari yordamida ortiqcha suv va tuzni uzoqlashtirib tuproqning faol qatlamini sog’lomlashtirishdan iborat. Har qanday zovur sizot suvlarini qishloq xo’jaligi ekinlarining normal rivojlanishi uchun o’simlik ildiz qatlamida havo almashinuvini ta’minlovchi va maqbul namlikni hosil qiluvchi sizot suvlarining joylashgan chuqurligi quritish me’yorini yoki zaxi qochiriladigan maydonlarda qishloq xo’jaligi ishlarini olib borishni ta’minlaydigan sizot suvlarining joylashgan chuqurligini ta’minlashi kerak. Bu qiymat qishloq xo’jaligi o’simliklarining rivojlanish fazasi (davri) ga qarab o’zgarib turadi. Haydov oldi, ekish, o’sish davri va h.k. quritish me’yori tushunchalari mavjuddir. Ortiqcha namiqqan mintaqada tuproqning mexanik tarkibi va o’simlik turiga qarab quritish me’yori qiymati 0, 4–0, 5 m dan 0, 7–1, 0 m gacha, qurg’oqchil mintaqada esa sho’rlangan yerlarda 1, 8–2, 8 m bo’ladi. Bu qiymatda o’simliklar sizot suvlaridan foydalanishi mumkin (9.3.4-rasm).
«UzGIP» MCHJning tavsiyasibo’yicha quritish me’yorining qiymatlari9.3.2-jadval.
Yotiq ochiq (yopiq) zovurlar
Ularning tuzilishi qazma shaklda bo’lib, 137-rasmda keltirilgan. Zovurlarni qu-rishda tavsiya etiladigan zovur yon devorining qiyalik koeffitsiyenti ( m ) qiymati 52- jad-valda keltirilgan. Zovur tubi eni ( b ) ning qiymati zovur qurishda ishlatiladigan mexanizm turiga bog’liq bo’lib, 53-jadvalda keltirilgan. Ochiq loyihalanayotgan zovurlarning uzunligi 700-1500 m, nishabligi gil tuproqlarda 0,0003 dan, qumloq tuproqlarda 0,0005 dan katta va qumloq tuproqlarda 0,003 dan, gil tuproqlarda esa 0,005 dan kichik bo’lishi talabi qo’yiladi. Zovurlarni qurishda tavsiya etiladigan qiyalik koeffitsiyenti ( m) ning qiymatlari9.3.1-javdval
Zovur tubi eni ( b) ning zovur qurishda ishlatiladigan mexanizm turiga bog’liq qiymati9.4.4-jadval.
Yopiq yotiq zovurlar, asosan, yerdan foydalanish koeffitsiyentini oshirish maqsadida loyihalanadi. YOpiq yotiq zovurlarni hosil qilishda maxsus filtrlar bilan jihozlangan turli xil zovur quvurlaridan foydalaniladi. Ba’zi hollarda, zovur quvuri o’rnida g’ovakli materiallar (shox-shabba, xashak, poxol, qamish, tosh-shag’al yoki tuproq bo’shlig’i) dan ham foydalanish mumkin. Yopiq yotiq zovurlarda qo’llaniladigan quvurlar.Yopiq yotiq zovur tarmoqlarini qurishda sopol, plastmassa, g’ovak beton, yog’och, asbesttsement, beton va temir-beton quvurlari qo’llaniladi. Plastmassa zovur quvurlari.Bu quvurlar polietilen va polivinil xlordan tayyorlanib, o’zining yengilligi, suv qabul qilish teshiklari o’lchamlarining bir xilligi, qurilish vaqtida qulayligi bilan sopol zovur quvurlariga nisbatan ustun turadi. Ular burama (qat-qat) va spiralsimon (buralma) ko’rinishda bo’ladi (10-11- rasmlar). 9.5.1-rasm. Buramalizovur quvuri 9.5.2-rasm. Yotiq zovurlar uchun sun’iy tolali filtrlar konstruktsiyasi:1-zovur quvuri; 2-tirqish; 3, 4-shisha tolali mato o’ramasi; 5-bazalt tolali mato Plastmassa zovur quvurlari sun’iy tolali filtrlar (11-rasm) bilan jihozlanadi va yopiq zovurlardan ochiq zovurlarga suv chiqarish o’rnida ham ishlatiladi. Qurama zovurlar va ularning qo’llanilish sharoitlari Qurama zovurlar bu yotiq (ochiq yoki yopiq zovur va kollektorlar) zovurlarga ulangan, o’zi quyiladigan (buloq ko’rinishida) tik (kuchaytiruvchi) quduqlar ko’rinishidagi inshootlar kompleksidan iboratdir (9.3.6-rasm). Ular tabiiy va yuqori qatlamlardan suvlarning sizilishidan hosil bo’lgan gidrodinamik bosimlar natijasida, kuchaytiruvchi quduqlardagi sizot suvlari sathining ular ulangan yotiq zovurlardagi suv sathiga nisbatan yuqori bo’lishi ( H ) hisobiga ishlashiga asoslangandir.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling